Fe’lning grammatik kategoriyalari. - Hozirgi o‘zbek adabiy tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar qo‘yidagilar:
- 1) nisbat kategoriyasi;
- 2) bo‘lishli va bo‘lishsizlik kategoriyasi;
- 3) mayl kategoriyasi;
- 4) zamon kategoriyasi
- 5) shaxs-son kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi - Fe’ldan anglashilgan harakatning bajaruvchi va bajariladigan harakat o‘rtasidagi munosabatining ifodala-nishi fe’l nisbati deyiladi. Masalan: Sobir akasidan kelgan xatni Alisherga o‘qitdi gapida Sobir ega, Alisherga to‘ldiruvchidir. Ushbu gapda asosiy harakat bajaruvchi Alisher, ya’ni to‘ldiruvchi bo‘lib, Sobir, ya’ni ega harakat bajarilishida vosita bo‘lgan shaxs xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |