B mengliyev, G. Tojiyeva


Imo  –  ishoralar  nazariyasi



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/301
Sana06.08.2021
Hajmi2,97 Mb.
#139922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

  Imo  –  ishoralar  nazariyasi.  Bu  nazariyaning  asoschilari  nemis  olimi  Vundt  va  akademik  N.Y.Marr  bo`lib,  ularning  fikricha, 
insonlar tovush tili paydo bo`lgunga qadar bir birlari bilan imo-ishora orqali aloqa qilganlar. Marrning da‟vo qilishicha , odamlar yarim 
million  yil  davomida  “imo-ishora  tili”  orqali  aloqa  qilganlar  va  keyinchalik  bu  tovush  tiliga  aylangan.  Agar  insoniyatning  hayvonot 
dunyosidan ajralib chiqqanligini, qorin to`yg`azish maqsadidagina mehnat qilganligini, jamoa bo`lib mehnat qilish natijasida tilning paydo 
bo`lishiga ehtiyoj tug`ilganligini hisobga olsak, kishilarning muhim aloqa vositasi bo`lgan tilga imo-ishora juda kichik bir qo`shimcha vosita 
bo`lganligini anglab yetish qiyin emas. Demak, inson nutqi taraqqiyotining ma‟lum bir bosqichida imo-ishora tili kishilarning o`zaro aloqa 
qilishlarida  yagona  vosita bo`lgan  edi, degan  fikr  ilmiy  jihatdan  asosli  emas.  
XIX asrning  ikkinshi  yarmida  ijtimoiy  kelishuv  nazariyasi  ham  paydo bo`ldi.  Bu  nazariya  vakillarining   fikricha,  narsa- 
buyum,    voqea-  hodisalarni    nomlashda  odamlar  o`zaro  kelishib  olishgan.  Bu  fikr  ijtimoiy  kelishuv  nazariyasining  ham    asosi  aniq 
emasligini  ko`rsatib  turibdi.  Vaholanki,  o`zaro  kelishuv  vositasi,  asosan,  tildir.  O`zaro  ijtimoiy  kelishuv  uchun  insonda  yuqori  darajada 
rivojlangan  tafakkur  va  til  bo`lmog`i  zarur.  Bu  nazariya  tilning  paydo  bo`lishini  emas,  balki  til  rivojlanishining  ba‟zi  tomonlarinigina  
ko`rsatib bera oladi, xolos.  
Yuqorida sanab o`tilgan nazariyalarning hech biri tilning paydo bo`lishi masalasini inson, tafakkur va jamiyatning paydo bo`lishi 
bilan bog`lab o`rganmaydi.  Shunga ko`ra,  ular tilning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasini to`g`ri yoritishga ojizdir. Bu masalaga XIX 
asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  paydo  bo`lgan  dialektik  matearializm  asoschilari,  yuqoridagilardan    farqli  o`laroq,  bir  qadar  to`g`ri 
yondashadilar.  Dialektik materializm oqimining namoyandalari  nemis olimlari K.Marks  va F.Engelslar bo`lib, ular “Maymunning odamga 
aylanish  protsessida  mehnatning  roli”,  “Oila,  xususiy  mulk  va  davlatning  kelib  chiqishi”  kabi  qator  asarlarida  tilning  paydo  bo`lishi 
muammosiga  katta  e‟tibor  qaratganlar.  Ularning  yozishlaricha,  bundan  taxminan  bir  million  yillar  muqaddam  yer  yuzida  odamsimon 
maymunlarning  juda  taraqqiy  etgan  nasli  yashagan.  Ular,  odatda,  yerda  yurishgan,  oldingi  ikki  oyoqlari  qo`l  vazifasini  bajargan. 
Odamsimon  maymunlar  oldingi  oyoqlari  bilan  dastlab  tabiatdagi  tayyor  predmetlardan  qurol  sifatida  foydalanganlar  va  ko`proq  tik 
yurishni o`rgana boshlaganlar. Tik yurish asta-sekin ular uchun hayotiy zaruratga aylangan, shu tariqa ozod bo`lgan qo`l borgan sari 
ko`proq va turli-tuman ishlarni bajarishga moslashgan. Kishilik jamiyatining, til va tafakkurning paydo bo`lishi mehnat tufayli maymunning 
odamga aylanishi bilan bog`liq. 
Bu  nazariya  bir  qancha  asosli  biologik  va  sotsial  faktorlarga  tayanib,  ilmiy  farazlar  qiladi.  Hozirgi  tarix,  antropologiya  kabi 
ko`pgina fanlar odam, jamiyat, til, tafakkur va nutqning paydo bo`lishi to`g`risidagi talqinlarda shu ilmiy farazlardan foydalanadi. Biroq, 
shuni  ham    ta‟kidlash  zarurki,  keyingi  yuz  yillar  davomida  odamsimon  maymunlar  ustida  olib  borilayotgan  maxsus  tajribalar  “odam 
odamsimon maymunlardan tarqalgan” degan fikrni bir qadar rad etmoqda.  
Diniy ta‟limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga olloh tomonidan in‟om etilgan ne‟matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari 
suriladi.  
Xullas, tilning kelib chiqishi tafakkurning paydo bo`lishi, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi kabi muammolar bilan 
uzviy bog`liq bo`lib, bu muammolar insoniyat tarixida uzil – kesil  yechimini topgan emas. 
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ma‟lum bo`ladiki, til hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan kishilar ibtidoiy jamoasining mehnat 
jarayonida eng zaruriy ehtiyoji natijasida paydo bo`lgan. Garchi qadimgi ibtidoiy jamoa tillarning qachon paydo bo`lganligi, u tillar qanday  
til  ekanligi,  ularning  lug`at  tarkibi,  grammatik  qurilishi  nimalardan iboratligini  isbotlovchi  dalillar  bo`lmasa-da,  yozuv  paydo  bo`lgandan 
keyingi,  ya‟ni  bundan  15-20  ming  yillar  oldin  yozib  qoldirilgan  yodgorliklarga  asoslanib,  ba‟zi  tillarning  shakllanishi  va  taraqqiyoti 
to`g`risida mulohaza yuritish mumkin. Bu xususda keyingi mavzularimizda batafsil to`xtalamiz. 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish