Artikulyatsiya usuli deganda tovush hosil qilish paytida nutq a‟zolarining qanday holatda harakat qilishi tushuniladi.
Masalan, v, z, y, x, sh, h kabi tovushlarni talaffuz qilganda nutq a‟zolari bir-biriga yaqinlashadi, ammo havo oqimining chiqishi uchun
torgina oraliq qoladi, havo oqimi ana shu oraliqdan sirg„alib chiqadi va bunday tovushlar artikulyatsiya usuliga ko„ra sirg„aluvchi tovushlar
nomini oladi. Portlovchi tovushlarni hosil qilishda esa havo oqimi jipslashgan a‟zolar orasidan portlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |