Hayratomuz dalillar
- Dengiz yulduzi oshqozonini tashqariga chiqarishi mumkin.
- Eng uzoq vaqt suvsiz yura oladigan jonzot - kalamush.
- Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.
- Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi. - Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.
- Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin xolos.
- Nil daryosidagi timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok bo'ladi.
- Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo'ladi.
- Sherlar galasida o'ljaning 90%ini urg'ochi sherlar topib keladi.
- Yalqov (hayvon) umrining 75%ini uyquda o'tkazadi.
- Kolibri (qush) yura olmaydi
- Avstraliyaga kelgan yevropaliklar mahalliy qabilalardan "Mana bu sakrab-sakrab yuruvchi g'alati hayvon nima?" deb so'rashgan, ular esa "Kenguru" deya javob berishgan. Bu so'z "Tushunmaymiz", degan ma'noni anglatadi.
- O'txo'r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo'li: yirtqichlarda ko'zlar o'z qurbonini ko'rish uchun yuzning old tomonida joylashgan bo'ladi, o'txo'rlarda esa yuzining ikki chetida - o'z dushmanlarini ko'rish uchun.
- Ko'rshapalak - ucha oladigan yagona sut emizuvchi jonzot
- Yerda yashagan barcha xayvonlarning 99%i qirilib ketgan.
- Asalari 1 kilogramm asal yig'ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo'nishi kerak
- Seks bilan lazzatlanish maqsadida shug'ullanadigan ikkita jonzot bor - odam va delfin. Qolgan jonzotlar bu ishni faqat nasl qoldirish uchun qiladi.
- So'nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.
- Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.
- Shimpanzelar o'zini ko'zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
- Afrikadagi ba'zi qabilalarning tilida "orangutang" so'zi "junglidan kelgan odam" ma'nosini beradi.
- Odam va fillar - boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.
- Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho'ng'ish uchun og'ir toshlarni yutib yuboradi.
- Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi
- Dastlab Avtstraliyaning 50 tsentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan
- Angliya kutubxonalarida eng ko'p o'g'irlanadigan kitob - "Ginnesning rekordlari kitobi". Bu dalil rekordlar kitobiga kirgan.
- Monako milliy orkestri bu davlatning armiyasidan kattaroq.
- Saxroi Kabirda bir martagina - 1978 yilning 18 fevralida qor yoqqan
- 1983 yil davomida birorta ham odam tug'ilmagan davlat - Vatikan
- Nil daryosi ikki marta - IX va XI asrlarda muzlagan.
- Sharqning qadimiy davlatlarida qitiqlash qonun bilan taqiqlab qo'yilgan
- Las-Vegasning kazinolarida hech qaerga soat qo'yilmaydi
- Eskimoslar tilida "qor" so'zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so'z bor
- Italiyada "Barbi" qo'g'irchoqlari Kanadadagi tub kanadaliklar sonidan ko'proq
- Frantsiya qonunlariga ko'ra, insoniy yuzga ega bo'lmagan (masalan, o'zga sayyoralik ko'rinishida) qo'g'irchoqlarni sotish taqiqlanadi
- Kanada so'nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo'r mamlakat deb e'lon qilindi
- Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo'lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.
- Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to'rt tarafga harakatlana oladi.
- Statistikaga ko'ra, uylangan erkaklar 8 yil ko'proq umr ko'radi, turmushga chiqqan ayollar esa 8 yil kamroq.
- Erkaklarning miyasi 30 yoshdan so'ng quriy boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30%i qurib qoladi. Ayollar organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.
- Urg'ochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni o'rgatishda ko'rgazmali qurol sifatida foydalanadi.
- Urg'ochi fillar yangi tug'ilgan "chaqaloq"ni 2 yil ko'tarib yuradi, keyin esa yana 2 yil o'z suti bilan boqadi.
- Jirafa tug'ilgan zahoti hayotdan oladigan ilk taassuroti - 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.
- Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.
- Tinch okeanidagi Mariana botig'iga Everest cho'qqisi bemalol "sig'adi".
- Aleksandr Bell tomonidan 1876 yilda ixtiro qilingan birinchi telefonning qo'ng'irog'i bo'lmagan. Chaqiruv trubka orqali hushtak chalish orqali amalga oshirilgan.
- Bridj - karta bilan o'ynaladigan yagona olimpiya sport turidir.
- Mashhur amerikalik fizioximik Lyuis Gilbert Nyuton 30 martadan ziyod Nobel mukofoti sovrindorligiga nomzod bo'lgan, ammo biror marta ham bu mukofotni ololmagan.
- Gruziya Respublikasi tarkibidagi Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha "apsni" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'zbek tilida bu so'z "qalb o'lkasi" degan ma'noni bildiradi.
- Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan akatsiyalar o'lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda o'sadi. 20 mingdan ziyod o'simlik turiga ega bo'lgan Avstraliyaning "yashil qit'a" deb nomlanishini esa ko'pchilik bilsa kerak.
- Ukraina hudud jihatidan Yevropada eng yirik davlatdir. Uning maydoni -603700 km2.
- Mongoliya davlatining hududi - 1566000km2. Qizig'i shundaki, bu hududning 80% ini o'tloq va yaylovlar egallagan.
- Bugungi kunda jahonda eng ko'p ishlatiladigan so'zlardan biri bo'lgan avia so'ziga "qush" degan ma'noni anglatadigan lotincha "avis" so'zi asos bo'lgan.
- Qadimgi Makedoniya davlatida ellinizm bo'lganmi-yo'qmi, degan masala dunyo tarixchilari orasida hamon davom etmoqda.
- Yerning ilk sun'iy yo'ldoshini koinotga olib chiqqan "Sputnik" tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi 8K71(R-7) quroli sifatida yaratilgan edi.
- Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o'rtalaridan boshlangan bo'lishiga qaramasdan, shprits Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya'ni ikki asr keyin ixtiro qilingan.
- Tender - ichida suv va yonilg'i saqlanadigan va paravozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilg'i parovozning o'zida saqlansa, u "tank-parovoz" deb ataladi.
- SSSR va Finlyandiya o'rtasida 1941-1944 yillarda bo'lib o'tgan urushni fin tarixchilari "Davomli urush" deb atashgan.
- Amerikalik buyuk fizik-kimyogar Lyuis Gilbert Nyuton o'ttiz martadan ko'proq Nobel mukofotiga tavsiya etilgan, ammo biror marta ham sovrindor bo'lmagan.
- Dunyodagi eng uzun osma ko'prik bo'lmish Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti marta aylantirib chiqish mumkin.
- Yaqinda arxeologlar qadimgi Troya hududidan har biri turlicha davrga xos yettita qishloqni topishdi.
- "Quvnatuvchi gaz" nomini olgan diazot oksidi (N2O) tibbiyotda anasteziyani bosishda tinchlantiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Avtomobilsozlikda esa bu modda ichki yonuv dvigatelining texnik quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.
- Folksvagen-qo'ng'iz avtomodeli Ikkinchi jahon urushi tugaganidan 27 yil keyingina Ford Model T markasining rekordini sindirishga muvaffaq bo'ldi va dunyoda eng ko'p miqdorda sotilgan avtomobilga aylandi.
- Butun dunyo banklaridagi oltin zahiralarini (32 ming tonna) bir joyga to'plsak, bor-yo'g'i 12 metrlik kub hosil bo'ladi, xolos.
- Kamalak yerdan turib qaraganda yoy shaklida ko'rinadi. Samolyotdan esa butun doira bo'lib ham ko'rinishi mumkin.
- Ginnesning rekordlar kitobi ilk bor 1955 yil sotuvga chiqarilgan.
- Pomirning eng yuqori nuqtasi bo'lgan Kommunizm cho'qqisi (7495 metr) 1932 yilga qadar Ismoil Somoniy deb atalgan, 1932 yildan 1962 yilgacha esa uning nomi "Stalin cho'qqisi" bo'lgan.
- "Oltin darvoza" ko'prigi qurilganidan buyon o'tgan oltmish yildan ortiqroq vaqt ichida undan o'zini suvga tashlab mingdan ortiq inson halok bo'ldi. Bu yiliga 17 ta, ya'ni har uch haftada bittadan suiqasd, deganidir.
Dunyoda sonlar bilan bog'liq turli afsonalar yuradi. Ko'pgina xalqlarda esa 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Aslida bu hech narsani hal qilmasa-da va hech qanday ilohiy mantiqqa ega bo'lmasa-da, hayotda shu son bilan bog'liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7 mo'jiza, 7 hazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz... Quyida mashhur yettiliklar bilan tanishasiz.
Dunyoning yetti mo'jizasi
1. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog'lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog'i
***************************************
O'rta asrlarning yetti mo'jizasi
1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yo'llari
3. Buyuk xitoy devori
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stonehenge
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda ibodatxonasi
***************************************
Zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi
Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi deb atadi. Ushbu ro'yxat dunyoning ko'zga ko'ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda binolarning texnik va ijtimoiyu jihatlari hisobga olingan:
1. Channel Tunnel (Angliya va Fransiyani bog'lovchi suv osti kanali)
2. CN Tower (Torontodagi teleminora)
3. Empire State Building (New York shahridagi osmono'par bino)
4. Golden Gate Bridge (San Franciscodagi ko'prik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to'g'on)
6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz muhofazasi)
7. Panama Canal (Panama kanali)
***************************************
Dunyoning yangi yetti mo'jizasi
National Geographicga ko'ra quyidagilar dunyoning yangi yetti mo'jizasidir:
1. Katta piramida (Misr)
2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
3. Piza minorasi (Italiya)
4. Washington maqbarasi (AQSh)
5. Eyfel minorasi (Fransiya)
6. Toj Mahal (Hindiston)
7. Empire State Building binosi (AQSh)
Boshqa manbaga ko'ra esa, quyidagicha:
1. Toj Mahal (Hindiston)
2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
3. Kollizey (Rim)
4. Piza minorasi (Italiya)
5. Eyfel minorasi (Parij)
6. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
7. Chichin Itza piramidasi (Meksika)
Bu ro'yxatlar eski jahon mo'jizalari kabi aniq bo'lmay, hali ham muhokama qilinmoqda. 2004 yili UNESCO tomonidan dunyoning yangi yetti mo'jizasini aniqlash maqsadida internet-so'rov boshlangan bo'lib, u hali ham davom etmoqda. Natijalar 2006 yil 1 yanvarda e'lon qilinadi. Unga quyidagi nomzodlar qo'yilgan:
1. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
2. Akropol (Gretsiya)
3. Panathinaiko stadioni (Gretsiya)
4. Kolizey (Italiya)
5. Dodjey saroyi (Italiya)
6. Piza minorasi (Italiya)
7. Toj Mahal (Hindiston)
8. Potala ibodatxonasi (Tibet)
9. Algambra ibodatxonasi (Ispaniya)
10. Versal saroyi (Ftansiya)
11. Angkor-Vat saroyi (Kombodja)
12. Petr dahmasi (Iordaniya)
13. Kiotodagi qirol saroyi (Yaponiya)
14. Aahan federal sobori (Germaniya)
15. Barselonadagi Muqaddas oila sobori (Ispaniya)
16. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
17. Eski San'a shahri (Yaman)
18. Eyfel minorasi (Fransiya)
19. Ozodlik haykali (AQSh)
20. San-Fransiskodagi "Oltin darvoza" ko'prigi (AQSh)
21. Maya piramidasi (Meksika)
22. Sidney opera teatri binosi (Avstraliya)
23. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
24. Timbuktu shahri (Mali)
25. Empire State Building (New York)
26. Macho-Pichku qal'asi (Peru)
27. Kreml saroyi (Rossiya)
***************************************
O'rta asrlarning unutilgan yetti mo'jizasi
1. Abu Simbel dahmasi
2. Angkor Wat
3. Toj Mahal
4. Saint-Michel tog'i
5. Moai Statusi
6. Parfenon
7. Shwedagon budda ibodatxonasi
***************************************
Dunyoning yetti tabiiy mo'jizasi
1. Everest cho'qqisi
2. Katta Barrier rifi
3. Grand Canyon
4. Viktoria sahrsharasi
5. Rio de Janeiro bo'g'ozi
6. Paricutin vulqoni
7. Shimoliy ko'llar
***************************************
Dunyoning yetti suvosti mo'jizasi
1. Palau
2. Beliz Barrier rifi
3. Galapagos orollari
4. Shimoliy Qizil dengiz
5. Baykal ko'li
6. Katta Barrier rifi
7. Chuqur dengiz ventillari
***************************************
Dunyoning unutilgan yetti mo'jizasi
1. Big Ben soati
2. Eyfel minorasi
3. Gateway ustuni
4. Asvan to'g'oni
5. Guver to'g'oni
6. Mount Rushmore milliy memoriali
7. Petronas minorasi
***************************************
Dunyoning unutilgan yetti tabiiy mo'jizasi
1. Anhel sharsharasi
2. Fundy qo'ltig'i
3. Iguasu sahrsharasi
4. Krakatoa oroli
5. Fuji tog'i
6. Kilimanjaro tog'i
7. Niagara sharsharasi
***************************************
Yetti xazina
1. Sigir - ro'zg'orning qassobi va baqqoli
2. Asalari - oilaning tabibi
3. Ipak qurti - qizlarning sepi
4. Objuvoz - qozonning yog'i
5. Tegirmon - qorinning belbog'i
6. O'rmon - imorat "suyagi", qozon olovi
7. Tovuq - ham obiyovg'on, ham dori-darmon
***************************************
Hafta kunlari
O'zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba
Arabcha: Yavmul-jum'a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmus-salasa, Yavmul-arba'a, Yavmul-hamis
Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe
Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday
Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba, Panjshanba
Ruscha: Пятница, Суббота, Восскресенье, Понедельник, Вторник, Среда, Четверг
Latincha: Dies Solis, Dies Lunae, Dies Martis, Dies Mercurii, Dies Jovis, Dies Veneris, Dies Saturni
Saksoncha: Sunnandaeg, Monandaeg, Tiwesdaeg, Wodnesdaeg, Thunresdaeg, Frigedaeg, Sater–daeg
Nemischa: Sonntag, Montag, Dienstag, Dienstag, Donnerstag, Freitag, Samstag
Fransuzcha: Dimanche, Lundi, Mardi, Mercredi, Jeudi, Vendredi, Samedi
Italiancha: Domenica, Lunedì, Martedì, Mercoledì, Giovedì, Venerdì, Sabato
Ispancha: Domingo, Lunes, Martes, Miércoles, Jueves, Viernes, Sábado
***************************************
Moddalarning yetti ko'rinishi
1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati
***************************************
Yetti musiqa notasi
1. Do
2. Re
3. Mi
4. Fa
5. Sol
6. Lya
7. Si
***************************************
Yetti avlod
1. Farzand
2. Nevara
3. Chevara
4. Evara
5. Pannevara
6. Ovora
7. Begona
***************************************
Yetti iqlim
1. Ekvatorial
2. Subekvatorial
3. Tropik
4. Subtropik
5. Mo'tadil
6. Subarktik
7. Arktik
***************************************
Yetti rang
1. Oq
2. Sariq
3. Qizil
4. Qora
5. Ko'k
6. Yashil
7. Apelsin rang
***************************************
Yetti sayyora
Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o'zaro harakatlariga bog'liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar. Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular:
1. Quyosh - Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g'ayrat ramzi
2. Oy - Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi
3. Mars - Mirrix, Bahrom, Ko'rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy - Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter - Mushtariy, O'ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi
6. Venera - Zuhro, Cho'lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi
7. Saturn - Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi
***************************************
Yetti mukammal fanlar
Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l deya ta'riflaganlar:
1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa
***************************************
Qadimgi greklarning yetti donishmandi
Eramizdan avvalgi 6-7 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va siyosatchilarning eng mashhurlari "yetti donishmandlar"dir:
1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr)
2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr)
3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr)
4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan)
5. Maytilenlik Pittacus (er.av. 650-570)
6. Afinalik Solon
7. Miletlik Fales
***************************************
Yetti dengiz
Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengi o'rab turadi deb hisoblaganlar(okeanlarni ham kiritganlar):
1. Shimoliy Atlantika okeani
2. Janubiy Atlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Arktika okeani
7. Janubiy okean
***************************************
Qadimgi Rimning yetti podshosi
Afsonalarga ko'ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753 yildan 510 yilgacha hukmronlik qilganlar:
1. Romulus
2. Numa Pompilius
3. Tullus Hostilius
4. Ancus Marcius
5. Lucius Tarquinius Priscus
6. Servius Tullius
7. Lucius Tarquinius Superbus
***************************************
Qadimgi yaponlarning yetti xudosi
Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular:
1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi
***************************************
Yetti opa-ukalar
Qaqimgi yunon miflariga ko'ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga ko'ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o'limidan ranjib o'z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba'zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi:
1. Electra
2. Maia
3. Taygete
4. Alcyone
5. Celaeno
6. Sterope
7. Merope
***************************************
Yetti qavat osmon
Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v. yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda quyidagi payg'ambarlar bilan uchrashadilar:
1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom
***************************************
Arshning soyasidagi yetti kimsa
Abu Hurayra r.a. Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat qiladilar: “Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:
1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o'tgan kishini;
3. Yolg'iz holida Allohni eslab ko'z yosh to'kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog'langan kishini;
5. O'ng qo'li bilan bergan sadaqani chap qo'li bilmagan (ya'ni, maxfiy sadaqa qilgan) kishini;
6. Alloh yo'lida do'stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda “Alloh taolodan qo'rqaman”, deb bosh tortgan kishini”.
***************************************
Islomda iymondagi yetti farz
1. Allohga;
2. Allohning farishtalariga;
3. Allohning kitoblariga;
4. Allohning payg‘ambarlariga;
5. Oxirat kuniga;
6. Taqdirga, ya'ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.
***************************************
Injildagi yetti halok qiluvchi gunoh
1. Mag'rurlik
2. Baxillik
3. Ochko'zlik
4. G'azab
5. Yeb-to'ymaslik
6. Hasad
7. Dangasalik
Rossiya dunyoda hududi bo‘yicha eng yirik mamlakat hisoblanadi. Maydoni: 17,1 mln. km.kv. Bu esa uning yana bir yirik mamlakat — Braziliyadan (maydoni 8.511.970 km.kv.) 2 baravar, Turkiyadan (Turkiya maydoni 814578 km.kv) 20 baravar katta deganidir.
* Chili esa dunyoning eng «uzun» mamlakatlaridan biridir. Bu mamlakat hududi shimoldan janub tomon 5000 km.ga cho‘zilgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Rossiya (G‘arbdan sharqqa tomon 10000 km) va Kanada (janubi g‘arbdan shimoli sharq tomon 9000 km)dan keyin 3-o‘rinda turadi.
* Paragvay — Amerika qit’asidagi hududi okeanga tutash bo‘lmagan yagona mamlakat.
* Hindistondagi Chennay shahri 1996 yilgacha Madras, Rossiyadagi Tolyatti shahri 1964 yilgacha Stavropol, Turkmanistondagi Turkmanobod shahri 1927-1993 yillarda Chorjo‘y, Vetnamdagi Xoshimin shahri esa 1976 yilgacha Saygon nomi bilan atalgan
* Yer yuzi aholisining 25 foizi biror marta ham telefondan foydalanmagan.
* Monologiya - bu ahmoqlikni o'rganadigan fandir
* Kishi umri davomida ajratadigan so'lak bilan ikkita basseynni to'ldirsa bo'ladi.
* Jigarimiz har soatda 100 litrdan ortiq qonni tozalaydi.
Ayollar chet tillarini erkaklarga nisbatan tezroq o'rganisharkan.
* Eng tez gapiradigan millat fransuzlardir (minutiga 350 ta so'z).
* Gidrofobiya - bu suvdan qo'rqish kasalligidir.
* Odam hayoti davomida tasodifan 70 taga yaqin hashoratni eb qo'yadi
* Koala ayig'i bir kunda 22 soat uxlaydi.
* Dunyoda eng ko'p tarqalgan ism - Muhammad
* Inson oltmish yil toxtamasdan sanasa, uch millyardgacha sanay oladi. Agar yer yuzining butun aholisini bir umr tinmasdan sanasa, ignabandning boshchasidagi atomlarning soninigina sanay olishi mumkin ekan.
* Buyuk olimlaridan andalusiyalik Ibn Rushd umri davomida faqat ikki kechada kitob o'qimagan ekan. Biri uylangan kuni, ikkinchisi, otasi vafot etgan kecha ekan
* Dunyoda va Islom me'morchiligida ilk minora hijriy 85 yilda Shom(Suriya)dagi Ummaviylar masjidi ustida bunyod etilgan. Bu minora halifa Volid farmoniga binoan bunyod etilgan.
* Ka'ba bunyod etilgandan beri tabiiy ofatlar natijasida ko'p marta vayron bo'lgan va qayta tiklangan. Poydevorlariga qadar bo'lgan eng so'nggi va jiddiy ta'mir hijriy 1972-yil Hajjoj ibn Yusuf tomonidan amalga oshirilgan. Ka'baning hozirgi binosi Hajjoj insho ettirgan o'sha binodir.
* Rossiyada 1 million 200 ming katayu kichik amaldorlar bor. Shundan davlat ijro hokimiyati bo‘g‘inlarida 1 million, sud va prokuratura idoralarida 160 ming kishi, qonunchilik sohasida esa 23 ming kishi ishlaydi. Faqat Moskva shahrining o‘zida hokimiyat organlarida 38 ming kishi faoliyat ko‘rsatadi.
* Choy bundan 2000 yil muqaddam Xitoyda paydo bo‘lgan. U haqidagi birinchi kitobni milodning 780 yilida mash¬hur Xitoy adibi Lu Yuy yozgan. «Chatszin» deb nomlangan bu asarda choy yetishtirish, tayyorlash va iste’mol qilish usullari haqida hikoya qilinadi. O‘zbekcha «choy» so‘zi ham xitoycha «cha» so‘zidan kelib chiqqan. Darvoqe, choy tayyorlashni alohida marosimga aylantirib yuborgan yaponlar uning «qora»sini «kocha», «ko‘k»ini esa «ocha» deb atashadi.
Botaniklarning xulosasiga ko‘ra, Yer yuzida ob-havoni oldindan aytib beradigan o‘simliklarning 400 ga yaqin turi mavjud.
* Uchqat degan o‘simlik guli yomg‘ir oldidan kuchli, yoqimli hid tarqatadi, qurg‘oqchilik oldidan esa hidini butunlay yo‘qotadi.
Yomg‘ir oldidan akatsiyaning sariq gulida urug‘chalar chetga surilib, o‘rtada “asal” tomchisi paydo bo‘ladi. Asal hidi arilarni o‘ziga jalb etadi. Arilar g‘ujg‘oni esa yog‘ingarchilikdan darak beradi.
* Shved botanigi Karl Linney gullarning turli vaqtlarda ochilishidan foydalanib, botanik gul soat tuzgan.
* Quyosh shu’lasi “yalt” etib chiqishi bilan sachratqi o‘t toj barglarini yozib, quyosh botishi oldidan gullarini yumadi.
* Quyosh nuri yo‘qolishi bilan binafsha gullarini yumib, pastga qarab osilib turadi.
Yer yuzidagi eng birinchi oliy o‘quv muassasasi miloddan avvalgi 176 yili Afinada ochilgan. Unda sakkizta falsafa, ikkita huquq kafedrasi bor edi. «Universitet» atamasi esa V asrga kelibgina paydo bo‘lgan. Vizantiya imperatori Feodosiy 425 yili Konstantinopolda ochilgan oliy maktabni shunday nomlagan. Yevropa mamlakatlaridagi universitetlar Oksfordda — 1168, Parijda — 1200, Kembrijda — 1209, Lissabonda — 1290, Pragada — 1348, Krakovda — 1364, Venada — 1365 yili tashkil topgan.
* Ko‘zoynakdan kishilar qadim zamonlarda ham foydalanganlar. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘zoynak birinchi marta Xitoyda yaratilgan. So‘ngra Misr, Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlarida ham kishilar katta qilib ko‘rsatuvchi shishalardan foydalanishgan. XVI—XVII asrlarga kelib ko‘zoynak ko‘p mamlakatlarga tarqaldi. Bu vaqtga kelib aniq fanlar — matematika, fizika, mexanikaning tez rivojlanishi tufayli ko‘zoynak ishlab chiqarish ham taraqqiy etdi. Shu bois, ko‘zoynaklar ommaviy tarzda urf bo‘ldi.
* X-XI asrlarga kelib G‘arb tezlik bilan Sharq olimlarining fandagi yutuqlarini o‘rganishni boshlagani tarixdan ma’lum. Albatta, bunda tarjimonlar mahorati ham ko‘p narsani hal qilardi. Shunday tarjimonlarning ozmi-ko‘pmi «mahorati» o‘laroq, mohiyat qay darajada o‘zgarganligi ma’lum bo‘lmasa-da, ammo mualliflarning ismlari yaxshigina o‘zgargan. Masalan, Muso-al Xorazmiy nomini «Algorazmi», «Algorifm», «Algoritm» kabi o‘ndan ortiq nomda tarjima qilishgan bo‘lsa, kitobi tarjima qilinganida muallifining nomi tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketgan hollar undan ham ko‘p. Misol uchun, Abu Bakr Ar-Roziy — Babakar Razes, Az-Zar¬qaliy — Arxazil, An-Nasaviy — Nasuenskiy, Abu Bashar Al-Balxiy — Albumasr, Ibn Boja — Avempas kabi.
* Frantsiyada iste’dodli bolalarni saralab olish va ularga alohida e’tibor berish siyosatiga norozilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Buning ustiga Frantsiya olim va pedagoglari bunday siyosat, birinchidan, turli guruhdagi yoshlarning tabaqalashuvi, ijtimoiy psixologik muhitning beqarorlashuviga va oxir-oqibatda ijtimoiy nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishini, ikkinchidan esa, jamiyatda sun’iy ravishda ajratib qo‘yilgan iste’dodli yoshlar orasida takabburlik, ya’ni boshqalarga nisbatan bepisandlik alomatlarining paydo bo‘lishi, insoniy fazilatlar tanazzuliga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydilar. * Mashhur qo‘shiqchi Nik Keyv dumcha (?!.) bilan tug‘ilgan.
* Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida.
* Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan.
* Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o‘ynagan.
* Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o‘ldirgan. Shundan so‘ng u jonvorlarni multfilmlarda «tiriltirish»ga kirishgan.
* Bir kuni Betxoven «sayoqligi uchun» qamoqqa olingan.
* Oyga qadam qo‘ygan astronavtlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — inglizcha Oy ma’nosini beradi.
* Eynshteyn jon berayotganida uning so‘nggi so‘zlari ham o‘zi bilan birga ketgan — yonida o‘tirgan ayol nemischaga tushunmagan.
* Yuliy Sezar sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan.
* Jorj Vashington tomorqasida marixuana yetishtirgan.
* Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — ular gung bo‘lishgan.
* Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo‘rqish dardiga duchor bo‘lgan.
* Yevropaning eng baland nuqtasi Kavkaz tog‘larida (Rossiya) joylashgan — 5642m. Shimoliy Amerikada eng baland joy esa Mak-Kinli (AQSh) tog‘idadir —6199m. Argentinadagi Akonkagua tog‘ining eng yuqori cho‘qqisi yerdan 6959m balandda. Osiyoning eng yuqori nuqtasi esa hammaga ma’lum. Bu —Nepaldagi Jomalungma cho‘qqisidir (Himolay tog‘i) —8848m. Everest deb ham ataladigan bu cho‘qqi butun dunyoda ham eng baland hisoblanadi. Shuningdek, Osiyodagi Jomalxari (eng yuqori cho‘qqisi 7314 m, Butan), Novshak (eng do‘ng joyi 7475m Afg‘oniston), Pomir (eng baland nuqtasi 7498m, Tojikiston) tog‘lari ham dunyo bo‘yicha eng «ulug‘» tog‘lar ekanligi aniqlangan.
* Ma’lumki, «Ginnesning rekordlar kitobi»dan eng ajabtovur jahon rekordlari o‘rin oladi. 1955 yildan boshlab har yili chop etiladigan bu kitobning bugungacha 100 millionga yaqin nusxasi sotilgan. Har yili 40 ming kishi «Rekordlar kitobi»ga kirishga harakat qiladi, ammo ulardan 5600 nafarigagina bu nasib etadi. 276 betlik 2006 yilgi nashr 276 betdan iborat bo‘lib, undan mingdan oshiq yangi rekordlar o‘rin olgan.
* U asosiy maqsad emas, u yangi kunga tayyorgarlik vositasi bo‘lishi darkor, deya ish tutgan Napoleon va Edison bor-yo‘g‘i 4-5 soatgina uxlashni odat qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘z ishiga katta qiziqish bilan yondashganligi bois, uncha-muncha toliqishni sezmaganlar. Biroq Enshteynda, u fizikani har qancha sevishiga qaramay, mutlaqo buning aksi kuzatilgan. Buyuk olim hamisha 10 soatdan ko‘p uxlagan. Hatto yaqin do‘stlari hazillashib, uni «uyquchi» deb ham atashgan. Vaholanki, Enshteyn davrida 10 soatdan ko‘p uxlashni odat qilgan «uyquchi»lar soni umumiy aholining 4 foizinigina tashkil etgan.
* MDU (Rossiya)-dunyodagi eng katta universitet bo`lib 40 000 ta xonadan iborat.
Mug`iliston okean va dengiz bilan tutashmagan yagona yirik davlat (2.2 mln km.kv)
Bangladesh aholi soni bo`yicha dunyoda 5-o`rinda (110 mln), maydoni jixatdan 87-o`rinda (165 000 km.kv) turadi.
* Maykl Blumbergni 2001 yilda Nyu-York meri etib tayinlash uchun 744757 kishi ovoz berdi. Mazkur saylov kampaniyasi 62 million dollarga tushdi. Bu har bir ovoz uchun 92 dollaru 60 tsent sarflandi deganidir.
* Jahondagi eng qimmat sigaret esa Treasurer rusumiga tegishlidir. Uning bir pachkasi 24 yevro turadi va maxsus do‘konlarda sotiladi.
* Narxi eng osmon mehmonxona Dubaydagi Burj Al Agovdir. Uning oddiy nomerida tunash uchun 770 yevro to‘laysiz. Oliymaqom mehmonlar uchun mo‘ljallangani esa 7700 yevroga tushadi.
* Ko‘ylagi haqiqiy brilliantlar bilan bezatilgan Barbi qo‘g‘irchog‘i kimoshdi savdolaridan birida 100 ming yevroga sotilgan.
* Amerikalik 50 yoshli Natali Savanarello hamma odamlarga o‘xshab spagettini og‘iz bilan emas, burun bilan yeyishni xush ko‘radi. U bu g‘alati usulni bir qancha yil oldin bolalarga bahs qilib, o‘rganib olgan edi. Endi esa har qanday makaronli taomlarni burni bilan bemalol «eya» oladi. Natalining aytishiga qaraganda, makaron burnini qitiqlab, tomog‘iga o‘tarkan. Xuddi ana shunisi unga zavq bag‘ishlar ekan.
Doktorlarning xulosasiga ko‘ra, bunday noyob qobiliyat kamdan-kam kishilarga nasib etarkan. Chunki shu ishni qilmoqchi bo‘lgan boshqa bir odam bo‘g‘ilib nafas ololmay halok bo‘lishi mumkin.
* Pokistonlik 33 yoshli Xomisa ham burni orqasidan «kun kechirayapti» desak yanglishmaymiz. U har kuni kelayotgan sayyohlar oldida o‘zining «shoh hunari»ni namoyish qiladi, ya’ni ingichka ilonni burnidan tiqib, og‘zidan chiqarib oladi. Bunga jami bo‘lib 20 lahza vaqt ketadi. Bu ishi uchun u har kuni 30 dollar ishlaydi.
Alloh taolo ana shunaqangi burundan ato etsa millioner bo‘lib ketish hech gap emas.
* Yarim kechada katta yo‘lda yo‘rg‘alab ketayotgan tipratikanni katta tezlikda kelayotgan mashina to‘satdan bosib ketdi. Ammo haydovchi mashinadan tushib qarasa kirpivoy hali tirik ekan. Uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizdi. Axir, Angliyada bemor tipratikanlar davolanadigan 200 o‘rinli shifoxona bor-da!
* AQShning Texas shtatida ilonxo‘r qushlar ancha tadbirkor ekanlar. Uyalari iflos bo‘lganini sezib qolishsa, yegani olib kelgan ilonlarni uyalariga qo‘yib yuborishar ekan. Ilon jahl bilan uyadagi barcha chiqindilarni yamlamay yutishga tusharkan. Qarabsizki, uya yog‘ tushsa yalaguday top-toza bo‘lib qoladi.
Hindistonlik 70 yoshli Gauri Banerji ismli odam 25 yildan beri ko‘rmas edi. Bir kuni eshik kesakisiga boshini qattiq urib olgach, u ko‘ra boshladi. Ammo, buni qarangki, kuchli zarb natijasida bechora kar bo‘lib qoldi. Lekin, bundan ruhini tushirmagan janob Banerji garanglik ko‘zi ojizlikdan ko‘ra afzalroqdir, dedi. Chumchuq bo‘ynidagi umurtqalar soni jirafanikidan ikki baravar ko‘p ekan.
O‘rdak va g‘ozlar 110 darajagacha sovuqqa bardosh bera oladilar.
Yumronqoziq bir daqiqa ichida uya qazib yashirina oladi. Bir kunda esa 68 metr uzunlikdagi tunnel ocha oladi.
Ibtidoiy to‘da davrining so‘nggi bosqichi arxeologiya fani davriy tizimida Muste zamoni deb yuritiladi. Bu davrda yashagan ajdodlar esa ibtidoiy odam shajarasida neandertal odami nomi bilan fanga kirgan. Neandertal odami to‘dalari yashagan davr miloddan avv
algi 150-40 ming yilliklar orasi bilan belgilangan. Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joylarda uchratilgan.
Hammamizga ma’lumki, qushlar, ayrim hayvonlar, turli daraxtlarga chiqib yurishni xush ko‘radi. Biroq Hindistonda o‘sadigan bir daraxtga na qush qo‘nadi, na bir jonzot o‘rmalaydi, odamlar ham undan xavfsirab, o‘zini ehtiyot qiladi. Sababi, mazkur daraxt tanasiga tegilganda, kishini esankiratadigan darajada tok uradi. Shuningdek, u kompas millariga 15-20 metr naridan ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Daraxtda hosil bo‘ladigan elektr kuchlanishi har doim ham bir xil bo‘lavermaydi, kunning qoq peshin paytida uning kuchlanishi yuqori darajaga ko‘tarilsa, yarim tunda nisbatan pasayadi. Noyob daraxtning ana shu xislatlari sabab, ko‘pchilik undan o‘zini olib qochadi.
G‘aroyib xislatli o‘simliklar borasida so‘z ketar ekan, balsa daraxtining mo‘’jizalarini ta’riflamasak bo‘lmaydi. Bu daraxtning yog‘ochi o‘ta yengilligi bilan kishini hayratga soladi. Quloch sig‘mas daraxt xodalarini bir kishi hech qiynalmasdan yelkasida ko‘tarib yurishi mumkin. Balsaning ensiz taxtasi shamolda bir varaq qog‘ozdek yengil parvoz qilishi har qanday odamni ajablantirmasdan qo‘ymaydi. Balsa suv sathida po‘kakdek qalqiydi: daraxtdan yasalgan solda olti kishi, yuk-anjomi bilan bemalol suzib yura olishi mumkin.
Yava orolida “Qirol navro‘zguli” deb ataladigan o‘simlik o‘sadi. U dorivor sifatida qadrlanmasa-da, g‘aroyib xislatlari sabab e’zozlanadi. Qirol navro‘zguli so‘nib turgan vulqon etagida maskan qurib, faqat vulqon otilishidan sal oldin gullaydi va mahalliy aholini bo‘lajak talofatdan ogoh qiladi
Tropik mintaqalarda o‘sadigan serviqor daraxtlar orasida “Seyba” daraxti o‘zining mo‘jizakor ko‘rinishi bilan kishilarni hayratga soladi. Daraxtning bo‘yi 45 quloch atrofida, tanasining gardishi 10 quloch keladi. Bu ulkan daraxtning gullari juda bejirim, nuqrarangdir. Qizig‘i shundaki, daraxt gullaganda barglari to‘kilgan bo‘lib, gohida mevalari o‘simlik barg yozgunicha qiyomiga yetib pishadi. Odamni taajjubga soladigan narsa, bir tupdagi shoxlarda birdaniga barglar to‘kilmasligi va gullamasligi ham mumkin. Ba’zida daraxtning bir tarafi qiyg‘os gullagan bo‘lsa, boshqa tarafi barglar bilan qoplanganligini ko‘rasiz. O‘simlik mevasi ko‘sak, kattagina piyola gardishidek keladi. Uning orasida shoyi, momiq paxta ko‘rinishida mayda urug‘lik mahsulot bor. Odamlar “Seyba” shoyisidan huzurbaxsh, bolish tayyorlashadi.
Bir film ustida 240 xil kasb-kor egasi mehnat qilar ekan.
Zambiyada aksariyat qizlar cherkovga kuyov ilinjida qatnashadi.
Lev Tolstoy 13, Charli Chaplin esa 8 farzandning otasi bo‘lgan. So‘nggi farzfndi tug‘ilganida charlinni yoshi 80 da edi.
Aholi turmush darajasining yuqoriligi bo‘yicha Daniya dunyoda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. AQSh o‘n sakkizinchi o‘rinda.
Har oyning o’z ma`nosi bor
Yanvar – Ma`bud Yunus sharafiga “yanvar ius “deb atalgan . Rinliklarning e`tiqodicha , 2 yuzli Yunus har bir narsaning boshi va oxirisining homiysi bo’lgan .
Fevral – Lotincha “februarius” so’zi tozalanish , poklanish ma`nosini bildiradi .
Mart – Bu oy dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga atalgan “martius “ so’zidan olingan .
Aprel – “Apfire” so’zidan kelib chiqqan bo’lib , o’z in`omlarini namoyon qiluvchi degan ma`noni bildiradi .
May – Ma`buda Mayya”mayus “ ismidan olingan go’zallik , shod-curramlik oyi hisoblanadi .
Iyun – Yupiterning xotini – ma`buda Yunona sharafiga qo’yilgan . Afsonalarga ko’ra Yunona ayollar homiysi , er-xotin qo’sha-qarishi , uvali-juvali bo’lishlarining tarafdori .
Iyul – Rim arbobi va lashkarboshchisi Yuliy sezar sharafiga shunday atalgan
Avgust – Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga qo’yilgan
Sentabr – Qadimda rimliklarning 10 oylik taqvimida 7-oy bo’lib , lotincha, September (7) so’zidan olingan
Oktabr – Qadimda rimliklar taqvimida 8-oy lotincha “oktober” (8) degan ma`noni anglatadi
Noyabr – lotincha “November” (9) so’zidan olingan , qadimgi rimliklar taqvimida 9-oyni anglatadi
Dekabr – lotincha “dezember” so’zidan kelib chiqqan bo’lib , 10 degan ma`noni bildiradi
Храм Зевса Олимпийского
Самым большим храмом Греции является храм Зевса Олимпийского, превосходящий Парфенон. В VI веке до нашей эры, во время правления Писистрата было начато строительство этого гигантского святилища. Тиран хотел обрести общественный вес. Однако возведение храма растянулось на шесть с половиной веков.
Храм был торжественно открыт в 132 году, во время Всегреческого фестиваля, на котором был римский император Адриан, приехавший в Грецию второй раз. По его приказу храм был посвящен Зевсу Олимпийскому, а внутри была установлена скульптура Зевса, сделанная из золота и слоновой кости. Она является точной копией статуи Зевса в Олимпии, созданной Фидием. Недалеко от громовержца установлена гигантская скульптура самого императора. К сожалению, обе статуи не вынесли испытания временем.
От 104 коринфских колонн осталось лишь 15, высота которых составляет 17 м. Первоначальный храм в длину достигал 96 метров, а в ширину — 40. В 174 году дорические колонны были дополнены коринфскими капителями.
Рядом с храмом в 131 году была возведена арка Адриана, которая разделяет древний город и новые Афины императора Адриана.
Ошибка в тексте:
Неправильная фотография:
Ошибка в координатах:
Свернуть
Начало формы
Условия использования
Карта
Спутник
Названия объектов
Рельеф
200 мил.
200 км
Храм Зевса Олимпийского
Этот храм – самый большой во всей Греции, его размеры превышают размеры Парфенона. Строительство храма началось при Лисистрате в VI веке до н.э. и длилось 650 лет. Римский император Адриан, присутствовавший на церемонии открытия храма, посвятил его Зевсу Олимпийскому. Внутри храма были установлены статуи Зевса Олимпийского и императора Адриана из золота и слоновой кости, но они, к сожалению, не сохранились.
Длина основания храма Зевса составляла примерно 107 метров, а ширина – 41. Пятнадцать из ста четырех 17-метровых колонн храма стоят до сих пор.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |