B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍ 
 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA FAOLIYATINI
TASHKIL ETISH 
Rejametova
 
N.I. 
Toshkent davlat pedagogika universiteti, dotsenti v.b. 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasida “maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va 
jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga 


263 
innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”
1
kabi 
ustuvor vazifalar belgilandi. Bu vazifalarni amalga oshirish maktabgacha yoshdagi bolalarni 
davlat talablariga muvofiq tarbiyalash va turli xil musiqiy ta’lim berish dasturlarini ishlab chiqish 
hamda tarbiyalanuvchilarning musiqiy ijodkorligini shakllantirish zarurligini ko‘rsatmoqda. 
Musiqiy tarbiya maktabgacha ta’lim tashkilotlarida belgilangan talablar doirasida amalga 
oshiriladi. Bunda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat 
talablari va “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida faoliyat tashkillashtiriladi. Musiqiy faoliyat bolada 
ijodkorlikni shakllantirish maqsadida, uning musiqa madaniyatini tarbiyalash va musiqiy 
malakalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayondir.
Musiqiy faoliyat – bolaga musiqani sevish va tushunishni o‘rgatish, uning musiqani eshitish 
qobiliyatini tarbiyalash va musiqaga havasini rivojlantirish, unga eng sodda ijrochilik 
ko‘nikmalarini singdirish (kuylash, hirgoyi qilish) orqali amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta’lim tizimida o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyati va intellekti 
shakllanishi barobarida, musiqaning roli ortib bormoqda, ta’lim sohasining integratsiyalashuvi 
jarayoni musiqa rahbari – pedagogning kasbiy kompetentligiga nisbatan yangi vazifalarni 
qo‘ymoqda.
Musiqa san’ati ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ijod elementlarini o‘rganish, hozirgi davr 
yangiliklari bilan boyitish va kelgusi avlodlarga mukammal tarzda yetkazib berish vazifasini 
o‘taydi. Bolaning musiqiy, ijodiy faoliyatini rivojlantirishda iqtidorni, mustaqillikni rivojlantirish, 
faol, intiluvchan bo‘lishni tarbiyalash, atrof-olamni chuqur tushunish va tahlil qilish kabi 
jarayonlar eng asosiy vositalardir.
Musiqa faoliyatining diqqat markazida bolalar uchun o‘quv dasturini yaratish muhim bo‘lib, 
dastur bolalar ongiga musiqani (milliy ohanglar vositasida) singdirish, musiqa kuylash, tinglash, 
o‘ynash yoki raqsga tushishni, musiqaga tanqidiy baho berishni o‘z ichiga olishi kerak. Musiqiy 
faollik bolada badiiy-estetik ongni rivojlantirish, o‘zini ifoda etish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va 
qadrlashga yo‘naltiradi. 
Xorijiy manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, musiqa bolani tez rivojlantirib, o‘zini taqdim 
etish usullarini o‘zlashtirishga, ichki tuyg‘ularini ifoda etishga, shaxs sifatida namoyon eta olish 
qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi
2
. Shuningdek, Janubiy Avstraliyada musiqiy dasturning 
maxsus yo‘nalishlari bo‘lib, ular ta’lim muassasalarida tadqiqot sifatida o‘tkazilishga ruxsat 
berilgan, unda o‘quvchilar va talabalar o‘z mahoratlarini mustaqil tarzda namoyon etishga 
imkoniyat yaratilgan
3
.
Musiqa barcha davrlarda ham bolaning umumiy rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lib kelgan. 
Bola tug‘ilmasdan, musiqa tovushlariga munosabat bildira olishi olimlar tomonidan e’tirof etiladi. 
Bo‘lajak ona eshitadigan musiqa o‘sayotgan bolaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning 
didini ham tarbiyalaydi. Kichkintoyni musiqa bilan tanishtirishni imkon qadar erta boshlash, 
musiqiy rivojlantirish mashg‘ulotlarini kechiktirmaslik kerak. Bunda bolaning sensitiv davrini 
o‘tkazib yuborish bilan birga, bu qobiliyatlar rivojlanishining orqada qolishiga sabab bo‘lish xavfi 
bor. 
Musiqiy rivojlanish umumiy rivojlanishga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi: emotsional soha 
shakllanadi, tafakkur takomillashadi, bola go‘zallik va san’atga nisbatan sezgir bo‘lishni 
o‘rganadi. Turli vositalar orqali emotsiyalar, didni tarbiyalash bilan bolani musiqiy madaniyatga 
oshno qilish, uning musiqiy qobiliyatlarini kashf etish mumkin.
Musiqiy tarbiya bilan shug‘ullanganda oltin fondimiz, xususan ajdodlar qoldirgan 
manbalarni o‘rganish muhimdir. Bu borada buyuk olim Forobiyning ilmiy konsepsiyasini, uning 
musiqaga nisbatan munosabatini, ma’naviy aqliy muammolarni o‘rganish va yosh avlodga 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son qarori//O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari 
to‘plami. - T., 2019.-B.39. 
2
Music. Arts education teacher guidelines. Dublin 2000. 
3
Music for a world class education/ Music education strategy 2019 to 2029. South Australia 2019. 


264 
o‘rgatish zarurdir. Forobiy o‘z ishlarida “sahovatli shahardagi ahloqiy va estetik oliy 
maqsadlarning eng yaxshi namunalarida mujassamlashtirishga qodir bo‘lgan san’atning roliga” 
alohida e’tibor qaratadi, uning nazarida san’at insonning tarbiyasi hamda uning kamolotiga katta 
ta’sir qiluvchi kuchdir. 
Musiqiy ijodkorlik tarkibini aniqlash bolaning u yoki bu musiqiy faoliyat turi bilan 
shug‘ullanishida o‘ta zarur bo‘ladigan musiqiy qobiliyatlarni belgilash imkonini beradi. Musiqiy 
qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy jihatlari kishining individual o‘ziga 
xosliklaridagi asosiy xususiyat bo‘lib hisoblanadi. Aynan mana shu qobiliyatlar kishining shaxs 
sifatida shakllanishini belgilashi va uning individualligi darajasini oshirishda o‘z aksini topgan. 
Musiqa bolaga har tomonlama yordam berishi, tevarak-atrofni obrazli-emotsional idrok 
etishi va bola xarakterining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi uchun musiqa tarbiyasining 
maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qo‘yiladi: 
1.
Bolaning musiqaviy qobiliyatini rivojlantirish. 
2.
Bolalarni qo‘shiq kuylash va musiqaviy-ritmik malakalarga o‘rgatish. Ularda musiqani 
qabul qilish, his etish va tushunish qobiliyatlarini tarbiyalash. 
3.
Bolada badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Bu vazifalarning hammasi bir-biri bilan 
o‘zaro mustahkam bog‘lanadi. 
Musiqaviy rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini – ularning atrofdagi qo‘shimcha 
obrazlarni aniq his eta boshlaydilar. Bu esa o‘z navbatida, ularning tevarak-atrofini bilishda, 
estetik baholashni tarbiyalashda, badiiy didni, musiqaga muhabbatni tarbiyalashda katta 
ahamiyatga ega. Bolaning musiqaviyligi uning aktiv musiqaviy faoliyati orqali tarbiyalanadi. 
Pedagog mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini tashkil etish va yo‘naltirish orqali qabul qilayotgan 
ma’lumot haqida o‘ylash, qiziqish uyg‘otish, taqqoslay olishga yordam beradi. 
Bolalarda musiqa mazmuniga tushunarli munosabatda bo‘lish paydo bo‘ladi, musiqani 
diqqat bilan va ko‘proq vaqt tinglashga ishtiyoq tug‘iladi. Musiqaviy asarlarni tinglash bolalar 
ishtirokisiz bo‘lmasligi kerak. Musiqa orqali beriladigan kayfiyat ularda javob tuyg‘usini 
uyg‘otish kerak. Turli xil metodik usullar orqali bolalarni musiqaviy jarayonlarni bajarishga jalb 
qilish mumkin: ashula aytish, raqs, o‘yinlar va boshqalar. 
Mashg‘ulotlarda bola qanchalik ko‘p vaqt mobaynida tanish musiqa asarini tinglasa, 
shunchalik u musiqaviy faoliyatda harakatchan hamda maqsadga qaratilgan holda ishtirok etadi. 
Yakka va jamoaviy suhbatlar musiqaga yanada ongliroq munosabatda bo‘lishga yordam beradi. 
O‘yinchoqlar, rasmlar, she’riy va obrazli so‘zlar qo‘llanishi orqali qo‘zg‘atilgan hissiy 
kechinmalar va shu asosda musiqaviy bog‘lanishlar ortadi. Bu esa, o‘z navbatida, bolaning 
musiqiy faoliyati va harakatlarida mustahkamlanadi. 
Idrok san’ati o‘zidan keyin psixologik faoliyatni namoyon qiladi, ya’ni, intellektual, bilish, 
emotsional kechinmalarni birlashtiradi. Musiqa san’ati asarlarini tushunish masalasi o‘zidan o‘zi 
kelib chiqishi mumkin emas. Uni o‘rgatish kerak. Musiqa asarlarini idrok etish hissiyotdan 
boshlanadi. Musiqa asarlarini idrok etish emotsional jonkuyarlikni vujudga keltiradi. Bolaning bu 
holatida unga tanish mazmun va quvonch-idrok asosida emotsiyalarning paydo bo‘lishidir. 
Bolalarda asarni tushunib qabul qilish qobiliyatini tarbiyalash zarur. To‘plangan emotsional 
musiqaviy taassurotlar va kichik tajribalar qo‘shiq aytishga, musiqa cholg‘ularini chalishga, badiiy 
xalq qo‘shiqlariga jo‘r bo‘lishga olib keladi. 
Hissiyot, eshitish, idrokning rivojlanishi asosida bolalarda musiqiy taassurotlar to‘plana 
boshlaydi. 7 yoshli bola musiqaning mazmuniga qarab qayg‘uradi va fikr yuritadi. Biz bola oldiga 
musiqani idrok etishning payida bo‘lishi vazifasini qo‘yamiz. Tashqi ta’sir etish orqali musiqiy 
taassurotlar yig‘indisi vazifalari: 
1.
Estetik idrok – bu 2 asosiy komponentlar yig‘indisidir: emotsionallik va tushunarlilik. 
2.
Hayol, harakat lahzasi-ritm – maktabgacha yoshdagi bolalar tanish, sokin va quvnoq 
musiqalarni ajrata oladilar. Masalan: marsh, raqs, alla, polka. 
Musiqani eshitish, estetik idrok etish uchun musiqani bolaning hissiyotiga va kayfiyatiga 
ta’sir etish. Bolalarga yangi asarni tanishtirar ekanmiz ularda musiqani his qilish, u bilan birga 


265 
kechinmalarni boshdan kechirishga o‘rgatamiz. Qardosh va chet el qo‘shiqlari va raqslarini 
o‘rgatish asnosida bu xalqlarning an’analari, tarbiyasi bilan ham tanishtiramiz. Musiqaning boy 
janrlari – qahramonlik obrazi yoki lirik obrazlarni, yumor yoki raqsona kuyni eshitib tushunishga 
undaydi. Jamoa bo‘lib kuylashda, raqs va o‘yinlarda bolalardagi birdamlik namoyon bo‘ladi, 
chunki bolalar bu jarayonlarda o‘zlarini jamoa deb his qiladilar. Jamoa bo‘lib kuylash jarayonida 
bola o‘zini yolg‘iz his qilmaydi va asta-sekinlik bilan uning individual rivojiga ham ta’sir qiladi. 
Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida turli faoliyatlarni qo‘llash (qo‘shiq kuylash, tinglash, musiqa 
cholg‘u asboblarida ijro etish, musiqiy ritmik harakatlar) bolalarda diqqatni jamlash, tez reaksiya 
va irodasini kuchaytiradi: qo‘shiq kuylash jarayonida birga boshlab birga tugatish; raqs va o‘yin 
jarayonida musiqani tempini sezish talab etiladi. 
Xulosa qilib aytganda,

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish