mavjud edi. Ayni choqda, dostonda ifodalangan dev saltanat—hokimlik
ramzi bo‘lib, jom —Farhodning ishq o‘ti bilan shaffoflanayotgan qalbidir.
Shahzodaning ishqqa tashna qalbi ulug‘ pirga tomon intilishda davom
etadi. Zero, tasawuf ta’limotiga ko‘ra, shayxlar o‘z muridlarini ma’lum
muddat taitiiya qilgandan so‘ng, salohiyati o‘zlaridan yuqori bo‘lgan
boshqa pirlardan ta’lim olishni tavsiya etganlar. Farhod ham Suhaylo
yordamida kom illik sari ildamlayotgan bo‘lsa-da, hali u tilsimni yechish
imkoniyatiga ega emasdi. Shahzodaning irfoniy bilimlarining oshganligi
esa X izr alayhis-salomga duch kelishida namoyon bo'ladi:
Padid o‘ldi falakdek marg'zore,
Quyosh yanglig* ichinda chashmasore.
Zuloliy chashmai hayvon masallik,
Do'stlaringiz bilan baham: |