B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik


O‘rta tibbiyot xodimlarining



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/143
Sana20.04.2022
Hajmi1,45 Mb.
#566499
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

O‘rta tibbiyot xodimlarining
ish rejimi 2 va 3 smenali bo‘lishi 
mumkin. Eng qulay bu 3 smenali ish rejimi bo‘lib, ertalabki va 
kunduzgi paytda bo‘limda doimiy tarzda bitta hamshira bo‘lishini 
ta’minlaydi. Chunki bu davrda bo‘limda davolash-muolaja ishlari: 
asosan kasallarni ko‘rish, qabul qilish, ularni kasalxonadan chiqarish, 
vrach buyurtmalarini bajarish ishlari amalga oshiriladi. 
 
Statsionardagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish 2 va 3 
bosqichli bo‘lishi mumkin. 3 bosqichli xizmat turida bemorga tibbiy 
yordamni vrach, hamshira, sanitarka (farrosh) amalga oshiradi. 2 
bosqichlida esa bemorga tibbiy yordamni bevosita vrach va hamshira 
ko‘rsatadi. Hozirgi davrda barcha joylarda 2 bosqichli xizmat 
ko‘rsatishga o‘tilgan. 
Bemorni o‘z vaqtida sog‘lomlashtirishda statsionardagi 
davolash-muhofaza rejimining roli katta. 
Bemorlarni kasalxonada yotib davolanish davrida optimal sharoit 
yaratish uchun amalga oshiriladigan barcha tadbirlarga davolash-
muhofazalash rejimi deyiladi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan 
iborat: 
1.
Tashqi muhitning noqulay omillarini bartaraf etish yoki uni iloji 
boricha kamaytirish (shovqinni kamaytirish, yo‘qotish, palatalarni 
yahshi yorug‘lik bilan ta’minlash, devorlar sathini bemorlarni 


192 
tinchlantiradigan bo‘yoqlar bilan bo‘yash, kasalxona territoriyasini 
ko‘kalamzorlashtirish). 
2.
Og‘riqqa qarshi kurash — bemorlarni operatsiyaga, homilador 
ayollarni tug‘ishga ruhiy jihatdan tayyorlash. 
3.
Fiziologik uyqu davrini cho‘zish: bemorlarni tinchligi, hamda 
ruxsat etilgan jismoniy faolligi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash. 
4.
Ichki tartibni saqlash va kasallarda sog‘ayib ketishi uchun ishonch 
ruhini uyg‘otish. 
5.
Bemorlar bilan bo‘ladigan suhbatda, xodimlarning o‘zaro suhbatida 
etik va deontologik qoidalarga amal qilish.
Statsionarlarda amalga oshirilayotgan davolash - profilaktik 
ishlarning eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu o‘rinlar sonidan oqilona 
samarali foydalanishdir. Chunki har bir bo‘sh o‘rin tibbiy yordam 
hajmini kamaytiribgina qolmay, balki juda katta iqtisodiy zarar ham 
keltiradi. 
Shifoxonalardagi o‘rinlardan to‘liq foydalanish uchun
quyidagilarni amalga oshirish zarur: 
1.
Barcha qabul qilingan bemorlarda yotish uchun to‘la tibbiy asos 
bo‘lishi kerak. 
2.
Poliklinikada qilingan analiz sifatini oshirish va ularning statsionar 
shariotida takrorlanmasligini ta’minlash. 
3.
Bemorlarga uyda yordam ko‘rsatish darajasini takomillashtirish 
4.
Qariyalar va nogironlar uyi xizmatidan keng foydalanish. 
5.
Qishloq joylardagi statsionarlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning 
sifatini oshirish va ulardan keng foydalanish, chunki qishloq aholisining 
ma’lum bir qismi ko‘p hollarda asossiz ravishda shahar shifoxonalarida 
davolanish uchun yuboriladi.
Kasalxonada har – bir yotqizilgan bemorga “Statsioanar 
bemorining kartasi” qabul bo‘limida to‘ldirilib bemor bilan birgalikda 
bo‘limga yuboriladi. Bo‘limda vrach – ordinator uni to‘ldirib boradi. 
Statsionar bemorining kartasi muhim tibbiy hujjat hisoblanib, u bir 
necha muhim vazifalarni - funktsiyalarni bajaradi.

Karta katta amaliy ahamiyatga ega, u bemor haqidagi asosiy 
davolash tashhislash axborotlarni o‘zida mujassamlashtiradi, unda 
kasallikning kechishi dinamikada qayd etib boriladi. 

Karta pedagogik ahamiyatga ega – talabalar, ordinatorlar, 
izlanuvchilar, tibbiyot hamshiralarini o‘qitish uchun tegishli bemor va 
kasallik tarixi haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin. 

Ushbu hujjat katta ilmiy ahamiyatga ega – ko‘pgina klinik – statistik 


193 
tadqiqotlardagi 
xulosalar 
statsionar 
bemorining 
kartasidagi 
ma’lumotlarga asoslanadi. 

Karta yuridik ahamiyatga ega - sud–tibbiyot ekspertizasi taqozo 
etilganda ushbu karta vrachni ayblash yoki himoya qilish uchun bosh 
hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning 
uchun 
ham 
statsionar 
bemorining 
kartasidagi 
ma’lumotlarni jamlagan holda aniq va lo‘nda qilib bayon etish lozim. 
Bemor statsionardan chiqarilayotganda “Statsionar bemorining kartasi” 
bilan bo‘lim mudiri, davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari 
yoki bosh vrach tanishib chiqqandan so‘ng, uni saqlash uchun 
muassasaning tibbiyot arxiviga yuboriladi. Bemor statsionardan 
chiqarilayotganda vrach ordinator – kasallikning kechishi, bemorning 
statsionardan chiqayotgandagi holatini epikriz – xulosa sifatida yozib, 
bo‘lim mudirining imzosi bilan bemorga topshiradi. Shu bilan birga har 
– har bir statsionardan chiqayotgan bemor uchun – “Statsionardan 
chiqayotgan bemor kartasi” to‘ldirilib – tibbiyot statistikasi xonasiga 
tahlil uchun topshiriladi.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish