B mengliyev, G. Tojiyeva



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/301
Sana06.08.2021
Hajmi2,97 Mb.
#139922
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

1.  Singarmonizm.  Bu  hodisada  unli  va  undoshlarning  o`zgarishi  farqlanadi.  Unlilarning  nutq  jarayonida  o`zgarishi 
singarmonizm deyiladi. Singarmonizm unlilarning moslashishi, uyg`unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga xosdir. Uning ikki 
asosiy ko`rinishi mavjud
a) til garmoniyasi; 
b) lab garmoniyasi. 
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam 
so`zidagi  [q]  undoshi  chuqur  til  orqa  undoshi  bo`lganligi  bois,  birinchi  bo`g`indagi  [a]  unlisi  ham  til  orqalik  xususiyatiga  ega  bo`ladi. 
Buning natijasida esa keyingi bo`g`inda [a] tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] undoshiga, 
keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi.  
Lab  garmoniyasida  unlilarning  moslashishi  ikki  tomonlama  bo`ladi.  Bunda  unlilar  ham  til  oldi  -  til  orqalik  jihatidan,  ham 
lablanganlik- lablanmaganlik jihatidan o`zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga ko`ra, so`z boshidagi unli lablangan til 
oldi unlisi bo`lsa, so`z oxirida ham lablangan til oldi unlisi keladi. So`z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo`lsa, so`z oxiridagi unli 
ham lablangan til orqa unlisi bo`ladi. Masalan, boshqird, sog`in, bo`g`in so`zlaridagi kabi. 
2. Assimilyatsiya.   Nutq tovushlari qator kelganda ba‟zan bir-biriga ta‟sir qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi 
bunday hodisa assimilyatsiya deyiladi. Assimilyatsiya ikki xil bo`ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi 
tovush keyingi tovushni o`ziga o`xshatsa, moslashtirsa,  progressiv assimilyatsiya yuz beradi:  ket+di=ketti, ayt+di=aytti, ot+dan=ottan, 
yurak+ga=yurakka.  
Keyingi  tovush  oldingi  tovushga  ta‟sir  qilib,  uni  o`ziga  o`xshatsa,  moslashtirsa,  regressiv  assimilyatsiya  yuz  beradi: 
yigit+cha=yigichcha, yoz+sin=yossin, uch+so`m=usso`m, tuz+sin=tussin. 
   Rus  tilida  отдать  so`zi  oддать  tarzida  talaffuz  etiladi.  Bu  ham  regressiv  assimilyatsiyaga  misol  bo`ladi.  Regressiv 
assimilyatsiya odatda progressiv assimilyatsiyaga nisban nutqda kamroq uchraydi. Chunki assimilyatsiyaning bu turida keyingi tovush 


 
45 
oldingi tovushni o`ziga moslashtiradi. Demak, talaffuz jarayoni boshlanmasdan burun so`zining talaffuz texnologiyasi haqidagi tasavvur 
ham hosil bo`lmog`i lozim.  
Assimilyatsiya to`liq va qisman bo`lishi mumkin. 
To`liq  assimilyatsiyada  bir  tovush  ikkinchi  tovushga  aynan    moslashadi  va  to`lig`icha  uning  tusiga  kiradi.  Yuqorida  keltirilgan 
so`zlarning hammasi to`liq assimilyatsiyaga misol bo`ladi. Qisman assimilyatsiyada nutq tovushlaridan biri ikkinchisini biror tomondan 
qisman  o`xshatadi    (moslashtiradi):  osh+ga-oshka,  ish+ga-ishka  so`zlarida  jo`nalish  kelishigidagi  [g]  tovushi  oldingi  [sh]  tovushining 
ta‟sirida  [k]  tovushiga  aylanmoqda.  Bu  so`zda  qisman  assimilyatsiya  yuzaga  kelmoqda,  ya‟ni  [g]  jarangli  tovushi  o`zidan  oldingi  [sh] 
tovushiga  faqat  bir  tomonlama  –  jarangsizlanish  tomonidan  o`xshamoqda,  xolos,  lekin  to`liq  uning  tusiga  kirgan  emas.  [Uchta
leksemasining  ushta,  [pochta]  leksemasining  poshta  deb  talaffuz  qilinishi  ham  shu  hodisaga  misol  bo`la  oladi.    Rus  tilidagi  кaробкa, 
вoдкa: inglizcha: goodscats so`zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud.  

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish