B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov


Ozuqabop ekinlarda ilmiy tadqiqotlarni



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/154
Sana01.06.2022
Hajmi5,47 Mb.
#624367
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154
Bog'liq
2.O\'SIMLIKDA ILMIY TAD ISHLARI

Ozuqabop ekinlarda ilmiy tadqiqotlarni 
 rejalashtirish 
 
CHorvachilikni rivojlantirish eng avvalo mustaxkam ozuka bazasini 
yaratishga bog‗liq. Inson o‗zuning kundalik ozuka ratsionida oqsil, 
uglevodlar va mminerallarga bo‗lgan ehtiyojining kariyb 50% ni chorva 
maxsulotlari hisobiga qondiradi. SHu tufayli chorvachilikni rivojlantirish 
bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. CHorvachilikni 
rivojlantirish va mustaxkam ozuka bazasini yaratish uchun ozuka turlari va 
ozukabop ekinlar klassifikatsiyasini mukammal bilishimiz lozim.
Ozukalar o‗z xususiyatlariga ko‗ra: dag‗al ozukalar , shirali ozukalar , 
konsentrat ozukalar , mineral va vitaminlarga bo‗linadi. Ozukalar ichida 
nisbatan keng tarqalgani dag‗al ozukalar hisoblanadi. Dag‗al ozukalar 
tarkibida 10-40% gacha namlik, 60-90% gacha kuruq massa bo‗ladi. Bu 
ozukalarga pichan , somon , paxol va boshqa turdagi kuritilgan o‗tlar 
kiradi. Dag‗al ozukalarning ozuka birligi 0.1-0.5 gacha bo‗lishi mumkin. 


132 
Ozukalar ichida shirali ozukalar ham muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bu 
ozukalar sershiraligi, vitaminlarga boyligi va yiyiluvchanligining 
yuqoriligi bilan ajralib turadi. SHirali ozukalarga ildizmevalar, 
tuganakmevalar, silos va boshqa turdagi sershira ozukalar kiradi. SHirali 
ozukalar to‗yimliligi nisbatan past 0.1-0.4 bo‗lsada o‗z ahamiyati va o‗ziga 
xosligi bilan ajralib turadi va uning o‗rnini xech kaysi ozukalar to‗ldira 
olmaydi. SHirali ozukalar tarkibida 60-90% gacha namlik va 10-40% 
gacha namlik mavjud bo‗ladi. SHirali ozukalar chorva xayvonlari 
ishtaxasini ochadi, modda almashinuvini yaxshilaydi, sog‗in sigirlar sutini 
oshiradi.
CHorva xayvonlar maxsuldorligini oshirishda shuningdek konsentrat 
ozukalar muhim o‗rin tutadi. Konsentrat ozukalar maxalliy tilda em deb 
ataladi. Bu ozukalar tarkibida 10-14 % namlik 86-90% kuruk modda 
mavjud. Konsentrat ozukalar to‗yimliligi bilan ajralib turadi . Bu 
ozukalarning ozuka birligi 0.7 va undan yuqori bo‗ladi.Masalan sulining 
ozuka birligi 1.0 ga teng bo‗lsa, bug‗doy donining ozuka birligi 1.12 , 
makkajo‗xori donining ozuka birligi esa 1.34 ga teng.
CHorvachilikda chorva xayvonlarining sog‗lom o‗sib rivojlanishida 
shuningdek minerallar va vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Minerallar va 
vitaminlar xayvonlar tomonidan nisbatan kam miqdorda iste‘mol qilinsada 
ularning 
salomat-ligida 
g‗oyat zarur hisoblanadi. Mineral va 
vitaminlarning etishmasligi xayvonlarda turli kasalliklarni keltirib 
chiqaradi.Minerallardan chorva xayvonlari uchun eng ko‗p osh tuzi 
ishlatiladi. Osh tuzi xayvonlar ishtaxasini ochadi , modda almashinish 
jarayonini yaxshilaydi. CHorva xayvonlari uchun nisbatan ko‗proq S, A 
va V vitaminlari va shu vitaminlarga boy ozukalar ahamiyatli hisoblanadi. 
Ozukabop o‗simliklar ham o‗z xususiyatlariga ko‗ra to‗rtta guruhga 
bo‗linadi, bular:
-g‗allasimon ozukabop o‗simliklar ; 
-dukkakli ozukabop o‗simliklar ; 
-xilollar ; 
-har xil o‗tlar.
Ozukabop o‗simliklar ichida nisbatan keng tarqalgani va ahamiyatligi 
g‗allasimon o‗tlar hisoblanadi. G‗allasimon o‗simliklar jadal o‗sib 
rivojlanishi, serhosilligi, to‗yimliligi . uglevodlarga va kraxmalga boyligi 
bilan ajralim turadi. Bu o‗simliklar vegetatsiya davrining davomiyligi va 
biologik xususiyatlariga ko‗ra bir yillik va ko‗p yillik g‗allasimon o‗tlarga 


133 
bo‗linadi. Jami foydalaniladigan ozukabop o‗simliklarning kariyb 50% dan 
ortig‗i g‗allasimon o‗tlarga to‗g‗ri keladi. 
Ozukabop o‗simliklar ichida keyingi o‗rinni dukkakli o‗simliklar 
tashkil etadi. Dukkaklilar ozukabop o‗simliklarning kariyb 30% ga 
yaqinini tashkil etadi.Dukkakli o‗tlar ham boshqa o‗simliklar singari 1 
yillik va ko‗p yillik g‗allasimon o‗simliklarga ajratiladi. Bir yillik 
g‗allasimon o‗simliklarga bir yillik dukkakli don ekinlari: soya , loviya, 
ko‗k no‗xot va boshqalar, ko‗p yillik dukkakli o‗tlarga esa: beda, sebarga, 
esparset singari dukkakli o‗tlar kiradi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish