Sarlavha
satri
da 4 ta qism bor. a)Microsoft Office tugmasi – matnli hujjatlarni
yaratish, ochish, saqlash, chop etish, yopish kabi bir qancha amallarni bajaradi.
b)Tez foydalanish paneli – foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun tez – tez
foydalanib turiladigan buyruqlarni belgisini joylashtirish va zarur bo’lganda
foydalanish imkoniyatini beradi. Unga yangi buyruqlarni qo’shish uchun, panelning
oxiridagi tugmaga kelib sichqonchani bosish kerak. So’ng ro’yxatdan kerakli
buyruqlarni tanlash lozim. Sizga kerakli buyruq bu ro’yxatda bo’lmasa, boshqa
buyruqlar bo’limidan qo’shiladi. c) Tayyorlanayotgan hujjatning nomi. d) Word
oynasini yig’ishtirish, kattalashtirish (kichiklashtirish), yopish tugmalari joylashgan
tizimli tugmachalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |