II- bob yuzasidan xulosalar:
-Ijodiy mashqlar o’quv materyalini o’quvchilar tomonidan egallanishining
oxirgi bosqqichida qo’llaniladi;
-Ijodiy masalalar tanlanish ushuliga qarab darsni material bilan boyitishdat
tashqari o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini shakllantirishga ko’maklashadi;
- Idiy masalalarni tanlashda tayyorlanayotgan mutaxassislik mazmunidan
kelib chiqilsa ta’lim jarayoni samaradorligi yanada ortadi;
- fizikada darslarda va mustaqil holda bilim olishda ijodiy masalalar o’quv
jarayonida o’quvchining ijodiy faoliyatining bir ko’rinishi shaklida qaralishi
mumkin;
- ijodiy masalaning yechimini amalga oshirish davomida o’quvchi o’zining
har bir qadamining to’g’riligiga ishonch hosil qilishi kerak va faqatgina
haqqoniyligiga shubha bo’lmagan qonun va formulalardangina foydalanish kerak.
-Shunday qilib ijodiy mashqlar o’quvchi bilimlaridagi yuzalikka qarshi
kurashning asosiy vositasidir hisoblanadi u o’quv jarayonining muhim bosqichi
hisoblanadi ,unda materialning tushunarliligi fahmlangan ammo hali
o’zlashtirilmagan jarayon kechadi;
-fizikada ijodiy mashqlar hisoblashlar sifatiy yoki tajribaviy masalalar
shaklidaq labaratoriya ishlarida qo’yilgan savollar shaklida va fizikaviy
praktikumda ishlash uchun ilgari surilgan muammo shaklida namoyon bo’lishi
mumkin.
62
XOTIMA
- Fizikada masalalarni ijodiy va oddiy(standart) xarakterga ajratish o`lchovi 3
ta: ta`lim maqsadi, vositasi, natijasiga ko`ra chegaralanadi. Fizika ta`limi
jarayonida o`quv hodisasi mikronatijadan makronatijaga qaytib boradi.
Mikronatijalar o`zaro qo`shilib makronatijaga aylanadi. Fizikaviy elementar
tushuncha rivojlanib, mavzuni o`zlashtirishga yoki fizikaviy qonuniyatni
asoslashga olib keladi.
- fizika ta`limiga oid didaktik va metodik adabiyotlarni o`rganish ijodiy
xarakterdagi masalalar ta’lim jarayoni samaradorligiga ijobiy ta’sir qiladigan
asosiy omil sifatida qaralishini ko’rsatdi;
- Al va KHT fizika ta`limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning
hozirgi amaliyotini tahlil qilish unda fizikadan masalalar echish ta’limning asosiy
bo’g’ini sifatida qaralishi mumkinligini korsatdi;
- ilg’or pedagogik g’oyalarni umumlashtirish, pedagogik amaliyot qobig’ida
yashirinib yotgan imkoniyatlarni aniqlashyo’llaridan biri amaliyotda ijodiy
masalalarni qo’llanilishi ekanligini ko’rsatdi;
- fizika ta`limida ijodiy masalalarni tanlash va ularni bosqichma bosqich hal
qilib borish va ta`limda amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish ta’limning asosiy
bo’g’ini sifatida qaralishi mumkinligini korsatdi;
- fizika ta`limida ijodiy masalalarni hal qilishni tashkil etish, boshqarish,
nazorat qilish tamoyillari, vositalari, tashkiliy shakllarini tavsiflash asosida Al va
KHT fizika ta`limini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishning hozirgi
amaliyotini tahlil qilish yo’llari ishlab chiqildi;
- Mexanika va Molekulyar fizika bo/limlari misolida fizika ta`limi amaliy
mashg’ulotlarda ijodiy masalalar harakatini pedagogik tajribada o`rganish va
nazariy asoslarini bayon qilindi;
- fizika ta`limida ijodiy xarakterdagi masalalarni tanlashga oid metodik
tavsiyalar ishlab chiqildi va amaliyotga qo’llash uchun ko’rsatmalar ishlab chiqildi.
63
Do'stlaringiz bilan baham: |