M eni Xizr anglakim, tuttum yo‘lungni,
K i, to bu yo‘Ida tutqoymen qo‘lungni (8, 163).
Farhodning istiqbolida osmondek keng ko‘lamli ko‘kalamzor, uni
qarshisida obi hayot chiqarib tuigan buloq hozir bo'ladi. Buloq suvining
har qatrasi jondek shirin va yoqimli, qalblarga huzur baxsh etadi. Obi
hayot bulog'ining qiig‘og‘ida ko'kka bo'y cho'zgan bir daraxt mavjud
bo'lib ayni ashyolar ramziy mohiyat kasb etadi: obi hayot manbai
buloqni — tiriklik, osmon bilan bo'ylashuvchi daraxtni esa X izr
payg'ambar timsoli deyish mumkin. Shahzoda xursand bo'lib otini
daraxtga bog'laydi va buloq suvi bilan g'usl qilib poklanadi. U Allohga
tazarru’ qilarkan, maqsadiga erishmoq uchun Yaratgandan inoyat so'rab
ibodat qiladi. Farhod sajdadan boshini ko'taiganida, uning nigohi yashil
Do'stlaringiz bilan baham: |