B. N. Sirliyev a. Beknazarov d. N. Arziqulov



Download 149,6 Kb.
bet27/49
Sana21.06.2022
Hajmi149,6 Kb.
#686947
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Xarakter - shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlari bo‘lib, individ uchun turli xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba’zida o‘z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishning uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psixolog- larning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlik- dan xavfsirashga qaraganda, ular o‘z yutuqlarini yuksakroq qadrlaydi- lar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo‘l urishda davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlikdan cho‘- chiydilar, o‘ta ehtiyotkor bo‘ladilar, qiyinchilikdan yuz o‘giradilar, yengil ishga qo‘l urishni lozim topadilar.
Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi bilan asab tizimi qiyoslansa, u holda, birinchisining ro‘yobga chiqishi o‘zgacha fizio- logik sharoitga asoslanishini ko‘rish mumkin. Sobiq sovet psi- xologiyasida ta’kidlanishicha, asab tizimi umumiy turining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi.
B. M. Teplov, V. S. Merlin, Y. A. Klimovlarning tadqiqotlarida o‘qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari aniqlangan. Xuddi shu bois, xarakter xislatlari paydo bo‘lish- ning o‘zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy turining xusu- siyatlari hisoblanadi.
Ma’lumki, asab tizimining umumiy turi temperamentning fiziolo- gik asosi hamdir. Shuning uchun temperament turi xarakterning indi­vidual o‘ziga xos xislatlarining ro‘yobga chiqishidagi muhim psixolo- gik sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
I. P. Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta’sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltiri- shi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.
Shaxs xarakterining tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismida xabardor bo‘lish notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma’lum bo‘lsa, uning ichi qoraligini taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo‘min, yuvosh bo‘lsa, albatta, uning ko‘ngilchan ekanligini sezamiz.
Xarakterning tuzilish xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarakter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishining xusu- siyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgan.
Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xu- susiyatlari turlicha turmush sharoitlarida qarshilik qiluvchi vaziyat- larga duch kelsa-da, uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu boisdan inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi va- ziyatni uning shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek maqsadga muvofiq- lashtiradi.
Odatda psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomo- komplekslar (omillar) deyiladi (yunoncha symptoma - belgi, mos tushish, «kompleks» esa lotinchada aloqa, majmua degan ma’noni anglatadi). Qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda, insonlarda bu tizim o‘ziga ishonish, o‘zidan mag‘rurlanish, maqtanchoqlik, o‘zbilarmonlik, urushqoqlik, kekkayish kabilar birikmasida yuzaga keladi.
Boshqa toifadagi shaxslar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchan- ligi, iltifotliligi, dilkashligi, rostgo‘yligi bilan ajralib turadilar. Vo- qelikka shaxsning munosabati xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini bildiradi.
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:

  1. jamoa (guruh)ga va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takab- burlik va boshqalar;

  2. mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xusu- siyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, ma- s’uliyatsizlik kabilar;

  3. narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo;

  4. shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.

Kishining xarakterini tashkil etuvchi bu individual xususiyatlar, birinchi navbatda, irodaga va his-tuyg‘ularga, shuningdek ma’lum ma’noda aqlga ham taalluqlidir.
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko‘p qirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar ajratib ko‘rsatilishi mumkin, lekin ular bir- biridan ajratilgan, alohida holda mavjud bo‘lmaydi, balki ma’lum ma’noda xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Xarakterning strukturaliligi uning ayrim xususiyatlari o‘rtasidagi qonuniy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdagi zaruriy sharoitlaridan bi­ri xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakterning plastik- ligi ikki xil ma’no kasb etadi. Xarakterning plastikligi uning barqaror- ligi singari muhitga faol ta’sir o‘tkazishning shartlaridan biri hisoblanadi. Amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim.
Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishning za- ruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga ega bo‘lib, uning tuzilish xislati sifatida mujassamlashadi. Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs muno- sabatlarining mazmuni bilan belgilanadi.
Xarakterning tarkib topishida kishining tevarak atrofdagi muhitga va o‘z-o‘ziga, hamda boshqa kishiga qanday munosabatda bo‘lishi muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, bu munosabatlar xarakterning eng muhim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo‘ladi.
Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda, xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladigan vaziyat tug‘iladi.
Xarakterda urg‘u berishning (aksentuatsiyasi) quyidagi eng mu- him turlari alohida ajratib ko‘rsatiladi:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish