B akayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020


Menejment rivojining industriallashgan davri



Download 399,36 Kb.
bet56/68
Sana04.04.2022
Hajmi399,36 Kb.
#527237
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

2. Menejment rivojining industriallashgan davri (1800-1917) da davlat boshqaruvini takomillashtirgan A.Smit edi. U mumtoz siyosiy iqtisod nazariyasini yaratib ishlab chiqarish, mehnat taqsimotida davlat boshqaruvining ahamiyatini isbotlab berdi.
XVII asrda “sanoat inqilobi” rivojlana boshladi. Bu jarayonlarda zamonaviy turizm asoslari ham yaratila boshlandi.
Turistik sayohatni tashkiliy, rejalashtirilgan asosda birinchi bo‘lib 1841 yil Tomas Kuk amalga oshirdi. U temir yo‘lda 600 kishidan iborat sayohatchilarni tomosha qildirdi. Kuk T. 1845 yil Liverpulga sayohat uyushtirdi. 1847 yil turistik jamiyat tuzdi. U turizmdagi birinchi menejer hisoblanadi. Tomas Kukning faoliyati turizmda madaniyatli dam olish, sayohat qilishga asos yaratdi va turizmni shakllantirishdagi birinchi “Turpaketni” yuzaga keltirdi. Bundan keyin dastlab Angliyada keyinchalik Evropa davlatlarida asta-sekinlik bilan turizm industriyasi shakllana boshladi.
3. Turizm menejmentining tizimlashgan davri (1918-1990 y.y.). Bu davr asosan sobiq Sovetlar Ittifoqi yuzaga kelishi va turizmni rivojlantirishning element boshqaruvlari tashkil topgan vaqtlar bo‘ldi. Bu davrda markazlashgan turizmni boshqaruv tashkil topdi va ittifoq tarqalishi bilan turli davlatlarda o‘z turizmi shakllana boshladi.
4. O‘zbekistonda turizmning shakllanishi va turizm boshqaruvining yuzaga kelishi O‘zbekiston Respublikasining “Mustaqilligini” e’lon qilganidan keyin boshlandi. Hozirda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan Respublikamizda turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari, qonunlari, qarorlari ishlab chiqildi va qabul qilinib kelinmoqda.
Turizmni rivojlantirish shakllari xususiylashtirila boshlandi. Institut, kollej va universitetlarda turizm sohasida kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Turizmda boshqaruv shakllari asta-sekinlik bilan tarkib topmoqda.


8.2. Turizm menejmentining usullari

Boshqaruv usuli – maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va qo‘llanmalar yig‘indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko‘pincha metodlar deb ham yuritiladi.


“Metod” grekcha so‘z bo‘lib (methodos) – “qandaydir maqsadga yetish” ma’nosini bildiradi. Boshqaruv metodlari (o‘zbekcha usul) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi. Menejment usullarining (metodlarining) ko‘pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko‘pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo‘llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham mavjud bo‘lgan barcha boshqaruv usullarini o‘z tavsiflariga binoan guruhlashni, tartibga tushiriщni talab qiladi.
Usullarning yo‘nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo‘lim, laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni ta’minlaydi.
Tashkiliy shakllar usuli ko‘p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o‘zgara boshlaganida qo‘llaniladi. Bu holatda ham o‘sha vaziyatga mos bo‘lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo‘ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo‘la ishlatiladi. Bu holda ishlatilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi.
Qayd qilish lozimki iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko‘rsatma yoki tavsiyalar yo‘q. CHunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko‘rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko‘rinadi.
Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning hohish-istaklari o‘zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko‘plab usullar biri-biriga qo‘shilib, biri-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday vaziyatlarda qo‘shimcha usullarni qo‘llash ham talab qilinadi.
Takidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta’minlashda hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an’anaviy tarzda qo‘llaniladi:

  1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma’muriy usullar;

  2. Iqtisodiy me’yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar;

  3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo‘llaniladigan ijtimoiy – psixologik usullar.

1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullarida qo‘llaniladigan buyruq berish, nazorat qilish, jazolash usullari doimo birini-biri kutib turganidan ko‘p hollarda boshqaruvning bu usullarini tanqid qilishadi. Lekin keyingi vaqtlarda ma’lum bo‘ldiki, jamoada (har qanday jamoada) tartibni saqlash, ishlab chiqarishdagi tartib, aniqlik, javobgarlikni sezish aynan ana shu – boshqarishning tashkiliy – ma’muriy usullarini qo‘llashda namoyon bo‘ladi.
Bu usulda boshqaruvning ketma-ketligi yoki biri-biri orqali boshqaruvi yo‘q qilinadi. Ma’muriyat o‘z bo‘yrug‘i yoki ko‘rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir me’yorda ishlashni ta’minlaydi. Lekin bu usulning kamchiligi shundan iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqliligi oqibatida rahbar o‘z xizmat vazifalarini, vakolatlarini suiste’mol qilishi mumkin.
SHuning uchun ham tashkiliy – ma’muriy boshqaruv usulini qo‘llaganda rahbardan tortib to oddiy xodimning huquqlari va imtiyozlari ma’muriyat va jamoa o‘rtasidagi mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. Ma’muriyat boshqaruvida qonun doiralaridan chiqgan vaziyatlarda tashkilot umum jamoa yig‘ilishi rahbarga ishonchsizlik bildirishi mumkin.
2. Boshqarishning iqtisodiy usullariga boshqaruvda markaziy o‘rin berilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Menejmentda bu boshqaruv usuli erkin bozor munosabatlari sharoitida juda an’anaviy qo‘llaniladi. CHunki, tashkilotning barcha a’zosi tashkilot iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishligini juda yaxshi biladi.
Bu usulni qo‘llashdagi eng muhim huquqiy talablarning biri-tashkilotning mustaqil ish yuritishga sharoit yaratilish hisoblanadi. Bu erda diqqat qilsak, mustaqil xo‘jalik yuritish boshqaruvda iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan tadbirkorlikni izohlaydi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini uyg‘otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi. Bunday ijobiy holatlarning yuzaga kelishi albatda ma’lum. CHunki tashkilot tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikga intilish, tavsiya va takliflarni joriy qilishdan qo‘shimcha daromad oladi. Bu qo‘shimcha daromad (foyda)ning ma’lum bir qismidan jamao a’zolari manfaatdor bo‘lishadi.
Bu boshqaruv tipidagi eng muhim masalalardan biri boshqaruv organi ham mehnat jamoasi ham o‘z tashkiloti rahbariyatining faoliyati tashkilotni qanday iqtisodiy rivojlanishga olib kelishni maksimal holda bilishi lozim bo‘ladi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy boshqaruv usuli yanada rivojlanadi. Boshqaruvda erkin harakat qilish kengayadi. Xo‘jalik hisobidagi ba’zi hisob-kitoblar jarayonidagi cheklovlar barham topadi, iqtisodiy rag‘batlantirish natijasida korxonaning har bir xodimi korxona iqtisodiyoti ko‘tarilishi natijalariga o‘z hissasini qo‘shish yo‘nalishiga o‘tadi.
Iqtisodiy boshqaruv usulida rejalashtirish, tahlil, xo‘jalik hisobi, bahoni belgilash, moliyalashtirish, rag‘batlantirish tizimi mukammallashtiriladi. Korxonada iqtisodiy –matematik usullarni qo‘llash tarkiblanadi. Bu usullarda ishlash olinadigan natijalarning aniqligiga asoslanish boshqaruvini ta’minlaydi.
3. Boshqaruvning ijtimoiy – psixologik usullari qo‘llanilganda e’tibor beriladiki, korxonada mehnat unumdorligini oshirish albatda xodimlarning ruhiyati holatlariga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruvda har bir xodimga individual (shaxsan) yondashish korxona oldiga qo‘ygan maqsadni bajarishda yagona jamoani shakllantirishda juda qo‘l keladi.
Tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning xo‘jalikni boshqarish faoliyatidagi yutuqlarining 15 % i malakali bilimga ekanligi, 85 % i odamlar bilan muvaffaqiyatli ishlash qobiliyatiga bog‘liq ekan. YAponiyalik olimlarning tadqiqotlari bo‘yicha korxonadagi psixologik muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoaning mehnat unumdorligini 1,5 % ga yoki oshiradi yoki pasaytirib yuboradi.
Ijtimoiy – psixologik boshqaruv usullarining oddiy jihatlariga e’tibor bermaslik jamoada xodimlar o‘rtasida nosog‘lom muhitning asta-sekinlik bilan kuchayib borishiga sabab bo‘ladi, jamoada boshqaruvdan narozi bo‘lgan guruhlar shakllanadi, boshqaruv rahbariyati bilan bu guruhlar o‘rtasida tortishish, to‘qnashish hodisalari yuz bera boshlaydi, xodimlarning biri-biriga o‘zaro yordam berishi munosabatlari yo‘qola boradi. Natijada boshqaruvning korxona oldiga qo‘ygan maqsadlari mehnat unumdorligining pasayishi sababli barbod bo‘ladi.
Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usullarida rahbarning asosiy faoliyati xodimlarning tabiiy xulq-atvorlariga, jamoada ishlashda o‘zaro munosabatlariga, shaxsiy manfaatdorlik tushunchalariga diqqatni, e’tiborni qaratish lozim bo‘ladi. Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usulida shaxsning tarbiyalanganlik (oilada) belgilari, muomila darajalari, jamoa bilan hamfikrlik holatlari chuqur o‘rganilishni talab etadi. Albatda bu boshqaruv usulida rahbarning bilimli, malakali prinsipial xodimlarni rahbarlik lavozimlariga asta-sekinlik bilan ko‘tarib borishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 399,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish