B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
 
 
 
 
 
 


 
107 
7-bob.  
INDIKATIV REJALASHTIRISH USULLARI 
 
 
7.1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar. 
7.2. Indikativ rejalashtirishda tizimli yondashuv. 
 
 
7.1. Indikativ rejalashtirishda umumiy yondashuvlar 
 
 Har  qanday  fan  metodologiyasi  umumiy  dunyoqarash,  umumiy 
metodologik tamoyillar, bilishning umumiy ilmiy usullari va o’ziga xos, 
xususiy metodologiya birligini o’zida namoyon etadi. Metodologiya – bu 
haqiqatni bilish va o’zgartirish maqsadida tadqiqot o’tkazish usullarining 
yig’indisidir.  Rejalashtirish  metodologiyasi  indikativ  rejalashtirishning 
ilmiy  asosi  hisoblanadi.  Rejalashtirish  metodologiyasi  –  bu  amaliy 
faoliyatda  iqtisodiyotning  rivojlanishini  belgilab  beruvchi  qonunlardan 
foydalanish 
imkoniyatlarini 
o’rganish 
vositasidir; 
rejalashtirish 
muammolarini hal etish usullari va ularni amaliyotga joriy etish usullarini 
ishlab chiqish. 
Metodologik yondashuv – bu barja darajadagi prognozlar, dasturlar, 
rejalar  va  vaqt  gorizontlarini  ishlab  chiqishda  strategik  rejalashtirish 
mantig’i, tamoyillari va usullaridan foydalanishning yaxlit yo’nalishi. 
Indikativ 
rejalashtirish 
rejalashtirishga 
nisbatan 
umumiy 
metodologik  yondashuvlardan  foydalanishni  inkor  etmaydi,  lekin  bunda 
ularga  rejalashtirishning  o’ziga  xos  Funksiyalari  bilan  shartlangan 
tuzatishlarni  kiritadi  (tizimli  yondashuv,  rejalashtirishning  o’zini  o’zi 
rivojlantiruvchi interaktiv sxemasi, o’zi o’qib, o’rganuvchi konsepsiya va 
rejalashtirishning moslashuvchan tizimi). 
Avvalgi  tajribani  hisobga  olish  va  reja  qarorlarining  izchilligi 
reaktiv  yondashuvning  afzalligi  hisoblanadi.  Reaktiv  rejalashtirishning 
kamchiliklari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
–  rejalashtirish  tizimlarining  tarkibiy  unsurlari  o’rtasida  o’zaro 
hamkorlikning mavjud emasligi; 
–  tashkilotlar  xo’jalik  faoliyati  umumiy  samaradorligining 
pasayishi; 
– boshqaruvning byurokratik tizimi. 
Innovastiyalarning 
mavjud 
emasligi, 
muhit 
o’zgarishiga 
moslashishga 
qodir 
emaslik, 
xodimlar 
mustaqilligi 
va 
ijodiy 


 
108 
salohiyatining 
cheklanganligi 
rejalashtirishga 
nisbatan 
inaktiv 
yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi. 
Rejalashtirish  tashqi  muhit  va  rejalashtirish  subyektlari  ichki 
faoliyatining  kelgusi  o’zgarishlarini  prognoz  qilishdan  iboart.  Bunda 
rejalashtirish  tadbirlari  “yuqoridan  quyiga”  qarab  amalga  oshiriladi. 
Rejalashtirishga nisbatan preaktiv yondashuvning kamchiligi – to’plangan 
tajribadan  to’liq  foydalanmaslik,  kelajakni  tadqiq  etish  usullaridan 
foydalanishga haddan ziyod kirishib ketish. 
Rejalashtirish 
metodologiyasi 
ko’ngildagi 
kelajakni 
“loyihalashtirishga”  va  uni  tuzish  yo’llarini  o’zgartirishga  asoslangan. 
Shu  munosabat  bilan  rejalashtirishga  nisbatan  “moslashtiruvchi”  yoki 
“vaziyatli” yondashuv keng tarqaldi. Ushbu metodologik yondashuv ichki 
va  tashqi  sharoitlarning  o’zgarishini  hisobga  oluvchi  va  erishilgan 
samaradorlik  darajasining  pasayishiga  yo’l  qo’ymaydigan  barqaror 
qarorlarni qabul qilish imkonini beradi. 
Atrof  muhitdagi  barcha  o’zgarishlarni  hisobga  oluvchi  va  ulardan 
foydalanuvchi 
rivojlanishning 
optimal 
rejasini 
tuzish 
uchun 
“optimallashtiruvchi  yondashuv”  qo’llaniladi.  Rejalashtirishga  nisbatan 
say-harakatlarni  kamaytirishga  emas,  balki  optimal  qarorlarni  qidirib 
topishga  yo’naltirilgan  optimallashtiruvchi  yondashuv  metodologiyasi 
preaktiv yondashuvga mos keluvchi yo’nalishlarga ega. 
Metodologik  yondashuvlardan  foydalanish  indikativ  rejalashtirishni 
rejalashtirish  xillarining  umumiy  qiyosiy  sxemasiga  va  rejalashtirish 
tizimlarining tasnifiy (klassifikastion) tuzilishiga kiritish imkonini beradi. 
Maqsadlar – indikativ rejalashtirishda ideal holat yoki rejalashtirish 
obyektining  ma’lum  vaqt  oralig’ida  faoliyat  ko’rsatish  natijalari  sifatida 
tushunladi. 
Vazifa  –  bu  rejalashtirish  davri  doirasida  ma’lum  vaqt  oralig’ida 
erishilishi  ko’zda  tutilgan  maqsadlar.  Vazifalar  rejalashtirilayotgan  davr 
mobaynida amalga oshirilishi lozim. 
Ideal  –  bu  erishilib  bo’lmaydigan,  lekin  unga  cheksiz  ravishda 
yaqinlashish mumkin bo’lgan maqsad. 
Konsepsiya – bu global maqsadlar va reja davrida ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimning  ustuvor  yo’nalishlarini  belgilashda  o’z  ifodasini  topuvchi 
prognozlar,  dasturlar  loyihalari  va  rejalarning  umumiy  maqsadi  hamda 
unga erishish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash. 
Taktik  rejalashtirish  –  taktik  vazifalarni  tanlashni  va  ma’lum 
strategiya va ideal doirasida ularga erishish vositalarini tanlashni nazarda 
tutadi. 


 
109 
Tezkor  rejalashtirish  ko’zlangan  maqsadlarga  erishish  vositalarini 
tanlashni nazarda tutadi. 
Normativ rejalashtirish faoliyatni rejalashtirishda katta erkinlik bilan 
tavsiflanadi. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish