6.4. MS Word 2013 dasturida matnli hujjatlarni tayyorlash.
Matnli hujjatlarni tayyorlash uchun odatda matn bo’limlari, qatorlar va so’zlar
bilan ishlanadi. So’zlarni klaviatura yordamida kiritiladi. Bir bo’limni tugatib,
ikkinchi bo’limni yaratish uchun [Enter] tugmasi bosiladi. Matnning biror qismini
nusxalash yoki ko’paytirish uchun Windows cho’ntaklaridan foydalanamiz. Wordda
oxirgi 24 ta nusxalangan ma’lumotni saqlovchi cho’ntak mavjud. Uni ekranga
chiqarish uchun bosh lentaning [Буфер обмена] bo’limiga murojat qilish kerak.
Bo’limning past o’ng tomonidagi
tugmacha bosilsa, ekranda cho’ntak
oynasi hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |