Sog‘lig‘ini yuqotgan taqdirda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish
prinsipi.
Ushbu prinsip O’zbekistonning rivojlanish va o‘ziga xos
tariqqiyot yo‘lining eng asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan aholining
kuchli ijtimoiy himoya qilish tamoyiliga to‘la mos tushadi.
"Sog‘liqni yo’qotganda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinish,
tibbiy ijtimoiy yordam olish huquqi" Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risidagi" qonunning 16 moddasida aloxida kayd etilgan.Jumladan
ushbu moddada kasal bo‘lib qolganda, mehnat layoqatini yuqotganda va
boshqa xollarda fuqarolar profilaktik, taxshis qo‘yish, davolash, kuch
32
quvvatini tiklash, sanatoriya-kurort, protez-ortopediya yordami va boshqa
xil yordamni, shuningdek bemorlarni, mehnatga layoqatsiz va nogiron
kishilarni boqish parvarishlar yuzasidan ijtimoiy chora - tadbirlarni,
shu jumladan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lashni o‘z
ichiga oladigan tibbiy ijtimoiy yordam olish huquqiga ega. Tibbiy
ijtimoiy yordam tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxasislar tomonidan
ko‘rsatiladi deb belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolar o‘zlarini ixtiyoriy ravishda tibbiy sug‘urta qildirish asosida,
shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari,
o‘z shaxsiy mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan
boshqa mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha tibbiy va boshqa xil
xizmatlardan foydalanish huquqiga ega.Fuqarolarning ayrim toifalari
protez ortopedik va moslama buyumlar va eshitish apparatlari,
harakatlanish vositalari va boshqa maxsus vositalar bilan imtiyozli tarzda
ta’minlanish huquqiga ega.
Tibbiyot
ilm-fani
va
amaliyotning
birligi
prinsipi.
O’zbekistonda ko‘plab tibbiyot oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot ilmiy
tekshirish instiutlarida keng ko‘lamda ilmiy tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, olingan yangiliklar
O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati bilan
sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq etilmokda.
Ilm-fan
va
amaliyotning
birlik
prinsipi,
ilm-fan
axlining
tibbiyotda ishlayotgan amaliyot xodimlari, sog‘liqni saqlash
tashkilotchilari bilan xamkorlikda o‘tkazayotgan se’zdlar, simpoziumlar,
konferensiyalari orkali namayon bulmoqda.
Bundan tashkari Respublikamizda ko‘pgina Ilmiy jurnallarda:
"O’zbekiston
tibbiyot
jurnali",
"Pediatriya",
"Xirurgiya",
"Patologiya" “Hamshira” jurnallari va shunga o‘xshash ko‘pgina
jurnallarda olimlarimizning ilmiy makolalari chop etilmokda va ular o‘z
navbatida tibbiyot amaliyotchilariga etib bormoqda. Profilaktika, tashxis
qo‘yish, davolashning yangi usullari, dori-darmonlar, mikrobiologik
preparatlar va dezinfeksiya vositalarini qo‘llanishi, hamda biologik-
tibbiy tadqiqotlar o‘tkazish tartibi "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash
to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasining qonunining 34-
moddasida belgilab qo‘yilgan.
Jumladan sog‘liqni saqlash amaliyotida faqat qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda qo‘llanishga ruxsat etilgan profilaktika, tashxis
qo‘yish, davolash usullaridan tibbiyot texnologiyalari, dori - darmonlar,
immunobiologik preparatlar va dezinfeksiya vositalaridan foydalaniladi.
33
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tashxis
qo‘yish, davolash usullari va dori-darmonlarni, immunobiologik
preparatlar va dezinfeksiya vositalarini, shu jumladan, chet elda
foydalaniladiganlarini qo‘llanish tartibi, O’zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi deb qayd etilgan.
Shunday qilib, tibbiyot ilm-fani, tibbiyot amaliyoti bilan chambarchas
bog‘lik. Albatta tibbiyotda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda va uni
amaliyotga tadbiq etishda yuqorida keltirilgan qonun qoidalarga amal
qilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |