B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Indikativ rejalashtirishni tashkil etish



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

5.1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish. 
5.2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning funksiyalari
va majburiyatlari . 
5.3. Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ
rejalashtirishda axborot texnologiyalarining ustunliklari. 
 
 
5.1. Indikativ rejalashtirishni tashkil etish 
Indikativ rejalashtirishni tashkil etishda uning tarkibiy unsurlari 
sifatida quyidagilar ishtirok etadi: 
• rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi; 
• axborot tizimi; 
• ijrochilar. 
Rejalashtirishni a) davlat (mamlakat, mintaqa, tarmoq) darajasida; 
6) firma miqyosida tashkil etish turlari mavjud. 
O’zbekiston rejalashtirish davlat tizimining vujudga kelishi va 
rivojlanishi ko’p jihatdan rejalashtirishni korxonalar darajasida tashkil 
etish amaliyoti bilan belgilanadi. 
Korxona miqyosida rejalashtirish xo’jalik yuritish obyektini 
boshqarish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Korxona iqtisodiyotning 
boshlang’ich bo’g’ini sifatida o’z rejalarini ishlab chiqishda to’liq 
mustaqildir. Biz yuqorida aytib o’tgan rejalashtirishni tashkil etish unsuri 
– rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi – bir necha bosqichlarda amalga 
oshiriladi: 
1) faoliyat maqsadini asoslash; 
2) axborotni yig’ish; 
3) iqtisodiy tahlilni o’tkazish; 
4) prognozlarni tuzish; 
5) rejalarni tuzish; 
6) rejalarni tasdiqlash va ijrochilarga etkazish: 
7) ijrochilar tomonidan rejaning bajarilishi; 
8) reja monitoringi. 
Rejani ishlab chiqishning yuqorida keltirilgan izchilligi taxminiy 


89 
hisoblanadi. 
Rejalashtirish 
rivojlanishdagi ustuvor yo’nalishlarni 
tanlashdan boshlanadi. Tanlov to’lig’icha kelajak uchun faoliyatning 
asosiy maqsadlarini belgilab beruvchi yuqori rahbariyatning qaroriga 
bog’liq.
Rejalashtirishda 
axborot 
yig’ish 
ishlari
ko’p 
jihatdan 
prognozlashtirishni tashkil etishdagi huddi shunday bosqichga o’xshab 
ketadi. Bunda uning farqi ko’proq xo’jalik yuritish ichki muhitining 
axborotidan foydalanishdan iborat. 
Iqtisodiy tahlil
o’tmish va hozirgi davr to’g’risidagi axborotni 
baholash sifatida iqtisodiy ishning mustaqil unsuri sifatida ko’rib 
chiqiladi. Ushbu jarayon iqtisodiy shaxs faoliyatining bo’lajak shart-
sharoitlari va natijalarini baholash maqsadida o’tmishdagi va hozirdagi 
iqtisodiy, tijorat, kadrlar sohasidagi va boshqa holatlar haqidagi 
ma’lumotlarni o’rganishga asoslangan. Tahlil rejalashtirishning majburiy 
boshlang’ich bosqichi hisoblanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
iqtisodiy 
hisob-kitoblar; 
faoliyatdagi 
ijobiy 
jihatlarni 
aniqlash; 
faoliyatdagi salbiy jihatlarni aniqlash, shu jumladan uning paydo bo’lishi 
sabablarini o’rganish; faoliyatni baholash; faoliyatni yaxshilashga doir 
tavsiyalar ishlab chiqish.
Rejalashtirishni tashkil etishning navbatdagi bosqichi – 
rejalarni 
tuzish.
U ko’p sonli hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi. 
Reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash
jarayoni reja loyihasining 
dastavval manfaatdor tuzilmaviy bo’g’inlar tomonidan, so’ngra esa 
yuqori rahbariyat tomonidan muhokama etilishini nazarda tutadi. Rasmiy 
rejalarning tasdiqlanishi bayonnoma, buyruq yoki farmoyish bilan qayd 
etiladi. Tasdiqlanganidan keyin rejalar 
ijrochilarga, ya’ni:
tarkibiy 
bo’linmalar, bo’limlar, xizmatlar va alohida xodimlarga 
etkaziladi

Rejalarni bajarish 
ishlari boshlanadi va bunda menejerlar katta rol 
o’ynaydi. 
Rejalarni bajarish jarayoni
, birinchidan, mablag’larning 
sarflanshiga qarab, ikkinchidan, bajarish vaqtiga qarab, uchinchidan, 
iqtisodiy samara nuqtai nazaridan nazorat qilinadi. 
Rasmiy rejalardan tashqari ko’proq boshqaruv qarorlarini eslatuvchi 
ko’plab rejalar qo’llaniladi. Ko’pincha ular taktik xususiyatga ega bo’ladi. 
Tadbirkorlar, menejerlar va boshqa mutaxassislar har kuni belgilangan 
maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan ko’plab muayyan qarorlarni qabul 
qilishadi. Kundalik harakatlarni rejalashtirish ham rejalashtirishning 
umumiy metodologiyasiga asoslanadi. Qaror qabul qilish jarayoni 
cheklangan imkoniyatlar va belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda 
barcha mavjud muqobil variantlar ichidan birini tanlash zarurligiga 


90 
asoslanadi. 
Rejaning mosligi va barqarorligi talablarini qarama-qarshi qo’yish 
rejalashtirish nazariyasidagi murakkab dilemma hisoblanadi. Bir 
tomondan, rejani ishlab chiqish uni firma faoliyatining o’zgaruvchan 
sharoitlarga uzluksiz moslashtirib turishga yo’naltirilishi lozim, lekin, 
ikkinchi tomondan, reja haqiqatdan ham ishdagi mo’ljal sifatida xizmat 
qilish uchun hech bo’lmaganda ma’lum muddatga barqaror bo’lishi 
kerak. Bunday holatni real joriy etish quyidagi yo’llar bilan murosa 
yo’lini topishdan iborat: 
1) 
Rejaga 
tuzatishlar 
kiritish 
(unga 
kiritiladigan 
tezkor 
o’zgartirishlarning to’planishiga qarab doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti 
bilan). Lekin dastlabki reja ham, tuzatishlar kiritilgan reja ham 
faoliyatning yakuniy maqsadlariga erishish darajasini baholash imkonini 
beruvchi o’zgarmas parametrlarga, mezonlarga ega bo’lishi kerak; 
2) Faoliyatning yakuniy maqsadlariga yoki oraliq natijalarga 
erishganlik uchun xodimlar mehnatini rag’batlantirish tizimini yaratish. 
Shu munosabat bilan sobiq ittifoq davridagi ma’muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyotida qo’llanilgan reja ko’rsatkichlarini o’zgartirish amaliyotini 
ta’kidlash mumkin. Xodimlar rejalarni bajarish yuzasidan o’z vazifalarini 
anglab etishi va zarur harakatlarni amalga oshirishni o’ylab ko’rishi 
uchun rejalarni ijrochilar hukmiga reja davri boshlangunga qadar kamida 
10 kun oldin havola etish zarur deb hisoblanardi. Rejaga o’zgartirishlarni 
reja davri tugashiga kamida 20 kun qolganida va bunga etarlicha asoslar 
mavjud bo’lan taqdirda kiritish mumkin edi. Rejalarning tez-tez 
o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmas edi, chunki bu xodimlarni o’z ishining 
haqiqiy 
vazifalarini 
bajarishdan 
chalg’itishi 
mumkin 
edi. 
Rejalashtirishning hozirgi amaliyoti ham rejalarni ijrochilarga etkazish va 
ularga o’zgartirishlar kiritishning o’z qoidalarini ishlab chiqishi kerak. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish