17-shakl 18-shakl
19-shakl 20-shakl
21-shakl 22-shakl XULOSA
Shuni aytish joizki mashinasozlik chizmachilik fani bugungi kunda ahamiyati shundaki butun dunyoda texnikaviy fandir bu fanning kerakligi shundaki biz foydalanayotgan texnik narsalar chizmachilik fanining nazariy asosi hisoblanadi. XXI asr texnika asri hisoblanib hozirda biz ko`radigan texnik narsalar oldingi texnikadan farqlanadi. Buning asosida zamirida bizlarning ota bobolarimizdan qolgan ixtirolar hamda nazariy ma`lumotlar natijasiga tayanadi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi ―Mashinasozlik chizmachiligi‖ fanining muhim mavzularidan biri bo`lib ajralmaydigan birikmalar va ularni tasvirlash usullani bajarish qoidalariga bag`ishlangan.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o`rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, samolyotlar, radiyopriyomniklar, ro`zg`or asboblari va ko`plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz tasavur qilib bo`lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig`iladi.
Chizma – o`ziga xos grafik til; u internatsional til bo`lib, texnika jihatdan savodli har bir kishi uchun, u qulay tilda gapirishidan qat`iy nazar tushunarlidir. Keyinchalik, chizmani informatsiya uzatishning grafik vositasi deb ham atashadi, chunki u texnik g`oyani ifodalashning eng lo`nda vositasi hisoblanadi.
Ma`lumki, o`quvchilarni sifatli ta`lim omillari bilan birgalikda ularda mustaqil fikrlashni shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etradi. Bizga ma`lumki mashinasozlik chizmachilik kursida kiruvchi ajralmaydigan birikmalar tasvirlash standart detallarni bilish muhim o`rinlardan biri hisoblanadi.
Ajraladigan birikmalarga bolt, gayka, shayba, vint, shponka, fiting, shpilka, shlitsali va hokazolar. Bularning hammasi standart detalli birikmalarga kiradi. Asosan metrik rezbalardan tashkil topgan. Bularni mehnat sharoitda ya`ni biz foydalanayotgan texnik vositalarda ko`proq uchratish mumkin. Masalan mashina, traktor, televizor, aftobus va hokazolarda uchratishimiz mumkin. Yuqorida aytilgan
texnik vositalar ba`zi joylari nosoz holatda kelib qolsa ularni bemalol ochish va uni qaytib mahkamlab qo`yish mumkin.
Ajralmaydigan birikmalarga parchin mixli, yelimlash elektro payvandlash kiradi. Bular asosan bir biriga yaxlit ajralmay to`laroq birikmalardan tashkil topadi. Ko`pincha bularni texnikadagi metal konstruksiyasiga uchratish mumkin. Masalan: uy ro`zg`or buyumlardan chelak ilgagida hashamatli bino qurishda metal konstruksiyaga payvandlash hamda parchin mixni katta bosim orqali bosib mahkamlash keng foydalinadi. Albatta bularni ishlab chiqarishda asosan chizmasi orqali yasab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |