18.09.2015
Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida
25.08.2015
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi nishonlanishi munosabati bilan dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida
17.07.2015
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
14.07.2015
Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
16.06.2015
Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida
06.03.2015
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida
25.02.2015
2015-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
19.02.2015
“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi to‘g‘risida
05.01.2015
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida
Farmoyishlar
2015-2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida
09.03.2015
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi
Er osti suv sathini kamaytirishga qaratilgan drenaj tizimini yanada takomillashtirish, Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasi va infratuzilmasini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlar yaratish hamda shu asosda aholining hayot darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
1. 2015-2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Respublika komissiyasi (Sh.Mirziyoyev) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sirdaryoviloyati
hokimligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlikda uch oy muddatda 2015-2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturining quyidagi chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan loyihasini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin:
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish va ular asosida meliorativ-irrigatsiya tarmoqlari hamda suv sathini tushirishning boshqa infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, "Do‘stlik" kanali va unga yondosh kollektorlarda betonlash va filtrlanishga qarshi ishlarni bajarishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda butun tizimdan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xizmatni mustahkamlash;
Guliston shahrining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yangilash va shahar qiyofasiga mos yangi maydon va xiyobonlar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish orqali arxitektura ansambllari tashkil etish;
yo‘l-transport infratuzilmasi tizimini tubdan takomillashtirish, bunda umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari va magistral ko‘chalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni ko‘zda tutish;
suv ta’minoti, kanalizatsiya, irrigatsiya, elektr, gaz va issiqlik ta’minoti hamda telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish;
mavjud uy-joylarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan uy-joy fondini qayta tashkil etish;
aholi, ayniqsa, yoshlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va ularning dam olishiga oid masalalarni kompleks ravishda hal etishni ta’minlaydigan obyektlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobidan ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasini rivojlantirish.
3. Sirdaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, "O‘zshaharsozlikLITI" davlat unitar korxonasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar hamda boshqa xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda Guliston shahrining 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun Bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlasin va Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etsin, bunda shahar drenaj tizimini takomillashtirish bo‘limini sifatli ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratsin.
4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 9-mart
Do'stlaringiz bilan baham: |