B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


“Yangi uy qurmasdan turib, eskisini



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

“Yangi uy qurmasdan turib, eskisini
buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil 
va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanladik. 
Eng muhimi, 
parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o’tish 
davrida aynan davlat 
bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z 
zimmasiga olishi zarurligini biz o’zimizga aniq belgilab oldik
” deb 
ta’kidlashi ushbu yo’nalishdagi ishlarga muhim zamin bo’ladi.
14
Indikativ rejalashtirishning bir shakldan boshqasiga o’tishi uning 
etuklik darajasi oshishini, barcha tegishli tartibga solish institutlari o’zaro 
harakatini yo’lga qo’yish choralarini nazarda tutadi. Kapitalistik 
mamlakatlarda 
indikativ 
rejalashtirish 
shakllarining 
evolyustiyasi 
(«kon’yunktura» – «tarkibiy» – «strategik») o’n yilni egalladi. 
O’zbekistonda hozircha gap faqat kon’yunktura shaklining unsurlari 
haqida borishi mumkin, bu davlatning so’nggi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatining umumiy liberal yo’naltirilganligiga mos keladi.
Shunisi diqqatga sazavorki, «indikativ rejalashtirish» atamasidan 
prognozlashtirish, byudjetlash, dasturlash va kontraktastiya (shartnoma 
asosida davlat xaridlari)ni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida 
foydalanilmaydi. Davlat yo’li bilan tartibga solishning ushbu vositalari, 
indikativ rejalashtirish bilan bevosita bog’liq bo’lsada, alohida olib 
qaralganda ham, o’z yig’indisi bo’yicha ham unga o’xshamaydi. Ular 
indikativ rejalashtirish tizimidan tashqarida ham faoliyat ko’rsatishi 
mumkin, biroq ularni amalga oshiruvchi tartibotlar indikativ rejani ishlab 
chiqish va amalga oshirishda ancha samaralidir. 
13
Сенчагов В. О японском опыте управления (размышления после командировки) //Вопросы экономики. 1990 
г. № 5. – 142 с.
14
Каримов И.А. “Жаҳон молиявий – иқтисодий инқрози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари ” Ўзбекистон:. 2009, 7-бет.
 


37 
Shunday qilib, indikativ rejalashtirishni «legallashtirish» va uning 
tarkibiy shaklining qaror topish evolyustiyasi respublikamizda xo’jalik 
mexanizmini rivojlantirishning eng zarur yo’nalishlari hisoblanadi. 
Iqtisodiy muammolar hal etilib, O’zbekiston iqtisodiyotini texnologik va 
institustional 
modernizastiyalash 
nihoyasiga 
etgach 
indikativ 
rejalashtirishning yanada erkin (strategik) shakliga o’tish zarur. 
Rossiyada Sovet davlatining dastlabki yillaridan boshlab mamlakat 
miqyosida rejalashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi organ – Butunittifoq 
Xalq Xo’jaligi Kengashi (VSNX) uzoq istiqbolga mo’ljallangan GOELRO 
rejasi iqtisodiyotni qayta tashkil etish va rivojlantirishning jahonda 
dastlabki ilmiy istiqbolli yalpi reja bo’ldi. 
1921 yilda yangi iqtisodiy siyosat (nep)ga o’tish bilan sobiq ittifoqda 
Davlat reja qo’mitasi va joylarda tashkil etilgan reja organlari narx-navo 
siyosati, soliqlarni yuritish, kreditlar va moddiy rag’batlar yordamida 
ishlab chiqarish va pul muomalasiga faol ta’sir ko’rsata boshlashdi. Bu 
davlatning markazlashtirilgan rejalashtirish imkoniyati bozor iqtisodiyoti 
unsurlari bilan uyg’unlashgan qisqa davr edi. Lekin asta-sekin 
mamlakatda, kutilganidek, markazning rejalashtirishdagi roli kuchaydi. 
Yillar bo’yicha bo’lingan besh yillik rejalarni tasdiqlash amaliyoti 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o’ynadi. Rejalashtirish 
dastlab kollektivlashtirish, so’ngra sanoatlashtirish vazifalarini hal etishga 
yo’naltirildi, lekin umumiy maqsad xalq xo’jaligini rekonstrukstiya qilish 
va insonlar turmushini qayta qurishdan iborat edi. 
Ulug’ Vatan urushidan keyin sobiq ittifoqda rejalashtirishning 
xususiyati 
tubdan 
o’zgardi: 
mamlakatning 
harbiy 
salohiyatini 
mustahkamlash manfaatlari yo’lida xalq xo’jaligi ulushlarini tez va 
sezilarli darajada o’zgartirish uchun zarur bo’lgan qat’iy tendenstiyalar 
kuchaydi. Reja tizimi orqali davlat, birinchi galdagi vazifa – harbiy 
qudratni mastahkamlash vazifasini hal etgan holda, resurslar cheklangan 
sharoitda qisqa muddatlarda aholini oziq-ovqat minimumi bilan 
ta’minlashni tashkil etishga erishdi. 
Urushdan keyingi yillarda rejalashtirishda, xalq xo’jaligini tiklash va 
rivojlantirish vazifalari dastlabki o’ringa surilgan bo’lsada, fan-texnika 
taraqqiyoti masalalariga e’tibor kuchaytirildi. 
Rejalashtirishdagi yangi bosqich mamlakatda faoliyatning asosiy 
parametrlari bo’yicha buyruqbozlik boshqaruv saqlanib qolgan holda 
joylarda tashabbus va mustaqillikning rolini oshirishga e’tibor qaratilgan 
60-yillarning o’rtalaridan boshlandi. Bunday o’zgarishga obyektiv holatlar 
sabab bo’ldi: jamiyatda erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat darajasi 


38 
mamlakatni, shu jumladan iqtisodiyot sohasida demokratlashtirishni talab 
qildi. Joylarda tashabbusni kengaytirish va reja ko’rsatkichlarining 
rag’batlantiruvchi rolini oshirishdan bir maqsad ko’zlandi – turli 
mintaqalarda ishlovchi turli tarmoqlar korxonalari faoliyati sharoitining
o’ziga xos xususiyatlarini to’liqroq hisobga olish. Biroq rejalashtirishning 
yangi tartibida hamon markazning etakchilik roli saqlanib qoldi. 
Mamlakat xalq xo’jaligini rejalashtirishdagi murakkab davr jamiyat 
rivojlanishining ob’ktiv qonunlari boshqarishning davlat mexanizmiga, 
shu jumladan markazlashgan tarzda rejalashtirishga zid bo’lib qolgan 70-
yillarning oxiridan 80-yillarning o’rtasigacha kuzatildi. Jamiyatning ilg’or 
qismi davlat hokimiyatini tubdan o’zgartirish zarurligini anglab etdi. 
Sobiq 
ittifoqda 
davlat 
tomonidan 
rejalashtirish 
ko’proq 
prognozlashtirishga tayandi. Masalan, tabiiy resurslar, fan-texnika 
taraqqiyoti, demografik va ijtimoiy siljishlar prognozlari asosida ishchi 
kuchini to’ldirish, aholining turmush tarzi, ishlab chiqarish fondlari, 
iqtisodiy o’sish sur’atlari, tarmoqlararo alohalarda tarkibiy o’zgarishlar, 
ishlab chiqarish kuchlarni joylashtirishning iqtisodiy prognozlari tuzildi.
Korxona darajsida prognozlashtirish asosan genetik xususiyatga ega edi. 
Rivojlanish tendenstiyalarini yaxshilash, masalan, yangi texnika va 
texnologiyalarni qo’lashni 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish