albatta. Masalan, Shamsuddin Shohin (1859-1893) 1888-yilda Buxoroda
tojik tilida «Layli va Majnun» dostonini yozdiki, bu asar, hatto shu
muborak zaminda istiqomat qilayotgan ko'pchilik mutaxassislarga ham
tanish emas. Bunday dalillam ing yana ko'plab topilishi muqarrardir.
Ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiy «Xamsa»ning uchinchi dostonini
ijod etayotganida, N izom iy Ganjaviy, Am ir Xusrav Dehlaviy, Ashraf
Marog'aviy, Shayxim Suhayliylaming shu mavzuda yozilgan asarlari
bilan yaqindan tanish edi. Buyuk salaf va tengdoshlarining ushbu mavzuga
oid masnaviylariga yuksak ehtirom bilan baho bergan ulug' shoir «Layli
va Majnun» dostonini yozishdan ko'zlagan maqsadi bu sayyor syujetni
yanada takomillashtirish, unga sayqal berib, yangicha jilo baxsh etish
Do'stlaringiz bilan baham: |