1.2.2.2. Аlumomolebden katalizatorida polimerlash
Ushbu jarayon 130–260ºC haroratda va 70 atmosferaga yaqin
bosim ostida olib boriladi. Katalizator – yoyuvchi aluminiy oksi
-
didagi molibden oksidi MoО
3
dan tashkil topgan, molibden oksidi
esa 5–8% ni tashkil etadi. Jarayonni o‘tkazishdan avval katalizator
vodorod oqimida 430–480ºC da faollanadi, ko‘rinib turibdiki, mo
-
libdenning yuqori valentliklari quyigacha qisman qaytariladi, ya’ni
u ham xrom oksidi katalizatoriga o‘xshab oksidlar aralashmasidan
iboratdir. Ba’zan katalizatorga promotorlar (ishqoriy va ishqoriy yer
metallari gidridlari va karbidlari) qo‘shiladi. Molibden oksidi bilan
bir qatorda vanadiy oksidi ham ishlatilishi mumkin.
Аmalda jarayonni texnologik rasmiylashtirish xrom oksidi katali
-
zatorli jarayonnikidan farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |