Alisher Navoiy talqinidagi Farhod ham shahzoda. Chin mamlakati
xoqonining yakka-yu yagona va tilab olingan farzandi edi. Zarrin taxt,
behisob mulk, davlat-u saltanat unga muntazir. Masalaning bu jihati uni
Xusravga yaqinlashtirib qo'yadi. Ammo Alisher Navoiyni o'ylatgan, qalam
ushlatgan mavzuning bu kabi shakliy jihatlari emas edi. Barhayot ishq
mojarolaridan «Mavzun bir libos» sifatida foydalangan muallif sayyor
an’anaviy mavzu mohiyatini yangi o'zanga burib yuborish orqali
kuzatilgan maqsadini naqshbandiya tariqati ma’naviy-axloqiy talablariga
muvofiq keladigan komil inson hamda shahzoda timsolini yaratishdan
iborat bo'lgan. Ulug' shoir bunday ezgu niyatni «Hayrat ul-abror»
Do'stlaringiz bilan baham: |