B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Polipropilen polimerlarining xossalari



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/178
Sana23.06.2021
Hajmi3 Mb.
#99716
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178
Bog'liq
neft-gaz sintezi asoslari

1.4.2. Polipropilen polimerlarining xossalari
Polimer  xossalari  uning  tuzilishiga  bog‘liqdir.  Masalan,  stereo-
regular  tuzilishli  polimerlar  yuqoriroq  erish  temperaturasi  (ataktik-
dagi 125–130 ºC ga qarshi 160–170ºC)ga, yuqoriroq mexanik xos-
salarga egadir. Ushbu tuzilishli polimerlar erituvchi bilan kontaktda
bo‘lganda  o‘zlarini  turlicha  tutadilar.  Masalan,  ataktik  polipropilen
efirda eriydi. Shu bois, polipropilenni quyidagi fraksiyalarga fraksi-
yalab tashlash mumkin:
I fraksiya – efir bilan ajratib olinadi va ataktik tuzilishni namoyon
qiladi (molekular og‘irligi 20–30 ming);
II  fraksiya  –  odatdagi  haroratda  geptan  bilan  ajratib  olinadi  va
ataktik fraksiya bilan quyimolekular stereoregular fraksiya (moleku-
lar og‘irligi 30–40 ming)ni o‘z ichiga oladi;
III  fraksiya  –  odatdagi  haroratda  geptanda  erimaydi  va  stereo-
regular  fraksiya  (molekular  og‘irligi  40  mingdan  ortiq)dan  iborat
bo‘ladi.
Fraksiyaga ajratishni yanada davom ettirish mumkin, ya’ni gep-
tanda erishini hisobga olgan holida stereoblokli tuzilmani izotaktikli-
dan ajratish mumkin. Yuqoriroq haroratda izotaktik polimer aroma-
tik uglevodorodlarda eriydi.
Stereoregular polipropilen zichligi 0,92g/sm
3
bo‘lib, ataktik frak-
siyaniki esa 0,85 g/sm
3
dir.
Stereoregular  fraksiya  texnik  propilen  tarkibida  80–93%  gacha
yetadi.
Polipropilen  ko‘pchilik  xossalari  bilan  polietilenga  yaqin,  biroq
o‘zi  uchun  spetsifik  xossalari  ham  mavjuddir.  Masalan,  makromo-
lekulalar  tarmoqlanganligi  tufayli  polipropilen  yuqori  kristallik  da-
rajasi (80–90%)da yuqori bo‘lmagan zichlik (0,90–0,92)ga ega, shu
bois undan tayyorlangan buyumlar mexanik mustahkamlik bo‘yicha


131
yuqori  zichlikdagi  polietilendan  qolishmaydi  va  anchagina  yengil
bo‘ladi. Оdatdagi haroratda polipropilen polietilenga nisbatan elas-
tikroqdir. Polipropilen polietilenga ko‘ra issiqlikka chidamliroq ma-
terialdir, biroq uning salbiy sifati sovuqqa chidamliligi quyidir.
Polipropilenning oksidlanishga chidamliligi polietilennikiga nis-
batan  anchagina  past,  bu  esa  uning  makromolekulasida  uchlamchi
uglerod atomlari ko‘p miqdordaligi bilan tushuntiriladi. Shu bois po-
lipropilen uchun antioksidantlarni ishlatish lozim bo‘ladi.
Polipropilenda  yuqori  elastiklik  bilan  quyi  zichlikni  birga  keli-
shi  hamda  aniq  yo‘naltirilgan  orientatsiya  orqali  polipropilen  me-
xanik  xossalarini  yaxshilash  qobiliyati,  uning  kimyoviy  barqarorli-
gi bo‘yicha poliamid tolalaridan ustun bo‘lgan sintetik tola olishda
qimmatli  xomashyo  bo‘lishiga  sabab  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  po-
lipropilen tolalar poliamid tolalarga nisbatan anchagina arzon bo‘lib
(9 marta), mustahkamligi bo‘yicha teng.
Polipropilen  turli  buyumlarni  tayyorlashda  ishlatilib,  polietilen-
ning ishlatilishi bo‘limida eslatib o‘tilgan.
Polipropilen  o‘zining  yuqoriroq  mexanik  xossalari  va  kattaroq
issiqlikka  chidamliligi  (propilendan  tayyorlangan  buyumlar  yuksiz
–160ºC haroratni o‘z formasini o‘zgartirmay saqlaydi) bois quvurlar,
sisternalar, podshipnik vkladishlari va shu kabilar tayyorlashda ish-
latiladi.
Biz  ko‘rib  chiqqan  poliolefinlardan  tashqari,  oxirgi  vaqtda  eti-
len  va  propilenga  nisbatan  boshqa  yuqori  molekular  olefinlar  aso-
sida  polimerlar  olish  keng  amalga  oshirila  boshladi.  Хususan,
4–metilpenten–1,  buten–1,  3–metilbuten–1,  vinilsiklogeksan  va
boshqa a–olefinlar amaliyotda o‘z o‘rnini topdi.
Tarmoqlangan  tuzilishli  a–olefinlar  ishlatish  bir  tomondan  po-
limerizatsiya  jarayonini  qiyinlashtirsa,  ammo  ikkinchi  tomon-
dan  qiyinroq  eriydigan  polimerlarni  olish  imkonini  beradi.  Masa-
lan,  penten–1  polimerining  erish  harorati  80ºC  atrofida  bo‘lsa,
3–metilbuten–1 niki (bunda ham 5 uglerod atomi) esa 240ºC va shu
kabilar.
Ushbu polimerlar hali keng sanoat miqyosida ishlab chiqarilga-
nicha yo‘q, ularning ayrimlari yarim sanoat ishlab chiqarish bosqi-
chida turibdi. Bu esa yuqori konsentratsiyali monomerlar olishning
qiyinligi bilan tushuntiriladi.
Etilen bilan propilenni sopolimerlarini ishlab chiqarish jarayonla-


132
ri sanoat rivojiga ega bo‘ldi. Jarayonni qanday olib borilishiga qarab
kauchuksifat moddalar yoki plastmassalar olinadi.
Etilen  bilan  propilenni  Al(C
6
h
13
)
3
+  al(C
6
h
5
)  va  vCl
4
 da  sopo-
limerlab,  30  dan  70%  gacha  C
3
h
6
 bo‘lgan  SKEP  kauchugi  olina-
di. Оlingan polimer amorf tuzilishga va kauchuk xususiyatiga ega.
To‘yingan xarakterliligi bois bunday kauchuk vulkanizatsiyaga yon
bermaydi. Shu sababli ushbu aralashmaga qo‘shbog‘ va vulkanizat-
siya qobiliyatini beruvchi butadien kiritiladi.
Kristallik sopolimer olish uchun monomer navbatma navbat poli-
merizatsiyaga uchratiladi, avval propilenni polimerizatsiyasi amalga
oshiriladi, so‘ng reaktorga etilen kiritiladi. Аgar ikkinchi monomer
qiyinroq polimerlansa degazatsiya qilinadi, ya’ni birinchi monomer-
ni chiqarib tashlab, ikkinchi monomer kiritiladi.
Bunday polimerlar xossalari turli xarakterga ega bo‘ladi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish