Б и р и н ч и булим



Download 3,05 Mb.
bet23/73
Sana08.06.2022
Hajmi3,05 Mb.
#643919
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73
Bog'liq
Б и р и н ч и булим сарф

EABC(t,t0,t0) = eAB(t)+eBC(t0)+eCA(t) (2.22)
t=t0, ya’ni ulanmalarining harorati teng bo‘lsa,
E ABC(t0)=eAB(t0)+eBC(t0)+eCA(t0)=0, (2.23)
bu tenglamadan ma’lumki,
eBC(t0)+eCA(t0)=-eAB(t0) (2.24)
(2.24) tenglama natijasini (2.21) ga qo‘yib chiqsak, (2.20) tenglama kelib chiqadi.
2.3-rasm, b dagi variant uchun:
EABC(t,t1,t0)=eAB(t)+eBC(t1)+eCB(t1)+eBA(t0) (2.25)
Agar eBC(t1)=-eBC(t1) va eBA(t0)=-eAB(t0) hisobga olinsa, (2.25) tenglama (2.20) tenglamaga aylanadi.
Bundan quyidagi muhim xulosani chiqarish mumkin: termojuftning zanjiri uchlariga harorati bir xil bo‘lgan uchinchi o‘tkazgich ulanganda ham TEYUK o‘zgarmaydi.
Demak, termojuft zanjiriga ulash simlari, o‘lchov asboblari va qarshiliklarni ulash mumkin ekan. Haroratni termoelektr termometr yordamida o‘lchash uchun termometr hosil qiladigan termo EYUK ni va erkin uchlarning haroratini o‘lchash kerak. Agar haroratni o‘lchashda termometr uchlarining harorati 0 °С ga teng bo‘lsa, unda o‘lchanayotgan harorat darajalash xarakteristikasidan (jadvallar, grafiklardan) (2.4-rasm) darhol topiladi.
Bu darajalash xarakteristikasi, termo EYUK bilan harorat orasida munosabat o‘rnatadi. Termoelektr termometrlarning darajalash xarakteristikasi, odatda, erkin uchlarining harorati 0 °С ga teng bo‘lganda aniqlanadi. Agar erkin uchlarining harorati amalda 0 °С dan farq qilsa-yu, ammo o‘zgarmas bo‘lsa, unda haroratni darajalash xarakteristikasidan topish uchun termojuftlar hosil qiladigan termo EYUK nigina emas, balki erkin uchlari harorati t0 ni ham bilish zarur. Erkin uchlari harorati t0≠0 bo‘lganda tuzatish kiritish uchun termoelektr termometr hosil qiladigan termo EYUK E(t0,t0) ga E(t0-0) ni qo‘shish lozim: termo EYUK E(t0,0) qiymati topiladi:
E(t,t0)+E(t0,0)=E(t,0) (2.26)
Termoelektr termometr ish ulanmasi harorati t va erkin uchlari harorati 0 °С bo‘lganda, ya’ni darajalash sharti bajarilganda shunday E(t,t0) EYUK ni hosil qiladi. Agar o‘lchash jarayonida erkin uchlar harorati biror yangi t”0 qiymatni qabul qilsa, unda termometr hosil qiladigan termoEYUK E(t,t0) ga (2.4-rasm) va erkin uchlar haroratiga kiritiladigan tuzatish E(t'0, 0) ga, darajalash shartiga mos termo EYUK esa
E(t0,t'0)+E(t'0,0)=E(tt,0) (2.27)
ga teng bo‘ladi.
Termoelektr termometrning erkin uchlari haroratiga kiritiladigan tuzatma qiymati termometrning darajalash xarakteristikasiga bog‘liq bo‘ladi, u esa termoelektr termometr tayyorlanadigan o‘tkazgich materiallar bilan belgilanadi.
Tuzatmani kiritish usulidan qat’iy nazar (hisobiy yoki avtomatik) tuzatma kiritish uslubi o‘zgarmay qoladi: qaysi usul bilan tuzatma (hisobiy yoki avtomatik) kiritilganidan qat’i nazar, sxemada E(t,0) qiymat olinadi, bu qiymat keyin termojuft termo EYUK iga qo‘shiladi. Yig‘indi termo EYUK E(t, 0) darajalash qiymatiga mos keladi.
Haroratni o‘lchashga oid alohida masalalarni yechish uchun termoelektr termometrlarni o‘lchash asbobi bilan o‘lchashning turli usullari qo‘llaniladi.
Termoelektr termometrining o‘zgartish koeffitsientini orttirish uchun bir nechta termojuftlarni (termobatareyalarni) ketma-ket ulashdan foydalaniladi. Bunda termojuftlar hosil qiladigan termo EYUK qo‘shiladi, ya’ni n ta termojuftdan tuzilgan termobatareyalar termo EYUK alohida olingan termojuft termo EYUK idan katta bo‘ladi.
Ikki nuqta orasidagi harorat farqini o‘lchash uchun differensial termoelektr termometr qo‘llaniladi. U ikkita qarama-qarshi ulangan bir xil termometrdan tuzilgan. Agar haroratlar farqi o‘lchanayotgan nuqtalarning harorati bilan o‘zaro teng bo‘lsa, unda o‘sha nuqtalarda termometr hosil qiladigan TEYUK lar ham teng bo‘ladi. Bunday holda termometrlardagi zanjir toki nolga teng bo‘ladi, chunki qarama-qarshi ulanganda bir termojuftning TEYUKi boshqa termojuftning TEYUKi bilan kompensatsiya qilinadi va o‘lchash asbobi nolni ko‘rsatadi. Agar t1 va t2 haroratlar turlicha bo‘lsa, u holda qaysi harorat yuqori bo‘lishiga qarab, haroratlar farqiga mutanosib bo‘lgan zanjir toki biror yo‘nalishda oqadi, buni o‘lchash asbobi ko‘rsatadi.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish