B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor


(1 yoshdan 3 yoshgacha davom etadi)



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

 
(1 yoshdan 3 yoshgacha davom etadi);
 

maktabgacha yosh davri (3 yoshdan 7 yoshga qadar davom etadi); 

boshlang‘ich sinf yoshi davri (7 yoshdan 10 yoshga qadar davom etadi); 

o‘smirlik davri (11- 12 yoshdan to 14-15 yoshgacha davom etadi); 

o‘spirinlikning ilk davri (14-15 yoshdan to 17-18 yoshgacha davom etadi). 
Yuqorida qayd etilgan har bir yosh bosqichlari davrida bolaning aqliy, jismoniy va jinsiy 
rivojlanishi o‘ziga xos xususiyat qonuniga bo‘ysunadi. Mazkur qonuniyatning amalga oshishi el 
qatori oddiy bolaning kamol topishi uchun zaruriy sharoit hisoblanadi. 
Shuning uchun pedagogika va psixologiya fanlarining chuqur ilmiy taftishlariga ko‘p ham 
to‘xtalmay, har bir yosh davrida bola qanday asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ko‘rib chiqaylik.
Ushbu yosh davrida bolada harakatga undovchi layoqatlar va nutq asoslari rivojlanadi, u 
atrofidagi mavjud narsalar va kishilarni his etadi (beshik yopqichi berk bo‘lsa-da, chaqaloq xonada 
ota-onasining borligini sezadi, ularni o‘zi uchun juda zarur ekanligini bildirishga harakat qiladi. 
Axir keksalarimiz bekorga chaqaloq o‘z otasini 10 kunligidanoq taniydi deb aytishmaydi-ku)! 
Harakatga undovchi layoqatlar va nutq asoslarining rivojlanishi davom etadi. Bola so‘z va 
gaplarni ayta boshlaydi, o‘yin ko‘magida atrof-tevarakni bilishga, olam haqidagi tushuncha va 
tasavvurlarini kengaytirishga intiladi, bola xatti-harakatlarida o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasi 
namoyon bo‘ladi. 
To‘g‘ri va noto‘g‘ri, mumkin va mumkin emas, qiz va o‘g‘il bola o‘rtasidagi farqlanishni 
anglash, ya’ni qarama-qarshi munosabat hamda hodisalar haqida tushunchalar tarkib topa 
boshlaydi. Bola jamoa bo‘lib o‘ynashga, atrofdagi kishilar bilan faol munosabatga kirishishga 
o‘rgana boshlaydi. 
U savollar beradi, o‘z tengdoshlari bilan bahslashadi, ko‘mak so‘raydi, o‘zgalarga xalaqit 
bermaslik lozimligini tushunadi va bunga ongli ravishda munosabatda bo‘ladi. 
O‘zicha nimalar bilandir mashg‘ul bo‘la oladi, unda mustaqillikka intilishi namoyon bo‘ladi. 
O‘z buyumlari va o‘yinchoqlarini kattalar ko‘magisiz yig‘ishtira oladi. 
Qizaloq (bolakay) o‘z tengdoshlari orasidan o‘rtoq topib oladi. 


277 
Uy yumushlarini ado etish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi, singlisi yoki ukasiga qaraydi, 
uy hayvonlari parvarishi bilan jon-dilidan shug‘ullanadi. 
Sodda maishiy yumushlar, masalan, jamoat transportida yurish, pul bilan muomala qilish, 
muloqot va xizmat ko‘rsatish vositalari bilan muloqotga kirishish oddiy va odatiy holga aylanadi. 
Bola 6-8 yoshida televizorni yoqib yoki o‘chirib qo‘ya olishi, pulning qadr-qimmatini 
bilishi, jamoat transporti yoki telefondan foydalanishi uchun u alohida layoqat sohibi (vunderkind) 
bo‘lishi mutlaqo shart emas. Bunga o‘xshash yumushlarni har qanday bola ham uddalay oladi.
Bolaning o‘z xavfsizligini ta’minlashga intilish layoqatining rivojlanishi ham bu yosh davri 
uchun odatiy va me’yoriy holatdir. 
7-8 yoshda yo‘l harakati xavsizligiga rioya etish, maishiy asboblardan foydalana olish, 8-9 
yoshda xulq-atvorning maqbul jihatlarini namoyon etish bolaning alohida qobiliyatga egaligini 
ko‘rsatmaydi, albatta...
Bu yosh davrida bolalarda namoyon bo‘ladigan asosiy layoqat va ko‘nikmalar 
quyidagilardan iborat: 

o‘zgalar fikri bilan hisoblashish; 

o‘z ehtiyojlariga mos ishlarni rejalashtirib olish va bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil eta olish; 

mustaqil o‘qish, bilimlarni egallashda sabrli bo‘lish; 

do‘stlashish va hamjihatlikda yashash; 

oilada murakkabroq ishlarni mustaqil uddalay olish (uy yig‘ishtirish, kir yuvish va b.); 

o‘zini tuta bilish va harakat qilish natijasida hayot xavfsizligi va sog‘ligiga zarar keltiruvchi 
holatlarning oldini olish. 
Bolaning aqliy rivojlanishini tavsiflovchi bir qancha ilmiy sxemalar mavjud. Buning uchun 
bola aqliy rivojlanishining uchta yirik pog‘onalarini ajratib ko‘rsatamiz.
Bola tug‘ilganidan to 2 yoshga to‘lgunga qadar faoliyatga undovchi xatti-harakatlar va hissiy 
layoqatlarni o‘zlashtiradi. Boshqacha qilib aytsak, u eshitadi, alanglaydi, itaradi, g‘ijimlaydi, 
tepinadi, to‘kib-sochadi. Shunday qilib, dastlabki nasliy mexanizmlar va ilk xatti-harakatlar 
ta’sirida o‘zaro bog‘liq harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Bu esa muayyan maqsad yo‘lida 
uning yangidan yangi vositalarni qo‘llashiga sabab bo‘ladi. 
Boshqacha qilib aytsak, bolakay muayyan harakatlar ta’sirida biror narsani yasash yoki, 
aksincha, buzish mumkinligini, harakatlar narsaning miqdori, kattaligi, soni, joylashishi, og‘irligi, 
hajmiga ta’sir qilishini anglaydi. 
Qisqa qilib aytganda, bolalarimizni iqtidorini aniqlashda biz ota-onalarning o‘yinning 
qanchalik ahamiyati kattaligini hisobga olishimiz zarurdir. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish