B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Davlat byudjeti rejasi va byudjetni rejalashtirish shakllari



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

10.3. Davlat byudjeti rejasi va byudjetni rejalashtirish shakllari 
 
 Yalpi  ichki  mahsulot  aylanishi  moddiy-ashyoviy  va  qiymat 
shaklida  amalga  oshadi.  Yalpi  mahsuloting    qiymat  shaklida  aylanish 
jarayonida moliyaviy resurslarni hosil qilish, taqsimlash, qayta taqsimlash 
va  iste’mol  qilish  yuzasidan  moliyaviy  munosabatlar  yuzaga  keladi. 
Moliyaviy  resurslarni  hosil  qilish,  taqsimlash,  qayta  taqsimlash  va 
iste’mol  qilish  jarayonlarini  boshqarish  moliyaviy  rejalashtirish 
yordamiga  amalga  oshiriladi,  pul  mablag’lari  esa  uning  obyekti 
hisoblanadi. 
Moliyaviy 
rejalashtirish 
orqali 
xalq 
xo’jaligining 
mutanosibligi,  tarmoqlararo  ulushlar  ta’minlanib,  mehnat,  moddiy  va 
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish yo’llari aniqlanadi.  
Umumdavlat va hududiy darajalarda moliyaviy rejalashtirish qiymat 
ifodasidagi  moddiy  va  mehnat  muvazanati  bilan  bog’lanuvchi  moliyaviy 
rejalar  tizimi  bilan  ta’minlanadi.  Har  bir  moliya  yili  boshqaruvning 
muayyan bo’g’inida moliyani tashkil qilish va boshqarish vazifalarini hal 
qiladi. 


 
137 
Moliyaviy rejalar tizimiga quyidagilar kiradi: 
• istiqbolli moliyaviy rejalar; 
•  boshqaruvning  umumdavlat  va  hududiy  darajalarida  tuziladigan 
yig’ma moliyaviy balanslar.  
Istiqbolli moliyaviy rejalashtirish hokimiyatning barcha darajalarida 
quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 
•  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish  hamda  moliyaviy  siyosatni 
muvofiqlashtirishni ta’minlash; 
•  rejalashtirilayotgan  tadbirlarning  bajarilishini  ta’minlash  uchun 
zarur bo’lgan moliyaviy resurslar hajmini prognoz qilish; 
• islohotlar, dasturlarning moliyaviy natijalarini prognoz qilish; 
• moliya sohasidagi turli tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini 
aniqlash. 
Istiqbolli  moliyaviy  reja  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
prognozining  ko’rsatkichlari  asosida  ishlab  chiqiladi.  Unda  byudjetning 
daromadlarni  safarbar  etish  va  xarajat  moddalarini  moliyalash 
imkoniyatlari  haqidagi  ma’lumotlar  mavjud.  Mazkur  reja  byudjetning 
yiriklashtirilgan  ko’rsatkichlari  bo’yicha  3-5  yilga  mo’ljallab  tuziladi. 
Rejaga  har  yili  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  prognozining 
ko’rsatkichlari bilan tuzatishlar kiritiladi. 
Yig’ma  moliyaviy  balans  –  bu  davlatda  yoki  muayyan  hududda 
yaratilgan  va  foydalanilgan  moliyaviy  resurslar  balansi.  Yig’ma 
moliyaviy  balans  barcha  byudjetlar,  byudjetdan  tashqari  maqsadli  fonlar 
va tegishli hududda joylashgan korxonalarni qamrab oladi. 
Yig’ma  moliyaviy  balansni  tuzish  manzilli  moliyaviy  rejani,  ya’ni 
byudjetni ishlab chiqishning tayyorlash bosqichi hisoblanadi. Davlatning 
yig’ma  moliyaviy  balansi  xalq  xo’jaligida  moddiy  va  moliyaviy 
ulushlarni  bog’lash,  moliya-kredit  tizimi  barcha  bo’g’inlarining 
ko’rsatkichlarini  muvofiqlashtirish;  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlanishi  prognozining  muvazanatlashganligini  tekshirish,  ushbu 
prognoz  bilan  belgilangan  tadbirlarni  moliyalash  manbalarini  aniqlash; 
qo’shimcha  moliyaviy  resurslar  zahiralarini  aniqlash;  prognoz  moliyaviy 
hisob-kitoblarni amalga oshirish; moliyaviy siyosat yo’nalishlarini ishlab 
chiqish. 
Davlatning  yig’ma  moliyaviy  balansi  odatda  Moliya  vazirligi 
ishtirokida  Iqtisodiyot  vazirligida  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  asosida 
ishlab  chiqiladi.  Umumdavlat  darajasida  tuziladigan  yig’ma  moliyaviy 
balans asosiy ko’rsatkichlarining sxemasi 3 - jadvalda keltirilgan. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish