B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
Adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 19 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
to‘gʻrisida”gi 595-sonli qonuni. 
2.
Grosheva I.V va boshqalar. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv 
dasturi. –T., 2018. 
3.
Ushinskiy K.D. Tanlangan pedagogik asarlar. –T., 1959. 
4.
Shodieva Q. Nutq o‘stirish uslubiyoti: Pedagogik yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlarining 
maktabgacha ta’lim ixtisosligi talabalari uchun darslik. –T.: O‘qituvchi, 2008.


319 
֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA OILANING ROLI VA O‘RNI 
Toshxo‘jaeva N.R. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 30 sentyabrdagi 
“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PF-5198-sonli Farmoni hamda 2017 yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori qabul qilindi. Shuningdek, 
Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH sonli “O‘zbekiston 
Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat 
talablari”, “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi va boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga oid ushbu me’yoriy hujjatlar o‘ziga 
xos ahamiyat kasb etsa-da, bola avvalo, oilada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitda shakllanib 
tarbiya topadi. Sog‘lom ijtimoiy muhitda tarbiyalangan yosh avlod Vatan ravnaqi uchun o‘z 
hissasini qo‘sha oladigan, jamiyat manfaatini o‘z manfaati bilan mutanosib olib boradigan inson 
bo‘lib yetishadi. Buning uchun esa, o‘sha sog‘lom avlodni tarbiyalaydigan, har jihatdan sog‘lom, 
mustahkam bo‘lgan oilani vujudga keltirish kerak. Ana shunday oilalarda bolalarni ma’naviy-
barkamol qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni o‘rni beqiyosdir. O‘zbek 
xalqining ana shunday umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga qo‘shadigan hissasi o‘z madaniyatiga 
xos xususiyatlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bilangina amalga oshiriladi.
Ma’lumki, “oila” va “maktabgacha ta’lim” tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Bu 
bog‘liqlik maktabgacha ta’limning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligini hamda o‘z navbatida oilaning 
jamiyat tarkibida vajudga kelishida va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda maktabgacha 
ta’lim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik munosabatiga ega. 
Maktabgacha ta’lim taraqqiyotining rivoji ham ana shu oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy 
qiyofasining shakllanganlik darajasiga bog‘liqdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol hamda 
komil inson etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, farzandlarni ma’naviy-axloqiy, 
milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslanib, zamonaviy 
insonni shakllantirish maktabgacha ta’lim tizimida, ota-onalar oldida turgan eng asosiy ma’suliyatli 
vazifalardan biri sanaladi.
Oila bu – sharqona turmush tarzimizning o‘ziga xos tizimidir. Bu – insonning jamiyat 
hayotiga uzviy singib, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisiga aylanishda muhim vositadir. Oila – 
jamiyatning muqaddas tarbiya makonidir. Insonning oilada shakllangan iymon-e’tiqodi, odobi, 
mahalla muhitida yanada yuksalib, xalq irodasi, o‘zaro totuvlik va hamkorlik rishtalari bilan 
uyg‘unlashib, maktabgacha ta’lim tizimi jamiyatda sog‘lom munosabatlardagi muhim bog‘lovchi 
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalashga xolisona yondashish, ulardan ijtimoiy, tarbiyaviy 
masalalarni hal etishda samarali foydalanish, maktabgacha ta’lim tizimida sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish va unda yoshlarning ishtirokini ta’minlash hozirgi kunda ko‘plab dolzarb 
muammolarni hal etib, shubhasiz yoshlarni mustaqil O‘zbekistonga munosib fuqarolar bo‘lib 
voyaga yetishiga yordam beradi. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada 
hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlar hamda normativ ko‘rsatmalarni 
samarali bajarish uchun oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi faoliyati o‘ziga xos 
pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo‘lishi zarur. O‘tkaziladigan tadbirlar har tomonlama 
puxta ishlangan, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik-psixologik 
mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko‘rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan 
qisqa va lo‘nda, estetik jihatdan keng ko‘lamli bo‘lishi va quyidagi masalalarni qamrab olgan 
bo‘lishi kerak: maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va shaxs tarbiyasining mazmuni va mohiyatini 


320 
anglash; oila – jamiyatning negizi, ajralmas qismi sifatida bilish; yosh avlod tarbiyasida oilaning 
o‘rni, uning vazifasi va maqsadi; oila maktabgacha ta’lim integratsiyasi; maktabgacha ta’lim 
tashkiloti va uning asosiy faoliyati; bolalar tarbiyasida oila va MTMning o‘rni va roli; MTM va 
oila hamkorligida olib boriladigan ishlar mazmuni; MTT bolalarni turli to‘garaklarga jalb etishda 
oilaning roli.
Demak, maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning asosiy tushunchalari, mazmuni va 
mohiyatini tashkil qilinadigan ta’lim-tarbiya jarayonlari ayni shu sohalarni takomillashtirishga 
yo‘naltiriladi. Bunda turli didaktik manbalar: yosh xususiyatlari bilan bog‘liq ta’lim-tarbiyaviy 
dasturlar, metodik qo‘llanmalar, milliy ma’naviy-madaniy meros namunalari, adabiy parchalar, 
rolli ssenariylar, o‘yinlar yo‘naltiruvchi muhim o‘rin tutadi.
 
Har bir oilada o‘zaro hurmat, bir biriga 
yordam, insoniy munosabatlar muhiti yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Oila va maktabgacha 
ta’lim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega bo‘lib har bir 
oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning 
bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik 
darajasiga bevosita bog‘liqdir. Oila tarbiyalanuvchilar uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu 
muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan odob-axloq, iroda, harakter va dunyoqarash 
shakllanadi.
Tarbiyachilar oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat 
talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish 
jarayonida anglaydi. Oilaviy munosabtlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-
onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning 
qiziqish va faoliyat doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot 
mohiyatini chuqurroq anglash, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini 
ko‘rish holati ro‘y beradi. Shaxsning ma’naviy, axloqiy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy 
bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni 
bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit bolalarning yetuk, barkamol bo‘lib 
voyaga yetishlarida muhim ahamiyatga ega. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy 
turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, 
sog‘lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo 
munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda 
ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni 
tartibga solish borasidagi o‘zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish sub’ektiv 
omillar sanaladi.
Oila tarbiyasida tarbiyalanuvchilar hayotini to‘g‘ri yuritish, ularni vaqtdan to‘g‘ri, unumli 
foydalanishga, maktabga hayotiga o‘rgatish muhim o‘rin tutadi. Bunda tarbiyalanuvchilar vaqtini 
o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila muhitida 
tashkil etiladigan jinsiy tarbiya o‘zida tarbiyalanuvchilarni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni 
tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amxo‘rlik qilish, har bir topshiriqqa 
mas’uliyatli bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi. 
Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom bo‘lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari 
nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta a’zolari tarbiyalanuvchilarning mehnat 
qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak. Ovqatlanishning to‘g‘ri 
tashkil etilishi ham tarbiyalanuvchilarning sog‘lom bo‘lib o‘sishining asosiy omillaridan biridir. 
Ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchilarning belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanishi, 
ovqatlanishdan avval qo‘lni yuvish, ovqatdan keyin og‘izni chayish, shuningdek, kuniga ikki 
marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da 
cho‘milish, qo‘l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar 
tarbiyalanuvchilarda gigienik va jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi.
Oila tarbiyasida tarbiyalanuvchilarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Eng 
muhimi, ota-ona tomonidan tarbiyalanuvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida 
tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi 


321 
mashg‘ulotlarga jalb etishdan iborat. Shuningdek, ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarda 
qiziqishni uyg‘ota olish, uni rivojlantirib borish ham talab etiladi. Oila muhitida o‘quvchilarning 
aqliy jihatidan tarbiyalab borishda konstruktorlik o‘yinlari (kubiklar yordamida uylar qurish, 
kesmalar asosida fano (tasvir)lar hosil qilish va boshqalar), fikr doirasini kengaytirishga yordam 
beruvchi sport o‘yinlari (shaxmat, shashka)ni tashkil etish, turli mavzulardagi krossvord, 
chaynvord va rebus topishmoqlarini hal qilish, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurish, 
ilm-fan, texnika, texnologiya rivojiga oid suhbatlarning uyushtirilishi bu borada o‘zining ijobiy 
samarasini beradi. Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Oilada 
uyushtiriladigan axloqiy tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona va 
oilaning boshqa a’zolari, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga 
muruvvat, kamtarlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, saxovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-
nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining psixologik 
jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvlaridagi umumiylik, bir-
birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha 
farzandlariga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo‘lishi 
oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish