muvaffaqiyat O‘zini hurmat qilish =
intilishlar
taklif etgan edi. Ma’lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. Shu sababli kishi o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng ko‘p kuch va g‘ayrat sarflashi va o‘zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo‘lib, bu ko‘pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo‘li intilishlarining darajasini pasayti- rishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga erish- ganda ham o‘zini hurmat qilish hissi yo‘qolmaydi.
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish holla- ridan iborat emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymo- sining mavjud bo‘lishiga xavf tug‘diradigan his-tuyg‘ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun maqbul va mumkin bo‘lgan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo‘llaydigan alohida yo‘nal- tiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga ya- qin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining yetakchisi Z. Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan edi.
Z. Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «menning muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzura- si» bilan to‘qnashib qoladi va buning natijasida turli o‘zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik muhofazaning noto‘g‘ri talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan edi.
Masalan psixologik muhofazaning mexanizmlaridan biri o‘z maq- sadiga erishish yo‘lidagi g‘ovlarni bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro‘y beradigan tajovuzkorlikdan iboratdir.
Shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning faolligi va uning ijti- moiy jihatdan ahamiyatga molik yo‘naltirilganligi masalasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining diqqat markazida bo‘lishi kerak.
3. Shaxsning shakllanishi
Shaxs muayyan tarixiy hayot kechirish sharoitlarida, faoliyat (mehnat qilish, o‘qish va hokazolar) jarayonida shakllanadi. Shaxs- ning shakllanish jarayonida guruhlar va jamoalarda amalga oshiri- ladigan ta’lim va tarbiya yetakchi o‘rin tutadi.
«Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma’noda qo‘llaniladi. Birinchisi shaxsning shakllanishi uning rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Ikkinchi ma’nosi shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatida shakllantirishdan iborat.
Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini ha- rakatlantiradigan kuchlar va mana shu masalalarni hal etishning ikkita yo‘nalishi mavjud bo‘lgan. Bu yo‘nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik konsepsiyalari nomini olgan.
Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, aso- san nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojlanishi ichki sabab natijasida (o‘zidan o‘zi) sodir bo‘lish xususiyatiga egadir.
Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum bo‘lgan narsa, pesha- naga yozib qo‘yilgan biologik omillar ta’sirining mahsuli deb ifoda- laydigan biogenetik konsepsiya pedagogikani shaxsning qismatiga ko‘ra oldindan belgilab qo‘yilgan ushbu fazilatlari paydo bo‘lishining sustkash shohidi qilib qo‘ygan edi.
Sotsiogenetik konsepsiya shaxsni tevarak atrofdagi ijtimoiy mu- hitning bevosita ta’siri natijasi, muhitdan olingan nusxa deb hisoblay- di. Bunda ham xuddi biogenetik konsepsiyadagi kabi rivojlanib bo- rayotgan kishining xususiy faolligi inobatga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust o‘rin tutishi mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik konsepsiyaga amal qili- nadigan bo‘lsa, nima uchun ba’zi vaqtlarda bir xil ijtimoiy muhitda turli odamlar yetishib chiqishini tushuntirib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, na biogenetik va na sotsiogenetik konsepsiyalar shaxs rivojlanishining qonuniyatlarini tushunib yetishga asos qilib olinishi mumkin emas. Unisi ham, bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlay olmaydi. Buni amalga oshirish- ga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) mexanik tarzdagi o‘zaro bog‘liqlikdagi harakati yoxud konvergensiya (bir xil tashqi muhitda o‘xshash belgilarning hosil bo‘lishi) nazariyasi ham yordam bera olmaydi. Chunki bunda rivojlanishning ikkala konsepsiyasi xatolari bartaraf etilishidan ko‘ra ko‘proq orta boradi.
Shaxs rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari muammosini hal etishda dialektik nuqtai nazar yechimi rivojlanishida amalga oshi- riladigan quyidan (oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o‘tishni ta’min- laydigan ziddiyatlar ta’rifiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Shaxs- ning faolligi kishini anglanilgan va anglanilmagan sabablar tizimi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlarning majmui bilan belgilanadi. Lekin ehtiyojlarning qondirilish jarayoni zamirida ziddiyat mavjuddir.
Ehtiyojlar odatda paydo bo‘lishi bilanoq darhol qondirilmaydi. Ularning qondirilishi uchun moddiy mablag‘lar, shaxsning faoliyatga muayyan darajada tayyorgarligi, bilimlar, malakalar va hokazolar zarur. Shaxsning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar kishining faoliyatida o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi.
Ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni keltirib chiqaradiki, bunda kishi ehtiyojlari rivojlanishining erishilgan darajasi bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyat namoyon bo‘ladi. Ziddiyatlarning shaxs rivojlanishiga olib boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga oshirishning muayyan vositalarini (usullarini, malakalarini, jarayonlarini, bilimla- rini va boshqalarini) ta’lim jarayonida egallash orqali ro‘y beradi. Buning ustiga, ehtiyojlarning jo‘shqin faoliyat vositasida qondirilishi qonuniy tarzda yangi yuksakroq darajadagi ehtiyojini keltirib chiqa- radi.
Shuning uchun ham rivojlanib borayotgan shaxs doimo yangi va yangi ehtiyojlarning (va demak sabablarning keng shoxobchali ti- zimini ham) keltirib chiqararkan, o‘z navbatida, ehtiyojlar rivojlani- shining natijasi bo‘lib ham hisoblanadi. Ehtiyojlarni rivojlantirish, tanlash, tarbiyalash ularni hozirgi jamiyat kishisiga xos bo‘lgan ma’naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllanti- rishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo‘shilganligi sharoitida ro‘y beradi. A. S. Makarenko ta’kidlaganidek, shaxs yuksak darajada rivojlangan guruhdan iborat va shaxsning qimmatli fazilatlarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarga ega bo‘lgan jamoada va jamoa vositasida rivojlanadi.
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta’sirida bo‘ladi va ko‘plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o‘quv maskan- lari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsdagi turli g‘oyalar, fikrlar va mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog‘cha, maktab singari o‘quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |