57. Yomg‘ir chuvalchangi (I) va lansetnik (II) ning qorin (a) va orqa (b) qon tomirlari orqali qon tananing qaysi qismiga qarab harakatlanadi? 1) tananing oldingi qismiga 2) tananing orqa qismiga A) I-a-1, b-2 II-a-1, b-2
B) I-a-2, b-1 II-a-1, b-2
C) I-a-2, b-1 II-a-2, b-1
D) I-a-1, b-2 II-a-2, b-1
58. Yomg‘ir chuvalchangi tanasi cho‘zilishini qaysi muskullar ta‘minlaydi?
A) halqasimon muskullar bo‘shashishi
B) halqasimon muskullar qisqarishi
C) bo‘ylama muskullar qisqarishi
D) halqasimon va bo‘ylama muskullar qisqarishi
59. Yomg‘ir chuvalchangi tanasining yo‘g‘onlashishini qaysi muskullar ta‘minlaydi?
A) halqasimon muskullar bo‘shashishi B) halqasimon muskullar qisqarishi
C) bo‘ylama muskullar qisqarishi D) halqasimon va bo‘ylama muskullar qisqarishi
60. Yomg‘ir chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaruvchi tuklar tananing qaysi qismida joylashgan? A) har bir bo‘g‘imning orqa tomonida
B) har bir bo‘g‘imning qorin tomonida
C) har bir bo‘g‘imning yon tomonlarida
D) faqat ko‘krak bo‘g‘imlarlarning yon va orqa tomonlarida
61. Yomg‘ir chuvalchangi ayirish sistеmasining tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi nima bilan taminlangan ?
A) juda ko‘p voronkaga o‘xshash naychalar
B) juda ko‘p nerv tolalari
C) juda ko‘p kiprikchalar
D) juda ko‘p qon tomirlari
62. Yomg‘ir chuvalchangi muskullarining ostida ... hujayralardan iborat ichki epitеliy qavati tana bo‘shlig‘i dеvorini hosil qiladi.
A) 1 qator bo‘lib joylashgan
B) 2 qator ustma-ust joylashgan
C) 2 qator bo‘lib joylashgan
D) 3 qator bo‘lib joylashgan
63. Yomg‘ir chuvalchangi pillasidagi tuxumlardan qancha vaqtdan kеyin yosh chuvalchanglar chiqadi?
A) 15 kundan kеyin B) 20 kundan kеyin
C) 22 kundan kеyin D) 1 oydan keyin
64. Yomg‘ir chuvalchangi qaysi chuvalchanglardan kelib chiqqan?
A) ko‘p tuklilardan B) kam tuklilardan C) dengiz chuvalachanglaridan D) yassi chuvalchanglardan
65. Yomg‘ir chuvalchanginiig halqasimon muskullari qisqarganda qanday o‘zgarish kuzatilishini bеlgilang.
A) tanasining uzunlashadi va ingichkalashadi
B) nafas olishi tezlashadi
C) tanasi katalashadi
D) qon tomirlarida qoyn oqishi tezlashadi
65. Yomg‘ir chuvalchangining pillasi uning qaysi qismidan ajralgan shilimshiq moddadan hosil bo‘ladi?
A) biriktiruvchi to‘qima hujayralaridan
B) jinsiy sistemasidan
C) ayirish naychalaridan
D) bеlbog‘chasidan
66. Yomg‘ir chuvalchangining qon aylanish sistemasiga xos bo‘lmagan belgi?
A) orqa va qorin qon tomirlar mavjud
B) yirik qon tomirlar halqa tomirlar orqali o‘zaro tutashgan
C) teri va ichak devorida ko‘p kapillar tomirlar bo‘ladi
D) 2 kamerali yurak
67. Yomg‘ir chuvalchangining terisi ostidagi halqasimon va bo‘ylama muskullar necha qavat bo‘lib joylashgan ?
A) 1 B) 5 C) 3 D) 2
68. Yomg‘ir chuvalchangining tеrisi nеcha qavat hujayralardan iborat?
A)1 B) 2 C) 3 D) 4
69. Yomg‘irchuvalchangi ... kengaygan qismi jig‘ildon deb ataladi.
A) qizilo‘ngachining B) halqumining
C) oshqozonining D) og‘iz bo‘shlig‘i