B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik


Profilaktik chora-tadbirlarning ustivorligi prinsipi



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/143
Sana20.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#566499
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

Profilaktik chora-tadbirlarning ustivorligi prinsipi. 
Oxirgi 
paytlarda ko‘pgina mamalakatlarning olimlari kasallikni davolash emas, 
aholi salomatligini mustahkamlash maqsadga muvofiq deb hisoblashmoqda. 
Bu konsepsiya tobora kuchayib bormoqda, chunki kasallikni davolashdan 
ko‘ra uni oldini olish arzonroq tushadi. Shuning uchun sog‘liqni 
saqlash xizmatini tashkilashtirish va loyixalashtirish sog‘liqni tiklash, 
salomatlikni saqlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Sog‘liqni 
saqlash tizimining ravnaqi kasalliklarni davolash bilan emas, balki 
salomatlikni muxofazasi bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda, natijada esa bu 
sog‘liqni saqlash tizimi organ va muassasalarining profilaktik faoliyati 
rolini oshishiga olib keladi. Shuni takidlab, o‘tish kerakki «Sog‘lomlarni 
salomatligini saqlash» konsepsiyasi hayotiy xakikatga aylanishi zarur, bu 
esa o‘z navbatida sog‘liqni saqlash sistemasi resurslaridan unumli 
foydalanishga olib keladi.
"Kasalni davolashdan uni oldini olish afzal" degan maqol bor. 
Birinchidan bemorni kasalligini davolashga ketgan mablag‘, 
kasalikni oldini olishga sarflanadigan moddiy mablag‘dan ancha qimmat 
turadi. Ikkinchidan kasallangan bemorning ruhiy holati, yoki kasalini -
surunkali formaga o‘tishi, ayrim hollarda nogironlikka olib kelishi, o‘lim 
bilan tugash hollari, aholi salomatligiga katta putur etkazadi O’rtacha 
umrni qisqarishiga olib keladi, aholini mehnat faoliyatini kamaytiradi. 


31 
Ishlab chiqarish jarayonini bir muncha izdan chiqaradi. Yuqoridagilar 
halq xo‘jaligining rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va moddiy 
zarar etkazadi. 
Uchinchidan bemorning oilasiga moddiy va ma’naviy zarar 
etadi. Shuning uchun xam Respublikamizda aholi salomatligini saqlash, 
sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda profilaktik chora tadbirlarni 
amalga oshirish ustivor yo’nalishga ega. Sog‘liqni saqlash vazirligi 
hukumat organlari, hokimiyatlar, viloyatlar sog‘liqni saqlash 
boshqarmalari, bo‘limlari, Shahar, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limlari, 
hamda ularning joylardagi organlari sanitariya-epidemiologiya 
nazorati markazlari, mahalla qo‘mitalari, "Ekosan" "Sog‘lom avlod uchun 
xayriya 
jamg‘armalari» 
aholining 
sanitariya-epidemiologiya 
xotirjamligini ta’minlash uchun atrof muhitni sog‘lomlashtirish, 
ovqatlanishni, mehnat, turmush, dam olishda ta’lim tarbiya berish 
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik sanitariya xolatini 
yaxshilash va epidemiyaga karshi, tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan 
tadbirlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligi joylarda profilaktik yorda m 
yo’nnalishlari va hajmlari, profilaktik maqsadlarda emlashlar 
o‘tkazishning muddati va usullarini belgilaydi, aholi orasida sog‘lom 
turmush tarzini targ‘ib qilishni nazorat qiladi. 
Shu jihatdan kasallikni oldini olishga qaratilgan prfilaktik chora-
tadbirlarning samarasi birinchi navbatda aholini, oilani, har-bir shaxsni 
tibbiy-sanitariya madaniyatiga, tibbiy faolligiga, o‘z salomatligini 
saqlashga bo‘lgan ma’suliyatiga bog‘liq. Agar aholi, o‘z salomatligi 
ustida qayg‘urmas ekan, uni mustahkamlash uchun shug‘ullanmas, 
kurashmas ekan, shu yunalishda tibbiyot muassasalari olib borayotgan 
tadbirlar samarasi past, natijasi qonikarsiz bo‘lib qola beradi. Shu bilan 
birga ushbu ishlarni samarasini oshirishda o’rta tibbiyot hodimlar roli 
judayam kattadir. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish