yoxud favqulotda ta’sir qilish kuchiga ega bo'lgan narsa, tuyg'ular o'tashi
mumkin. Tabiiyki, ikkinchi omil ishq-u oshiqlikdir.
Ulug' shoir she’rlarida «ishq ichra shoh-u gado tengdur, balki gado
fiizun»,-degan g'oya yashaydi. Farhod tilida o'sha mazmun yana bir
karra aks-sado bermoqda. Ishq iksir ekan, u poklanishga moyil barcha
qalblardan makon topishi muqarrar. Ayonki, o'sha safda shoh ham,
gado ham tura oladi. Alisher Navoiyning gadoga urg'u berishi o'z tag
ma’nosiga ega. Shohning suyangan toji, taxt-u baxti, jo h-u davlati bor.
Gadoda esa yolg'iz ishq iksiri mujassam. Uning gadoligiga esa o'sha ishq
boisdir. Chunki oshiqning ko'ngU xazinasi ana o'sha boylikdan o'zgasini
qabul qila olmagani tufayli gadolik holatiga tushgan. Shundan ishq iksiri
Do'stlaringiz bilan baham: |