135
fondlarini
shakllantirish
orqali
namoyon bo’ladi. Rivojlangan
mamlakatlarda turli darajadagi byudjetlar orqali YaIMning 50
foizigachasi qayta taqsimlanadi. Byudjet yordamida davlat byudjet
mablag’larini
tarmoqlar,
mintaqalarni
qo’llab-quvvatlash
yoki
rivojlantirishga yo’naltirgan holda mamlakatning xo’jalik faoliyatini,
iqtisodiy
munosabatlarni
tartibga
soladi.
Shu
tariqa
iqtisodiy
munosabatlarni tartibga solish orqali davlat ishlab chiqarish sur’atlarini
oshirshiga yoki pasaytirishga, sarmoyalar va xususiy jamg’armalar
o’sishini jadallashtirishga yoki susaytirishga, talab va iste’mol tarkibini
o’zgartirishni tartibga soladi.
YaIMni byudjet orqali qayta taqsimlash bir vaqtning o’zida va
uzluksiz kechadigan ikkita o’zaro bog’liq bosqichga ega:
1)
byudjet daromadini shakllantirish;
2)
byudjet mablag’laridan foydalanish (byudjet xarajatlari).
Byudjet daromadlari - davlatning qonun hujjatlariga muvofiq davlat
hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining ixtiyoriga
beg’araz va qaytarishsiz tartibda kelib tushuvchi pul mablag’lari.
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonida ijtimoiy takror
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan YaIMning bir qismi davlat
foydasiga majburan olib qo’yiladi. Shu asosda davlatning soliq
to’lovchilar bilan moliyaviy munosabatlari paydo bo’ladi.
Byudjet daromadlari ularni to’lovchilar, soliq solish obyektlari, olib
qo’yish usullari, to’lash muddatlari bo’yicha katta farq qiladi. Lekin shu
bilan birga ular yagonaligi bilan farq qiladi, chunki turli darajadagi
byudjetlarning daromad qismini shakllantirishdan iborat yagona maqsadni
ko’zlaydi. Ularga pul shakli va naqsizlanish xos xususiyatdir.
Byudjet daromadlari soliq va soliqdan tashqari xususiyatga ega.
Yangidan shakllantirilgan qiymat va uni dastlabki taqsimlash natijasida
olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta,
dividendlar va h.k.), shuningdek jamg’armalar s
oliq daromadlarining
asosiy manbasi hisoblanadi.
Byudjetlarning soliqdan tashqari daromadlari davlatning iqtisodiy
faoliyati yoki olingan daromadlarni byudjet tizimining darajalari bo’yicha
qayta taqsimlash natijasida hosil bo’ladi.
Byudjet daromadlarining tarkibi harakatchan bo’lib, u ko’p jihatdan
muayyan iqtisodiy sharoitlar bilan belgilanadi. Masalan, aholining
turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan
olinadigan daromadlar, aholining turmush darajasi past bo’lgan
136
mamlakatlarda esa bilvosita soliqlar va yuridik shaxslardan olinadigan
soliqlar asosiy soliq daromadlari hisoblanadi.
Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organlari vazifalari va Funksiyalarini moliyalashga yo’naltiriladigan pul
mablag’lari.
Byudjet xarajatlari orqali
byudjetdan mablag’ oluvchilar – byudjet
mablag’larining oluvchilari yoki taqsimlovchilari hisoblangan ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish sohasining tashkilotlari moliyalanadi.
Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xususiyatga ega. Byudjetda faqat
xarajatlar moddalari bo’yicha byudjet xarajatlari aniqlanadi, bevosita
xarajatlarni esa byudjetdan mablag’ oluvchilar amalga oshiradi. Bundan
tashqari, byudjet xarajatlari hisobidan dotastiya, subvenstiya, subsidiya va
byudjet ssudalari orqali byudjet tizimining darajalari bo’yicha byudjet
mablag’lari qayta taqsimlanadi. Byudjet xarajatlari asosan beg’araz
xususiyatga ega bo’ladi. Qaytarishli asosda byudjet kreditlari va byudjet
ssudalari berilishi mumkin. Byudjet xarajatlarining tarkibi har yili
bevosita byudjet rejasida belgilanadi va huddi byudjet daromadlari
singari, iqtisodiy vaziyatga va ijtimoiy yo’nalishlarga bog’liq.
Byudjetning nazorat Funksiyasi taqsimlash Funksiyasi bilan bir
vaqtning o’zida amal qiladi va byudjet mablag’larining kelib tushishi va
ulardan foydalanish imkoniyatini va majburiyligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: