B.M. Teplov katta hissa qo‘shdi. U temperament xossalariga psixik faoliyat dinamikasini xarakterlaydigan barqaror psixik xossalarni kiritdi. Temperamentning individual xususiyatlarini temperament u yoki bu xossalari rivojlanganlik darajasi bilan tushuntiradi. Temperamentning ahamiyatga molik xossalariga quyidagilar kiritilgan edi: juda kuchsiz tashqi va ichki ta’sirlarga javob bildirish layoqati – emotsional qo‘zg‘aluvchanlik; diqqatning qo‘zg‘aluvchanligi – bu individ psixikasining moslashuvchi vazifasini belgilaydigan temperament xossasi, u ta’sirlovchi jadalligining juda kichik o‘zgarishlarini payqash layoqatidan iborat;