boshlanma tarzida talqin etish mumkin. Ulug' san’atkor bu bo'limda
navoiyona bir uslub bilan buyuk ustozlari asarlariga bo'lgan o'zining cheksiz
ehtiromini go'zal badiiy ifoda etadi hamda tun va hotif (g'aybdan ovoz
beruvchi) obrazlari vositasida «M a’nisi daqiqu lafzi shirin», «dard-u
so'zi ko'prak» bo'lishi nazarda tutilgan dostonining asosiy voqealari
tasviriga kirishadi. Tun, chaqin, yomg'ir timsollari va ishqqa berilgan
ta’rif-u tavsiflar orqali ulug' shoirning tayanch m uddaosi asar
qahramonlari ruhiy holati va ichki kechinmalarining jozibador tasvirini
yaratish ekanligi anglashilib turadi. Ulug' shoirning vujudi qorong'u zulmat
asiri bo'lganda, u taxayyul otiga erk beradi. Xayol tavsani (chopqir oti)
Arabistonga yetishi bilan ishq hidini tuygani bois chopishdan to'xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |