dildir va u boshqa har qanday tuyg'udan ustun turadi. Junun holatiga
yetgan oshiqni ma’shuqadan keladigan hijron, g‘am, anduh, jabr-u
jafo qilcha bezovta qilmaydi. Ishqning kuydirishini oshiq o'zi uchun
sharaf deb biladi va uni quvonch bilan peshvoz oladi. Negaki, ana shu
sinovlarsiz poklanish baxti muyassar bo'lmaydi. Shuning uchun ham
Farhod muhabbatni shahvoniy hirsni qondirishning vositasi deb biluvchi
Xusravga pisanda qilayotir. Kuyishni so'z bilan yetkazib bo'lmaydi, uni
jisman va qalban tuymoq lozim.
Munozarada o'rtaga qo'yilgan masalalardan yana biri ishq va uning
tarki (undan voz kechish) muammosidir. Sadoqat shevasini shior
aylagan oshiqlar uchun ishqdan kechmoq — o'zidan kechmoq, o'lim
bilan barobardir. Insonning olijanob fazilatlaridan biri so'zining ustidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |