Alohida burchak o‘lchash uslubi. Har bir burchak limbning bit ta o‘rnatilishida ikki yarim priyomlarda o‘lchanadi. Birinchi ya rim priyomda aniqlanayotgan burchak, ikkinchi yarim priyomda esa shu burchakni 360°ga to‘ldiruvchisi o‘lchanadi. Har ikkala yarim priyomlarda alidada bir xil yo‘nalish bo‘yicha aylantirila di. Priyomdan priyomga o‘tishda esa alidada oldingisiga nisbatan teskari yo‘nalishda aylantiriladi. O‘lchanadigan bitta punktdagi hamma burchaklar turli sharoitlarda, ya’ni kech (ertalab)ki vaqt davomida hamma burchaklar ushbu punktda avval bitta priyom da, keyin shu burchaklar ikkinchi priyomda, uchinchi priyomda va h.k. o‘lchab chiqilishi kerak.
Ushbu usulda yuqoridagi 4.7-rasmda ko‘rsatilgan burchak lar quyidagicha o‘lchanadi. Qarash trubasining bissektori chap yo‘nalishning vizirlash nishoniga qaratiladi. Optik mikrometr va limbda dastur bo‘yicha hisoblangan sanoq qo‘yiladi (2-3' aniqlik
da). Alidada bo‘shatiladi va u soat yo‘liga qarshi yo‘nalishda 30– 40°ga aylantiriladi. Teskari yo‘nalishda (soat yo‘li bo‘yicha) alida da aylantirilib truba o‘lchanadigan burchakning chap yo‘nalishiga (4.7-rasmda1-punkt) qo‘lda qaratiladi va alidada mahkamlanadi. Alidadaning qaratkich vinti bilan vizirlash nishoni truba bissek toriga kiritiladi. Okular mikrometrning bissektori uch marota ba vizirlash nishoniga qaratiladi (T05, T1 teodolitlarda) va har safar okular mikrometri shkalasidan sanoq olinadi. Limbning
qarama-qarshi shtrixlari ikki marotaba tutashtirilib ( va T2 teodolitlarda) har birida optik mikrometrdan sanoq olina di (birinchi tutashtirishda limbdan ham sanoq olinadi). Alida da bo‘shatilib u soat yo‘li bo‘yicha qo‘l bilan aylantirilib truba o‘lchanayotgan burchakning o‘ng yo‘nalishiga qaratiladi va alida da mahkamlanadi. Alidada qaratkich vinti bilan vizirlash nisho ni trubaning bissektoriga kiritiladi va okular mikrometri, limb dan sanoqlar olinadi (OT-02M va T2 da optik mikrometrdan sanoq olinadi). Shu bilan birinchi yarim priyom tugaydi.
Truba zenit orqali aylantirilib (ikkinchi yarim priyom) ali dada 180°ga o‘zgartiriladi. Bissektor o‘ng yo‘nalishni vizirlash nishoniga qaratiladi, birinchi yarim priyomdagi amallar va sa noq olishlar takrorlanadi. Alidada bo‘shatilib soat yo‘li bo‘yicha o‘lchanayotgan burchakni 360°ga to‘ldiradigan burchak qiymati ga aylantiriladi va oldingi yo‘nalish bo‘yicha bajarilgan amallar va sanoqlar takrorlanadi va shu bilan ushbu burchakni bitta priyom da o‘lchash yakunlanadi.
Limb qarama-qarshi shtrixlarini tutashtirishda optik mikrometr bo‘yicha olingan sanoqlar farqi OT-02M teodoliti uchun 2,5'' va T2 uchun 4'' dan oshmasligi kerak.
Okular mikrometr barabani bo‘yicha olingan sanoqlarning o‘zgarishi uni bitta bo‘lagidan (1'') oshmasligi kerak.
Punktdagi o‘lchash dasturining yarmini alidadani soat yo‘li bo‘yicha aylantirib, ikkinchi qismini soat yo‘liga teskari ay lantirib bajariladi. Buning uchun priyomdan priyomga o‘tishda alidadani aylantirish yo‘nalishini o‘zgartirish tavsiya etiladi. Bitta burchakni ketma-ket bir nechta priyomda o‘lchashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagi 4.6-jadvalda burchaklarni barcha kombinatsiyalarda o‘lchash jurnalining rasmi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |