B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik


Akusher-ginekologik yordamni tashkil etish



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/143
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#681445
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI (1)

Akusher-ginekologik yordamni tashkil etish. 
Ayollarga akusherlik-ginekologik yordam maxsus ambulatoriya va 
statsionar tipidagi muassasalarda, ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan 
shifoxonalar bo‘limlari va poliklinikalarda koʼrsatiladi. 
Ayollarga akusher-ginekologik yordam koʼrsatadigan ambulatoriya 
tipidagi asosiy muassasalarga ayollar konsultatsiyasi (u tug‘ruq 
kompleksi, poliklinika, tibbiy sanitariya qismlari tarkibida yoki mustaqil 
faoliyat koʼrsatishi mumkin), akusher-ginekologiya ilmiy tadqiqot 
institutining konsultativ-diagnostika poliklinikasi kiradi. qishloq 
joylarida esa ushbu yordam turi qishloq vrachlik punktlari, tuman 
markaziy shifoxonasi, akusherlik kompleksi va viloyat shifoxonalari 
tomonidan kursatiladi.
Akusher-ginekologik kompleksida ishni tashkil etish yagona 
printsip asosida olib boriladi. Xizmat ko‘rsatuvchi kontingentga 
qo‘yilgan vazifalarga, jihozlanganlikga, perinatal yordamni ko‘rsatish 
ko‘lamiga va tug‘ruq komplekslari (bo‘limlari) ning kadrlar 
potentsialiga binoan quyidagi strukturada bo‘ladi: 
1.
Homiladorlik patologiyasi bo‘limi 
2.
Tug‘ruq zallari 
3.
Tug‘ruqdan keyingi bo‘lim 
4.
Operatsion blok 
5.
Homiladorlar, tug‘uvchi va tug‘ruqdan keyingi ayollar uchun 
reanimatsiya bo‘limi 
6.
Ginekologiya bo‘limi
7.
Konsultativ poliklinika 
Akusherlik - ginekologik statsionar yordamini muassasalar 
darajasida ko‘rsatish: 
1 daraja - umumiy soha - homiladorlik fiziologik kechuvchi (perinatal 
xavf va onalar o‘limi xavfi past bo‘lgan) homilador, tug‘ruqda va 
tug‘ruqdan keyingi ayollarga malakali akusherlik - ginekologik 
statsionar yordamini, hamda shoshilinch holatlarda tuman darajasida 
tibbiy yordamni ko‘rsatadi.
2 daraja - ixtisoslashtirilgan soha - ekstragenital kasalliklari bor, 
perinatal xavf, hozirgi yoki oldingi homiladorlikda asoratlari bo‘lgan 


199 
homilador, tug‘ruqda va tug‘ruqdan keyin ayollarga malakali 
ixtisoslashtirilgan akusherlik - ginekologik yordamini tuman va viloyat 
darajasida ko‘rsatadi. O‘zining tarkibida maslahat poliklinikalari tutishi 
mumkin. 
3 daraja - ixtisoslashtirilgan soha - yuqori darajali xavfi bo‘lgan 
homiladorlar, tug‘ruqda va tug‘ruqdan keyin ayollarga ko‘p tarmoqli 
ixtisoslashtirilgan perinatal yordamini respublika darajasida ko‘rsatadi. 
Mazkur 
darajadagi 
muassasa 
tibbiyot 
instituti 
kafedralarining 
ixtisoslashgan bo‘limlari va maslahat poliklinikasi hisoblanadi. III 
darajadagi akusherlik - ginekologik statsionarlarda tor mutaxassislikdagi 
bo‘limlarni joylashtirish mumkin (reproduktologiya, bepushtlik 
muammolari va boshqa bo‘limlar). 
Mijozlarni tug‘ruq kompleksi (bo‘limlari)ga yuborish va 
joylashtirish (gospitalizatsiya) tartibi.
I darajada (tuman daraja)gi tug‘ruq komplekslari (bo‘limlari)ga 
homiladorligi fiziologik kechayotgan ayollar va tug‘uvchi ayollar FAP, 
QVP, ayollar maslahatxonalari akusherlari hamda shifokorlari 
tomonidan yuboriladi. 
II darajada (shahar va viloyat darajasida)gi tug‘ruq komplekslari 
(bo‘limlari) ga ekstragenital kasalliklari bor, perinatal xavf, hozirgi yoki 
oldingi homiladorlikda asoratlari bo‘lgan homiladorlar va tug‘uvchi 
ayollar maslahat poliklinikasi, ayollar maslahatxonasi shifokorlari, tor 
yo‘nalishdagi mutaxassislar (kardiolog, nefrolog, endokrinolog, 
nevrapatolog va boshqalar) hamda I darajadagi statsionar shifokorlari 
tomonidan yuboriladi.
III darajadagi (respublika) ixtisoslashtirilgan tug‘ruq komplekslari 
(bo‘limlari) ga dekompensatsiya davridagi og‘ir ekstragenital 
patologiya, perinatal patologiya, og‘irlashgan akusherlik anamnezi 
bo‘lgan, homiladorligi asoratli kechayotgan ayollar II darajadagi 
statsionar, maslahat poliklinikasidagi shifokorlar hamda viloyat 
sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan yuboriladi. 
Tug‘ruqdan oldin statsionar davoga muhtoj bo‘lgan homiladorlar ham 
yotqaziladi. 
Homiladorlarni akusherlik statsionarining turli bo‘limlariga 
gospitalizatsiya qilish masalalari qabul bo‘limi shifokori tomonidan, 
tungi paytda esa - ma’sul navbatchi shifokor tomonidan hal qilinadi. 

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish