133
organlari (nazorat-hisoblash, ijroiya hokimiyatining boshqa organlari)
faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Odatda
byudjet davri,
ya’ni byudjetni ijro etish jarayonini amalga
oshirish vaqti 1 yanvardan 31 dekabrgacha qilib belgilangan bo’lib, u
taqvim yiliga mos keladi. Byudjet jarayonining davom etishi byudjet
davriga qaraganda ancha uzoq, chunki byudjet jarayoniga byudjetni
rejalashtirish, keyingi byudjet nazorati va boshqa harakatlar ham kiradi.
Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet vakolatlariga, ya’ni byudjet
jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga ega bo’lgan
organlar byudjet jarayonini amalga oshiradi. Quyidagilar ana shunday
vakolatlarga egadirlar:
• ijroiya va vakillik hokimiyati
organlari;
• moliya va
soliq organlari;
• pul-kreditni tartibga solish organlari va davlat moliya nazorati
organlari;
• byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari va byudjet
mablag’larining taqsimlovchilari;
• davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari.
Vakillik hokimiyati organlari byudjetlar loyihalarini va ularning
bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ijroiya hokimiyati organlari yig’ma moliyaviy rejalashtirishni
amalga oshiradi, byudjetlar loyihalarini tuzadi, byudjetlar loyihalarini
vakillik hokimiyati organlariga ko’rib chiqish uchun kiritadi, byudjetlarni
ijro etadi, byudjet ijrosi tahlil va nazorat qiladi.
Markaziy bank hokimiyat bilan birgalikda davlatning pul-kredit
siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va qonun chiqaruvchi
organlarga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi va G’aznachilik pul
hisobvaraqlariga,
davlat
byudjetdan
tashqari
maqsadli
fondlari
hisobvaraqlariga, hududiy byudjetlar hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatadi.
Byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi – bu byudjet
mablag’larining birinchi bevosita oluvchisi hisoblanib, mablag’larni
byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar o’rtasida taqsimlash
huquqiga ega bo’lgan ijroiya hokimiyati organi. U byudjet mablag’lari
taqsimlovchilari va byudjetdan mablag’ oluvchilar bo’yicha byudjet
xarajatlari ro’yxatini tayyorlaydi, ularga byudjet yo’nalishlari haqidagi
xabarnomani etkazadi, ular uchun daromadlar va xarajatlar smetalarini
tasdiqlaydi, zarur hollarda mablag’larning ular uchun tasdiqlangan
moddalar o’rtasida taqsimlanishini o’zgartiradi, byudjetdan mablag’
134
oluvchi
tomonidan
byudjet
mablag’laridan
oqilona,
maqsadli
foydalanilishini nazorat qiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi (byudjet muasasasi) – bu ijroiya
hokimiyati organi tomonidan notijorat xususiyatiga ega bo’lgan
Funksiyalar (boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va b.)ni
amalga oshirish uchun tashkil etilgan va smeta tartibida moliyalanuvchi
tashkilot.
Nazorat-hisoblash organlari tegishli byudjet va byudjetdan tashqari
fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, byudjet va
byudjetdan tashqari fondlarning ijrosi haqidagi hisobotlar tashqi auditini
o’tkazadi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hokimiyat organlari va muassasalar
byudjet jarayonining ishtirokchilari hisoblanishadi. Byudjet jarayoni
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
• yig’ma moliyaviy rejalashtirish va prognoz qilish;
• byudjet
loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va
tasdiqlash;
• byudjet yili mobaynida
byudjetni ijro etish;
• byudjet ijrosini tahlil va nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: