B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY TARBIYACHILAR KASBIY 
KOMPETENTLIGI VA UNING MUHIM JIHATLARI
 
Nurmatova I.T. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, o‘qituvchi 
 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari faoliyatini me’yorlashtiruvchi 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, “O‘zbekiston 
Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida Nizom”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning 


418 
ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari” kabi qator davlat hujjatlari qabul qilindi. Ta’lim 
jarayonini tubdan isloh etishda bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl, metod 
va uslublari, shuningdek, maktabgacha pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari 
qamrab olinmoqda. Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi asosida farzandlar 
tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-
onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi.
“O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola 
maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi. 
Maktabgacha ta’lim esa o‘z navbatida quyidagi vazifalarni ko‘zda tutgan holda ish olib 
boradi:

Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash; 

Bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish; 

Bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash; 

Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish; 

Bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; 

Bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash. 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish, Respublika ta’lim 
tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash maktabgacha ta’lim 
muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy 
mahoratlariga ham bog‘liqdir. Hozirga qadar maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogining kasbiy 
faoliyati pedagog vva psixologlarning tadqiqot predmeti bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotlar natijalari 
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachi-pedagogining o‘ziga xosliklari, yaratuvchanlik, 
insonparvarlik, ijodiylik, jamoada ishlay olishi kabilarda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani tarbiyachining qo‘yilgan 
talablarga qanchalik darajada javob bera olishi belgilaydi. Maktabgacha ta’lim muassasi 
tarbiyachisi, eng avvalo, bolaning kelajagi, taqdiri uchun yuksak ma’suliyatni to‘la anglab yetishi 
lozim. Faqatgina maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishini muhim qadriyat ekanligini 
tushunibgina qolmasdan, balki bolaning rivojlanish qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallab 
borishi lozim. Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojlanishining uni 
o‘rab turgan atrof-muhit bilan bog‘liqligidir. Mazkur qonuniyat o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim 
muassacasi tarbiyachisining quyidagi 2 ta muhim funksiyasini belgilib beradi: 
-
bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratish; 
-
ularning hayotiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash. 
Zamonaviy tarbiyachi psixologik-pedagogik, sotsiologik tadqiqotlarga tayangan xolda, bola 
shaxsini mukammal rivojlanishi uchun oilaning roli nihoyatda katta ekanligini anglab yetadi. 
Tarbiyachi ota-onalarning pedagogik madaniyatini muntazam oshirib borishi, bolalar tarbiyasida 
uchraydigan muammolarni bartaraf etishi, ular bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, mazkur 
jarayonda ijtimoiy yordamga muxtojlik sezuvchi oilalar bilan alohida ish olib borishi maqsadga 
muvofiqdir. Tarbiyachining oilalarga ko‘rsatadigan ijtimoy yordami uch asosiy xususiyatga 
egadir: 1) 
ta’limiy
– ta’lim berish va tarbiyalash; 2) 
psixologik
– ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, 
ruhiy zo‘riqishlardan himoya qilish; 3) 
vositachilik
– tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga 
keluvchi muammolarni oldini olish va bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og‘ishlarni yoki 
fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish hamda zurur axborotlar bilan ta’minash. Ana shu asosdan 
kelib chiqqan xolda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining quyidagi kasbiy 
funksiyalarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin.
1)
Ota-onalarning ma’rifiy bilimlarini oshirishda ishtirok etish; 
2)
Oila va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyaviy ta’sirini boshqarish. 
Shuningdek, tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlik 
ko‘rishi kerak. Xususan, quyidagi shartlarga amal qilish lozim: 

Tarbiyachi yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli bo‘lishi, kasbiy bilimlarni 
puxta egallab, zarur adabiyotlarni tanlay olishi, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or 


419 
tajribali pedagoglarning ish tajribalarini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan shaxs bo‘lishi;

Tarbiyachi kuzatuvchanlik qobilyatini yaxshi egallagan, bolalarni xulq-atvori, hatti-
haraktalarini tahlil etib, bolaga ijobiy ta’sir etuvchi voitalarni topa oladigan bo‘lishi; 

Tarbiyachining eng avvalo, nutqi aniq, ravon, mantiqiy ixcham va tushunarli bo‘lishi 
kerak. Shuningdek, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olishi lozim. 
Tarbiya jarayonida ta’limning interfaol o‘yinlaridan samarali foydalana olishi;

O‘tkaziladigan mashg‘ulot uchun zarur materiallarni tayyorlab qo‘yishi, o‘rganilyotgan 
materiallarni tarbiyalanuvchilarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lishini ta’minlashi; 

Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam tahlil qilib borishi va uni 
takomillashtirish yo‘llarini izlab topishi; 

Tarbiyachi muntazam ravishda ota-onalar bilan individual va jamoaviy suhbatlar, 
uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarni tarbiyalashga doir zamonaviy uslublar bilan tanishtirib 
borishi lozim.
“Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasiga asoslangan xolda zamonaviy tarbiyachilar kasbiy 
kompetentligining 3 asosiy aspektini ajratishimiz mumkin: 
1. Shaxsiy tayyorgarlik – tarbiyachi shaxsida qaror topishi lozim bo‘lgan sifatlarni o‘zida 
aks ettirib, gnostik (bilishga doir) qobiliyatlar, tashkilotchilik qobiliyatlari, kommunikativ 
qobiliyati.
2. Kasbiy tayyorgarlik – pedagogik taktga doir sifatlarga ta’lim-tarbiya berishning yangi, 
nostandart shakl, uslub va vositalarini izlashi, tarbiyaviy ish jarayonida yuzaga keladigan 
muammolarni hal etishning samarali yo‘llarini tanlay olishi, o‘z faoliyati, o‘quv jarayonida 
bolalarning individual rivojlanishi, innovatsion o‘quv reja va dasturlarni loyihalashtirish va 
boshqalar. 
3. Refleksiv tayyorgarlik – tarbiyaviy jarayon natijalariga asoslangan xolda tarbiyachining 
kelgusi faoliyatini rejalashtirish imkoniyatini berib, uning uch turdagi refleksiv qobiliyatini o‘z 
ichiga qamrab oladi: ob’ektni his qilish, o‘lchovni bilish va dahldorlik hissi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish