B akayev Z. T jamoada samarali ishlash o’quv qo’llanma samarqand-2020



Download 399,36 Kb.
bet38/68
Sana04.04.2022
Hajmi399,36 Kb.
#527237
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
Bog'liq
Jamoada samarali ishlash o\'quv qo\'llanma inshaollox (2)

Kommunikatsion jarayon – ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida informatsiya (axborot) almashuvidir.
Asosiy maqsadi – o‘zaro muloqot jarayonida uzatilayotgan axborotning mazmun va mohiyati to‘g‘ri talqin qilinishiga erishish.
Elementlari:

  • axborot uzatuvchi (jo‘natuvchi, yuboruvchi) – g‘oyalarni jamlovchi yoki tegishli axborotlarni to‘plab kommunikativ tarmoqlar bo‘yicha ularni uzatuvchi shaxs;

  • ma’lumot – ramziy ifodalar vositasida kodlashtirilgan ma’lumot(xabar);

  • aloqa kanali – axborotni uzatish vositasi;

  • axborotni qabul qiluvchi – uzatilayotgan axborotga bevosita daxldor shaxs. Ushbu axborotda mazkur kimsaga tegishli ma’lumot ifodalangan bo‘lib, u odam axborotni qabul qilgach, uni ma’lum tarzda sharhlaydi va faoliyati uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi

Kommunikatsion jarayon bosqichlari:

  • axborot uzatish uchun zarur aloqa kanalini tanlash va kodlashtirish. Axborot uzatuvchi kimsa so‘zlar, ohanglar va imo-ishora vositasida faoliyat uchun muhim ma’lumotlarni ramziy shaklda kodlashtirishi lozim. Shu zaylda kodlashtirilgan turli xil g‘oyalar axborotga aylanadi. Axborotlarni og‘zaki va yozma tarzda ifodalash mumkin, zamonaviy axborot uzatish vositalari (kompyuter, elektron pochta, videotasma, videokonferensiya va h.k.) yordamida ma’lumot yetkazish keng tarqalgan aloqa kanallari hisoblanadi. Ko‘pincha, axborot uzatishning samarali yakunlanishini istalsa, bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq aloqa kanalidan foydalaniladi;

  • ma’lumotlarni uzatish;

  • kodlashtirilgan axborotni sharhlash – ramziy tarzda ifodalanib, uzatilayotgan ma’lumotlarni ularni qabul qiluvchi shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi (talqin etilishi).

Kommunikatsion jarayonlarning kechishi bilan bogliq oziga xos holatlar.
Muloqot jarayonida muqobil aloqaning o‘rnatilishi:

  • ushbu xolat ro‘y bersa, axborot uzatuvchi va uni qabul qiluvchi shaxslar navbati bilan o‘rin almashadilar. Bunda kommunikatsion jarayonning ilk bosqichida axborotni qabul qiluvchi shaxs o‘z rolini o‘zgartirib, yuborilgan ma’lumotni qanday o‘zlashtirgani haqidagi tegishli axborotni muqobil aloqa kanali orqali yuboradi;

  • muqobil aloqaning mavjudligi tashkiliy boshqaruvchilikka oid axborotning samarali almashinuviga jiddiy yordam beradi;

  • o‘zaro axborot almashish jarayoni bir oz sustroq kechsada, aloqa kanali bo‘ylab uzatilayotgan ma’lumotlarni tomonlar to‘g‘ri talqin etishiga qulay sharoit yaratiladi;

  • qayta aloqa o‘rnatilishi oqibatida axborot almashinuvi ancha samarali kechib, oradagi to‘siqlar bartaraf etiladi.

Agar jamoa ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, jamoaning yashashi xavf ostida qoladi. Ammo faqat bitta axborotni o‘zi yetarli emas. Axborotlar muvofiq tarzda qayta tashkil qilinsa va ishlov berilsa, kommunikatsion (chiqishuvchanlik yoki kirishuvchanlik) aloqalari paydo bo‘lsa jamoa faoliyatini samarali tashkil qilish ta’minlanadi.
Jahon bozorida barcha mamlakatlar XXI asrda bevosita “industrial jamiyatdan” “axborotlashgan jamiyatga” o‘tishni boshladi. Muqarrarki, jahon iqtisodiyotining kelajagini, tabiiy boyliklar bilan bir qatorda (neft, gaz, ko‘mir, metallar va h.k.), axborot omillari belgilaydi, axborot sohasini rivojlanish birinchiligida esa jahon doirasida kuchlarni joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot borgan sari strategik manbaaga aylanmoqda. Kuchli, raqobatdosh iqtisodiyotlarni, shuningdek dunyoning barcha qismlarda industriyalashtirishdan so‘ngi va bozor iqtisodiyotida yangi jarayonlar paydo bo‘lishi global iqtisodiyot miqyosini kengaytirdi.
Dunyo bo‘yicha axborot tarmoqlari, kapital, ish kuchi va bozor tarmoqlari texnologiyalar, foydali vazifalar, odamlar va xududiy yaqinlik bilan bog‘lanmoqda. Ushbu jarayonlar axborotni bosh manbaa sifatida asoslantiradi. Axborot iqtisodiy omil bo‘lib qoldi va axborot sohasiga sarmoyalar doimiy ravishda muntazam oshib bormoqda. Ana shulardan kelib chiqib O‘zbekiston hukumati axborotlashgan jamiyat shakllanishi va ushbu sohani iqtisodiy rivojlanish hamda aholi farovonligi darajasini oshirishning strategik yo‘nalishi sifatida belgilab oldi. Ayniqsa axborot texnologiyalar o‘rni zamonaviy bozor iqtisodiyotida katta ahamiyatiga ega.
Axborot texnologiyalar iqtisodiyot tarmoqlarida ishni samarali tashkil qilish bilan bir qatorda, soha tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar spektorini kengaytirish va sifatini oshirishda faol tadbiq etilib ishlatilmoqda. Ular iqtisodiyotning ko‘pgina sohalarida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ayrim kompaniyalar va milliy iqtisodiyotlar raqobatdoshligi, davlatning mahalliy va chet el sarmoyadorlar uchun qulayligi ko‘p jihatdan axborot infratuzilmasi va axborot xizmatlarining rivojlangan darajasiga bog‘liq. Milliy axborot manbalari iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishning eng zaruriy tarkiblarning biriga aylandi, u borgan sari ayrim davlatlarning global raqobatdoshlik darajasini belgilab beradi.
Rahbarlar qilayotgan hamma ishlar axborotlarning samarali almashishini talab qiladi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya jamoa ish muvaffaqqiyatini ta’minlaydi. So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, 73 % amerikalik, 85 % yapon, 63 % angliyalik rahbarlar, kommunikatsiya, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lidagi bosh to‘siq deb hisoblaydilar. Yana bir boshqa so‘rovga ko‘ra 2000 turli kompaniyaning 250 ming xodimi korxonalarda axborot almashish eng qiyin masaladan biri deb biladilar. Yuqorida ta’kidlaganimizdek rahbar 50 dan 90 % gacha vaqtini kommunikatsiyaga sarflaydi. Shu sababli, shuni tasdiqlash mumkinki, menejer faoliyatining samaradorligi eng avvalo kommunikatsiya samaradorligiga, ya’ni:
• kishilar bilan yakkama-yakka suhbat olib borish qobiliyati;
• telefonda so‘zlashuv qobiliyati;
• rasmiy xujjatlarni tuzish va o‘qiy olish qobiliyati;
• majlislarda qatnashish madaniyati kabilirga bog‘liq.

Download 399,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish