B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

5.2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va 
majburiyatlari  
 
Indikativ  rejalashtirish  sifati  ko’p  jihatdan  mutaxassislarning 
tayyorgarlik darajasiga bog’liq, bu quyidagilar bilan belgilanadi: 
nazariy tayyorgarlik; 
ularning intellektual rivojlanganligi; 
tajriba va malaka; 
reja  –  bu  tegishli  harakatlarni  talab  qiluvchi  ongli  ravishda  qabul 
qilinadigan qarorlar tizimi ekanligini tushunish; 


 
91 
qo’llaniladigan tadbirlarning oqibatlarini oldindan ko’ra bilish; 
asosiysini ko’ra olish qobiliyati; 
biznes  sharoitida  tashqi  va  ichki  omillarning  maqbul  nisbatini  topa 
olish. 
Ilgari  rejalashtirishda  asosiy  rol  deyarli  iqtisodchilarga,  ya’ni  reja-
iqtisodiyot  bo’limlari  (xizmatlari,  boshqarmalari)ning  xodimlariga 
tegishli  edi.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ushbu  holat  tubdan  o’zgardi. 
Rejalashtirishda  ayniqsa  kundalik  rejalarning  amalga  oshirilishiga 
bevosita  rahbarlik  qiluvchi  mutaxassislar,  ya’ni  o’rta  va  quyi  bo’g’in 
rahbarlari,  menejerlarning  roli  ortadi.  Lekin  hozirgi  vaqtda  ham 
iqtisodchilarning  roli  beqiyos.  Bugungi  kunda  kichik  korxonada 
rejalashtirish ishini iqtisodchi, moliyachi yoki buxgalter amalga oshirishi 
mumkin.  Katta  korxonalarda  esa  reja  ko’rsatkichlarini  iqtisodiy  jihatdan 
asoslash  bilan  odatda  iqtisodiy  xizmatning  2-3  nafar  xodimi 
shug’ullanadi.  Yirikroq  firmada,  odatda,  4  yoki  undan  ortiq  xodimdan 
iborat iqtisodiy bo’lim faoliyat ko’rsatishi mumkin. Yanada yirik firmada 
xodimlarining umumiy soni kamida 12 nafardan iborat bo’lgan bir necha 
bo’limlar yoki xizmatlarni o’z tarkibiga olgan iqtisodiy boshqarma tashkil 
etilishi mumkin. 
Asosiy  rejaviy  asoslashlarni  huddi  ilgaridagi  kabi  iqtisodchilar 
bajarishadi.  Lekin  reja  xo’jalik  yuritishning  barcha  vazifalari  va 
muammolari  majmuini  aks  ettirishi  uchun  uni  ishlab  chiqishga  o’z 
vakolati 
masalalariga 
muvofiq 
ravishda 
boshqa 
xizmatlar 
va 
bo’limlarning  xodimlari  ham  jalb  etiladi.  Ya’ni  reja  hisob-kitoblarini 
amalga  oshirishda  iqtisodiy  bo’lim  xodimlari  quyidagilar  bilan  o’zaro 
hakorlik qiladi: 
rahbariyat  bilan  –  rivojlanish  strategiyasining  umumiy  maqsadlari 
va tashkiliy masalalar yuzasidan; 
marketing va sotish bo’limlari bilan – sotish masalalari yuzasidan; 
buxgalteriya  bilan  –  hisob  yuritish  va  hisobotlar  masalalari 
yuzasidan; 
moliyaviy bo’lim bilan – moliyalash masalalari yuzasidan; 
ta’minot  va  transport  bo’limlari  bilan  –  ta’minot  va  xomashyoni 
etkazib berish masalalari yuzasidan; 
bosh  muhandis  bo’limi,  texnologik  va  ishlab  chiqarish  bo’limlari 
bilan – ishlab chiqarish xususidagi masalalar yuzasidan; 
kadrlar,  mehnat  va  ish  haqi  bo’limi  bilan  –  xodimlar  va  boshqa 
masalalar yuzasidan. 
Shubhasiz,  bozor  munosabatlari  sharoitida  rejalashtirish  bo’yicha 


 
92 
asosiy  mas’uliyat  iqtisodchi-menejerlar  zimmasiga  yuklatiladi.  Agar 
iqtisodchilarning  vazifasi  reja  ko’rsatkichlarini  iqtisodiy  jihatdan 
asoslashdan  iborat  bo’sa,  menejerlar  vazifasi  qatoriga  ushbu 
ko’rsatkichlarni muayyan tijorat, texnologik, kadrlar va boshqa xususdagi 
harakatlar  bilan  talqiin  etish  kiradi.  Lekin  biri  ikkinchisi  bilan  uzviy 
bog’langan.  Iqtisodiy  bo’lim  xodimlari  va  firma  menejerlari  o’z 
mohiyatiga  ko’ra  bir  xil  vazifani,  ammo  turli  vositalar  yordamida 
bajarishadi.  Menejer  boshqaruv  sohasida,  shu  jumladan  insonlarni 
boshqarishda alohida tarzdagi o’quv va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. 
Ular tomonidan bajariladigan harakatlar tizimi oldinga qo’yilgan xo’jalik 
yuritish 
maqsadlariga 
erishish 
uchun 
mavjud 
resurslarni 
optimallashtirishga  qaratilgan.  Menejerlar  firma  faoliyatining  rejalarini 
ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishda  faol  ishtirok  etadilar.  Firmaning 
yuqori rahbariyati menejerlar bilan birga faoliyat maqsadlarini tanlashadi 
va  tegishli  rivojlanish  strategiyasini  ishlab  chiqishadi.  Tanlangan 
maqsadlarga  iqtisodiy  ishlov  berish  iqtisodchilar  tomonidan  amalga 
oshiriladi,  ya’ni  ular  maqsadni  iqtisodiy  kategoriyalar  bilan  asoslaydi. 
Biroq  rejadagi  maqsadlarga  erishish  bo’yicha  asosiy  harakatlarni  tanlash 
menejerlar  Funksiyasiga  kiradi.  Ular  har  kuni  rejalashtirish  masalalari 
bilan  shug’ullanib,  firmaning  turli  xildagi  rejalarini  ishlab  chiqishda 
ishtirok  etishadi,  shuningdek  uning  strategiyasini,  faoliyat  sohasi 
siyosatini, 
biznes-rejalarni 
va 
hokazolarni 
belgilab 
beradi. 
Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish – bularning barchasi 
menejerlar  tomonidan  o’z  ishida  foydalaniladigan  vositalardir.  Shuning 
uchun  hozirgi  vaqtda  iqtisodchi  menejer  kasbining  ahamiyati  va  unga 
nisbatan talab ortib bormoqda. 
Iqtisodiy 
bo’lim  xodimlari  quyidagi  asosiy  Funksiyalarni 
bajarishadi: 
-statistika hisobotlarini tuzish; 
-xo’jalik yuritish tashqi muhitining holatini o’rganish; 
-firmaning faoliyati iqtisodiy tahlil qilish; 
-prognozlar  va  rejalarni  tuzish,  ularni  ijrochilar  hukmiga  havola 
etish; 
-alohida boshqaruv qarorlarining iqtisodiy samarasini aniqlash; 
-firma xodimlarining iqtisodiy ta’lim olishida ishtirok etish; 
-firma rahbariyatiga iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahat berish; 
-iqtisodiy masalalar bo’yicha ma’lumotlar va sharhlar tayyorlash; 
-tegishli shikoyatlar va takliflarni ko’rib chiqish va b. 
-firmalarda iqtisodchilar ishida tegishli echimini talab etuvchi  qator 


 
93 
muammolarni (yoki kamchiliklarni) uchratish mumkin: 
-ishlarni  ahvolini  batafsil  tahliliy  sharhlash  o’rniga  iqtisodiy  hayot 
faktlarini oddiy izohlash; 
-olingan natijalarni oddiy tarzda qayd etish; 
-bozor nazariyasini etarlicha bilmaslik; 
-o’z tovari bozorining kon’yunkturasini yaxshi bilmaslik; 
-rejalar tuzuvchilari va taqsimlovchilarining kamtarona tutgan o’rni; 
-iqtisodiy 
hisob-kitoblarda 
eskirib 
qolgan 
va 
samarasiz 
yondashuvlardan foydalanish; 
-notanqidiy tafakkur etish; 
-kasblararo o’zaro hamkorliking zaifligi; 
boshqaruv qarorlarining iqtisodiy jihatdan asoslanmasligi; 
-mamlakatdagi  inflyastiya  va  yuqori  stoxastik  bozor  hodisalari 
tufayli prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotidan voz kechish. 
Rejalashtirish  ishida  bo’ysunish  ham,  o’zaro  munosabatlarning 
demokratiyaga  asoslanishi  ham  zarur.  Bo’ysunish  boshqaruv  ierarxiyasi 
tarafdorligini anglatadi. Demokratizm esa  “Rahbar-bo’ysunuvchi” o’zaro 
aloqalarda  eskilik  qoldiqlariga  barham  berishni  anglatadi.  Iqtisodiy  ish 
oqilona tashkil etilgan taqdirda har bir xodimda o’z faoliyat uchastkasi va 
o’zining  lavozim  majburiyatlari  bo’lishi  kerak,  ya’ni  u  o’z  lavozimi 
doirasida  mas’ul  bo’lishi  lozim.  Rejalashtirishda  tashabbus,  yangiliklar 
kiritish,  ijod  zarur.  Buyruqbozlik  uslubi  bo’ysunuvchilarda  o’z  kuchiga 
ishonmaslik  va  rahbariyatga  tobelik  hissini  shakllantiradi.  Xodim 
muayyan  majburiyatlarni  o’z  zimmasiga  olishi  kerak.  Uning  o’zi  o’z 
qarorining  mohiyatini  baholaydi  va  u  uchun  javobgar  bo’ladi.  Ishdagi 
shaxsiy va jamoaviy manfaatlarni uyg’unlashtirishga nisbatan zamonaviy 
yondashuv anna shunda o’z ifodasini topadi; 
Mehnat  jamoasida  reja  hisob-kitoblarini  asoslashda  ijod  qilish, 
yangilikni qidirib topish, ishlarning ahvolini takomillashtirish choralarini 
qo’lash  uchun  barcha  sharoitlar  yaratilishi  kerak.  Ushbu  maqsadlarda 
muayyan  muammolarni  hal  etishga  nisbatan  yondashuvlarni  tadqiq  etish 
uchun  turli  xizmatlar  xodimlaridan  tarkib  topgan  vaqtinchalik  qidiruv 
guruhlarini tashkil etish mumkin. 
Iqtisod xodimining yangi roli ko’p jihatdan uning  menejer, referent 
va firma rahbariyati uchun faoliyatning turli iqtisodiy masalalari bo’yicha 
maslahatchi  sifatidagi  harakatiga  bog’liq.  Firma  nazoratchisining  roli 
iqtisodiy  hayotda  ham  namoyon  bo’la  boshlaydi.  Shu  munosabat  bilan 
iqtisod  xodimi  egalik  qilishi  lozim  bo’lgan  zarur  xislatlarni  ta’kidlash 
o’rinli: 


 
94 
bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini yaxshi bilish; 
zamonaviy  xorijiy  iqtisodiy  tafakkurni  va  mashhur  xorijiy 
firmalarning ilg’or tajribasini bilish; 
tahlil  qilish,  prognozlashtirish  va  rejalashtirishning  zamonaviy 
uslublarini bilish; 
ish va tafakkurning novatorlik uslubi; 
ko’plab “mumkin”dan “kerak”ni tanlay bilish; 
biznes  yo’lida  tashabbus  ko’rsatish,  firma  uchun  foydali  bo’lgan 
yangi g’oyalarni qidirib topish; 
harakatlarning  tanlangan  variantini  ishlab  chiqish  va  iqtisodiy 
asoslash sohasida omilkorlik. 
Budan  tashqari,  iqtisod  xodimining  asosiy  xususiyati  –  xabarlar 
oqimidan  muayyan  tendenstiyalar  va  qonuniyatlarni  ko’ra  bilish, 
murakkab  tanglik  vaziyatidan  chiqib  ketishning  to’g’ri  yo’lini  asoslay 
olishdan iborat.  
Shunday  qilib,  rejani  ishlab  chiqish  tartibi  va  izchilligi,  axborot 
tizimi  va  ijrochilar  rejalashtirishni  tashkil  etishning  muhim  unsurlari 
hisoblanadi.  Rejalashtirish  sifati  ko’p  jihatdan  firma  xodimlarining 
tayyorgarlik  darajasi  bilan  belgilanadi.  Rejalashtirishda  rejani  amalga 
oshirish  bilan  shug’ullanuvchi  xodimlarning  roli  ortib  boradi.  Bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  iqtisod  xodimiga  nisbatan  axborot  oqimidan 
muayyan  tendenstiyalar  va  qonuniyatlarni  ko’rish,  murakkab  vaziyatdan 
chiqib  ketishning  to’g’ri  yo’lini  asoslash  zarurati  bilan  bog’liq  yangi 
talablar qo’yiladi. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish