Farhod, Chin xoqoni, Mulkoroni Suqrot ochiq yuz bilan kutib oladi.
Dastlab Xoqonga yuzlanib, uning bu yerga juda ko‘p ranj chekib
kelganining, evaziga Sulaymon uzugi-yu Jamshid jom iga, yana bir
qancha dur-u javohirlarga ega bo‘lganini so‘zlaydi. Suqrot Xoqonni yana
ikki xushxabar bilan xushnud etadi. Biri — uning umri juda uzoq bo‘lishi
haqida ulug' hakimning bashorati bo'lsa, ikkinchisi har qanday kasallikni
daf etuvchi yumaloq toshning tuhfa qilinishidir. Xoqon keksayganida
uni og‘ziga solib, bir oz tutib turgandan so'ng, suvini yutsa qayta
yasharadi. Ayni vositalar tufayli uning umri uzayib ajdodlari ichida u
qadar uzoq hukmronlik qilgan boshqa bir zot topilmaydi. Suqrot
Mulkoroga qarata shoh tirik ekan, vazirlik unga hamisha nasib etishini
Do'stlaringiz bilan baham: |