419.
Farhod 34,8 kg, Bahrom undan 4,7 kg ko‘p, Dilshod esa Bahromga
qaraganda 5,2 kg ko‘p uzum uzdi. Jami qancha uzum uzilgan?
420.
Birinchi sayyoh ikki shahar orasidagi masofani 10 soatda, ikkinchisi esa
15 soatda bosib o‘tadi. Agar ular shu shaharlardan bir-biriga qarab bir vaqtda
yo‘lga chiqsalar, necha soatdan keyin uchrashadilar?
421.
To‘rtta sonning yig‘indisi 16,712 ga teng. Ikkinchi son 3,062 ga teng va u birinchi
sondan 1,922 ga, uchinchi sondan esa 0,18 ga ortiq. To‘rtinchi son ikkinchi
sondan qancha ortiq?
422.
Novvoyxonada non yopish uchun birinchi kuni 5,42 t, ikkinchi kuni birinchi kunga
qaraganda 2,43 t, uchinchi kuni esa dastlabki ikki kundagiga qaraganda 3,21t
kam un ishlatildi. Novvoyxonada shu uch kunda jami qancha un ishlatilgan?
423.
O‘quvchiga matematika fani olimpiadasiga tayyorlanish uchun 150 ta masala
berildi. O‘quvchining yechgan masalalari yechmaganlaridan 4 marta ortiq
bo‘lsa, u nechta masala yechgan?
424.
Hovuz 6 soatda suv bilan to‘ladi. 1 soat 20 minutda hovuzning qanday qismi
suv bilan to‘ladi?
425.
a) Yerning diametri 12 756 km bo‘lib, bu Quyoshning diametridan taxminan
109 marta qisqa. Quyoshning diametrini toping.
b) Yerning diametri 12 756 km, Oyniki esa 3 474 km. Yer diametri Oy diametridan
taxminan necha marta uzun?
d) Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa taxminan 150 000 000 km. Oygacha
bo‘lgan masofa esa 384 400 km. Oy Quyoshga qaraganda Yerga taxminan
necha marta yaqin?
426.
Dengizda masofa dengiz milida o‘lchanadi. 1 dengiz mili 1,853 km
ga teng. Bu sonni a) o‘ndan birlar; b) birlar xonasigacha yaxlitlang.
1 dengiz mili taxminan necha kilometrga teng?
427.
Qadimda yurtimizda masofa chaqirimlarda o‘lchan
gan. 1 chaqirim
taxminan 1,0688 km ga teng bo‘lgan. Bu sonni: a) yuzdan birlar;
b) o‘ndan birlar; d) birlar xonasigacha yaxlitlang. 1 chaqirim taxminan necha
kilometrga teng?
428.
Qadimda dorixonalarda dorilar maxsus dorixona unsiyasida o‘lchangan.
1 dorixona unsiyasi 31,1035 grammga teng bo‘lgan. Bu sonni:
a) yuzdan birlar; b) o‘ndan birlar; d) birlar xonasigacha yaxlitlang.
1 dorixona unsiyasi taxminan necha grammga teng?
429.
Angliyada massa o‘lchov birligi sifatida funt ham ishlatiladi.
1 ingliz funti 0,45359237 kg ga teng. Bu sonni: a) mingdan birlar;
b) yuzdan birlar; d) o‘ndan birlar; e) birlar xonasigacha yaxlitlang.
1 funt taxminan necha grammga teng?
Do'stlaringiz bilan baham: |