105
shaftolidan yaxshi qoqi olinadi.
Shaftolini to‗g‗rab yoki pallaga ajratib qoqi qilinadi. Meva qo‗lda pichoq
bilan to‗g‗raladi. Ikki pallaga ajratiladigan bo‗lsa, chizig‗idan yoriladi va danagi
olib tashlanadi. Danagi ajralmaydigan shaftoli quritilmaydi.
Ikkiga ajratilgan shaftolini kaustik soda eritmali qaynab turgan suvga botirib
olinadi. Kaustik sodaning 5 foizli qaynoq eritmasida xom ashyo 30 - 35
soniya
tutiladi. Bunda meva pallachalari darhol yuviladi, shaftolining po‗sti tez ajraladi.
Yuvilgandan so‗ng qolgan po‗stlari pichoq bilan olib tashlanadi. Sovuq suvda
chayib olingan shaftoli pallalari ichki tomonini tepaga qilib, taxta patnislarga
teriladi va oltingugurt bilan dudlanadi. 1 kg mevaga 2,0 - 2,5 g oltingugurt sarflab,
1,5 soat davomida dudlanadi.
Dudlangan meva patnislari bilan birga
quritish maydonchasidagi
so‗kchaklarga qo‗yiladi. 2 - 3 kundan so‗ng shaftoli pallachalari ag‗darib chiqiladi.
Qoqi namining 3/3 - 4/3 qismi qochgandan so‗ng patnislar soya joyga olinib,
ustma-ust qilib taxlab qo‗yiladi. YAxshi qurigan qoqining eti tig‗iz, pishiq
egiluvchan, ammo sinmaydigan bo‗ladi.
Quritish uchun qanddorligi va quruq modda miqdori (12-18 %) bo‗lgan,
yirik, tuksiz navlaridan foydalaniladi. Shaftolini ikki usulda: danagi bilan yoki
kuraga holida, ya‘ni danaksiz quritish mumkin. Kuraga tayyorlashda yuqori sifatli,
yaxshi pishib etilgan, quritish uchun belgilangan
navlar oltingugurt bilan
dudlanadi.
Luchchak shaftoli turidan - luchchak shaftoli, obilniy, sariq luchchak, lola;
tukli shaftolilardan - elberta, samarqand, farxod, oq shaftoli, start, sariq, nektarniy,
shirin, zafar va boshqa navlari quritiladi.
Quritishdan oldin yirik-maydaligiga, pishish darajasiga qarab navlarga
ajratilgandan keyin, dudlashdan oldin tukli shaftolilar ishqor
eritmasi bilan ishlov
beriladi. Shundan keyingina po‗stini ajratish yengillashadi. Navlarga ajratilgan
shaftolini patnislarga 2-4 kg dan solinib 1-3 % li kaustik soda eritmasida 30-90
soniya saqlanib, keyin sovuq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. So‗ngra po‗stidan
106
ajratilgan mahsulot ikkiga ajratilib danagi olingandan keyin ichki tomonini
yuqoriga qaratgan xolda patnislarga qo‗yilib dudlashga o‗tkaziladi.
Po‗stidan ajratilgan hamda danagi olingan shaftoli danagi butun holida po‗sti
bilan quritilganga nisbatan 2-3 baravar tezroq quriydi. Dudlash har kilogramm
mahsulot uchun 1-1,5 gramm oltingugurt xisobida 60-80
minut davomida
o‗tkazilishi lozim. Yirik donali shaftolilar uchun oltingugurt me‘yorini biroz
oshirish yoki dudlash vaqtini uzaytirish mumkin. Dudlangan shaftolilar patnislarda
quritish maydonchasidagi so‗kchaklarga qo‗yiladi. Quritishni tezlashtirish uchun
shaftolilar har 2-3 kunda ag‗darib chiqiladi, 5-7 kun o‗tgandan keyin, ya‘ni qoqi
namining 2/3 qismi kamayganda patnislar soya joyida ustma-ust qilib taxlab
oxirigacha quritiladi. Quritish 12-22 kun davom etadi.
Quritilgan mahsulot
tarkibidagi namlik 18 % dan yuqori bo‗lmasligi lozim. Qoqi qo‗liga olib ezilganda
egiluvchan, ammo sinmaydigan, ichida nam qolmagan bo‗lsa, tayyor hisoblanadi.
Shaftoli qoqining qanddorligi 50-65 %, kislotaliligi 3,0-5,0 %, quruq
mahsulot chiqishi 15-22 % atrofida bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: