B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

Rejalashtirish  –  bu  o’z  maqsadlariga  erishish  uchun  xo’jalik 
yurituvchi  subyektning  oqilona  xatti-harakatini  iqtisodiy  asoslash 
jarayonidir.
  Rejalashtirish  maqsadlarni  shakllantirish,  unga  erishishning 
ustuvor  yo’nalishlari,  vositalari  va  usullarini  belgilash  jarayonini  o’zida 


 
22 
aks  ettiradi.  Unga  ko’pincha  prognozlashtirishning  yakuniy  bosqichi 
sifatida qaraladi. 
Rejani  insonning  avtomobilda  qandaydir  yakuniy  manzilga  sayr 
qilishi  bilan  taqqoslash  mumkin.  Faoliyat  maqsadi  –  bu  sayr  qilishning 
yakuniy  manziliga erishish. Reja  – bu avtomobil ketadiga yo’l; u ko’plab 
boshqa  yo’llar  ichidan  tanlanadi  va  eng  qisqa,  xavfsiz  va  qulay  bo’lishi 
kerak.  Tadbirkorlikni  tartibga  soluvchi  rasmiy  qonunlar,  me’yorlar  va 
yo’riqnomalar – yo’l harakati belgilari va qoidalari. Bu yo’l bo’ylab mashina 
haydashni bilish esa butunlay sayyohning o’ziga bog’liq. 
Rejalashtirish ham ustunliklarga, ham kamchiliklarga ega. 
Rejalashtirishning ustunlik tomonlari: 
• vazifani oqilona tarzda va kam harajatlar bilan hal etishga urinish; 
• xo’jalik  yuritish muhitining bo’lajak  ustunliklaridan foydalanishga 
chuqur o’ylab tayyorgarlik ko’rish; 
• ijrochilar harakatlarini muvofiqlashtirishni yaxshilash; 
•  manfaatdor  shaxslarning  birgalikdagi  sa’y-harakatlari  hisobidan 
kuchlarni sarflashning jamoaviy imkoniyatlarini kuchaytirish; 
• cheklangan resurslardan oqilona foydalanish; 
• voqealarni nazorat  qilish imkoniyati va faoliyatdagi  muammolarni 
aniqlash. 
Rejalashtirishning kamchiliklari: 
•  rejada,  ayniqsa  murakkab  tashkil  etilgan  tizimlarda  hayot 
sharoitlarining barcha xillarini aks ettirish imkoniyatining yo’qligi; 
• qabul qilingan qarorning barqarorligi, bu biznesning o’zgaruvchan 
sharoitida zarar keltirishi mumkin; 
• rejani ishlab chiqish uchun resurslar (vaqt va mablag’lar) zarurligi. 
Rejalashtirish bo’yicha xorijlik mutaxassislar rejani ishlab chiqishga 
nisbatan o’z munosabatlarini quyidagicha bildiradilar: 
1)  muvaffaqiyatni  rejalashtirishning  uzoq  vaqtli  (odatda  2  yildan 
ortiq) tajribasi keltiradi; 
2)  tadbirkor  uchun  yirik  muvaffaqiyatlar  ko’pincha  rejalashtirishning 
emas,  balki  omadning,  uning  ishbilarmonlik  va  ijodiy  qobiliyatining 
natijasi hisoblanadi; 
3) rejalashtirish faoliyatda ustunlikni hosil qiladi. 
Shuning  uchun,  tadbirkor  biznesning  murakkab  va  tez  o’zgaruvchan 
(xususan,  sotish  va  raqobat)  sharoitlari  tufayli  rejaga  ega  bo’lishi  maqsadga 
muvofiq.  Bundan  tashqari  tadbirkorda  voqealar  rivoji  bo’yicha  bir  necha 
varintlarni  ishlab  chiqish  ehtiyoji  paydo  bo’ladi.  Bunday  ishlanma  kamdan 
kam holatda ekspromt bilan amalga oshiriladi. U hamisha vaqt talab qiladi. 


 
23 
Shunday  qilib,  rejani  barcha  ofatlardan  balogardon  deb  hisoblab 
bo’lmaydi.  Uni  qo’llash  quyidagilar  bilan  shartlangan  qator  cheklovlarga 
ega: 
•  xo’jalik  yuritish  muhitining  noaniqligi.  Shuning  uchun  ijrochi 
uchun, birinchidan, qo’shimcha ishonchli (shu jumladan, yangi) axborotni 
qidirib topish va ikkinchidan, uning ehtimollik darajasini prognoz qilish va 
aniqlash zarur; 
• mamlakat qonunchilik bazasining takomillashmaganligi; 
• resurslar bo’yicha cheklanishlar; 
• agar jamiyatda tadbirkorlik ahloqining asoslari shakllanmagan bo’lsa 
va biznes madaniyati mavjud bo’lmasa, ahloq xususiyatlari muammolari. 
Bundan  tashqari,  rejalashtirishning  roli  quyidagi  sabablarga  ko’ra 
bo’lib ko’rsatilishi mumkin: 
• firma rahbariyatining avtoritarligi; 
• ijrochilar qarashlarining subyektivizmi; 
• noaniq va to’liqsiz axborot; 
• fors-major holat; 
• ijrochilar harakatlarining moliyaviy ta’minlanmasligi; 
• iqtisodiy hisob-kitoblardagi xatolar. 
Faoliyat  rejasi  yozma  shaklda  aks  ettirilishi  lozim.  Kelajakning 
konturi  sifatida  hayoliy  va  og’zaki  reja  bo’lishi  mumkin.  Lekin,  agar  bir 
kishining  rejasi  uning  hayolida  bo’lishi  mumkin  bo’lsa,  bir  necha 
shaxsning  rejasi  yozma  ravishda  ifodalangan  verbal  shaklga  ega  bo’lishi 
kerak,  bu  ijrochilar  tomonidan  rejaning  yaxshi  tushunilishi  uchun  zarur. 
Bundan tashqari, bunday rejani keyinchalik nazorat qilish oson. 
Shuning  uchun  foydalanishning  qulayligi  nuqtai  nazaridan  rejaning 
quyidagi 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish