B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Bashoratlash 
–  mavjud  ilmiy  dalillarga  tayangan  holda  pedagogik  voqea, 
hodisa yoki jarayonlarning istiqbol, kelajakdagi holatini belgilash usuli. Mazkur usul 
pedagogik ilmiy-tadqiqotlar yoki kundalik pedagogik faoliyatni tashkil etish chog’ida 
qo’llaniladi. Bashoratlash pedagogik faoliyatni rejalashtirish, ayniqsa, ayrim ta’limiy 
yoki tarbiyaviy muammolarning yechimini topishga yordam beradi. 
 
Beruniy,  Abu  Rayhon 
(973-1048  y.y.)
 
973  yil  4  sentyabrda  Xorazmda  
tug’ilgan.  Yoshligidan  ilm-fanga,  ayniqsa,  aniq  fanlarga  qiziqqan.  Matematika, 
geografiya,  yulduzlar  ilmi,  tibbiyotga  oid  ko’plab  kitoblarni  o’qigan.  Fors,  arab 
hamda qadimgi ajdodlar  tillarini qunt bilan o’rganib, bir necha yil koinot, metallar, 
qimmatbaho  toshlar  ustida  kuzatishlar,  tajribalar  olib  borgan.  Keyinchalik 
tadqiqotlari  asosida  “Minerologiya”  asarini  yaratgan.  Uning  “Geodeziya”  asarida 
geografiya  va  astronomiya  fanlari  bilan  bir  qatorda  poleontologik  kuzatishlari 
natijalari ham bayon qilingan. 
Allomaning  e’tirof  etishicha,  ta’lim  quyidagi  tamoyillarga  muvofiq  tashkil 
etilsa,  kutilgan  samaralarni  beradi:  onglilik,  ko’rgazmalilik,  tizimlilik  va  izchillik, 
asoslanganlik (zamonaviy talqinda ilmiylik), nazariyaning amaliyot bilan birligi, fan 
asoslarining darslikda yoritilganligi (allomaning bu qarashi uning ishlarida “darslikka 
talab qo’yish” deb berilgan). 
Abu  Rayhon  Beruniyning  yondashuviga  ko’ra  bilimlarni  egallashning  yo’llari 
quyidagilar  sanaladi:  1.  Ma’lumotlarni  xolis  va  haqqoniy  o’rganish.  2.  Kuzatish.  3. 
Tajriba  to’plash.  4.  Og’zaki  va  yozma  manbalarni  o’rganish.  5.  Olingan 
ma’lumotlarga  tanqidiy  yondashish.  6.  Mavjud  natijalarni  maqsad  bilan  solishtirish 
(qiyosiy tahlil). 7. Dalillarni mantiqan umumlashtirish asosida xulosa chiqarish. 
Xulosa chiqarish – Abu Rayhon Beruniy faoliyatining xarakterli xususiyati va u 
tomonidan  qo’llanilgan  asosiy  ilmiy  metod  sanaladi.  Shuningdek,  nazariya  va 
amaliyot birligining ahamiyatini ta’kidlar ekan, alloma, shunday yozadi: “Tibbiyotni 
takomillashtirishi  uchun  zo’r  berib  urinayotganliklari  tufayli  tabiblar  o’zlariga 
ko’proq  hurmat  ko’rsatilish  huquqiga  egadirlar.  Chunki,  ular  fanni  nazariyaning 
qanotlarida ko’tarsalar-da, biroq, amaliyotga tatbiq etadilar”. 
“Yulduzlar  haqidagi  fan”  asarida  Abu  Rayhon  Beruniy  predmetlarni  izchil 
o’rganish  zarurligi  to’g’risida  quyidagicha  tushuntirish  beradi:  “Men  avval 
geometriyani,  keyin  arifmetika  va  sonlarni,  so’ngra  olamning  tuzilishini,  va  nihoyat 
yulduzlarning  joylashuvini  o’rgandim.  Kimki  bilimlarni  shu  tartibda,  ana  shu  to’rt 
fanni  mukammal  o’rgansa,  faqat  ugina  astrolog  (yulduzshunos)  maqomini  olishga 
munosibdir”. 
Alloma  o’qitishda  ko’rgazmalilikning  muhim  ahamiyatga  egaligini ta’kidlaydi. 
Uning  fikriga  ko’ra,  ko’rgazmali  bo’lishi  ta’limning  hammabop,  aniq  va  qiziqarli 
bo’lishini  ta’minlaydi,  ko’rgazmalilik  asosida  inson  tafakkuri  rivojlanadi. 
Mutafakkirning “Yulduzlar haqidagi fan” nomli asarida ko’rgazmalilikning ahamiyati 
chizmalar,  rasmlar  va  foydalanish  uchun  qulay  bo’lgan  jadvallar  asosida  ko’rsatib 


 
38 
berilgan.  
Ko’rgazmalilikning  ahamiyatini  ko’rsatar  ekan,  Abu  Rayhon  Beruniy 
quyidagilarni yozadi: “Inson qachonki, zohiran (shaklan) ko’rishga odatlanar ekan, u 
haqida  fikrlashni  oson  o’zlashtiradi”.  Allomaning  ishlarida  materialni  bayon  qilish, 
uni  yetkazishda  izchillik  va  tizimlilikka  erishish  ko’rgazmalilikdan  kam 
baholanmagan. U insonning ilmiy faoliyati fanning boshlang’ich asoslariga tayanmas 
ekan,  befoyda  bo’lib  qoladi,  deb  hisoblaydi:  “Ko’p  hollarda  kishilar  ishni  kim 
qoyilmaqom  qilib  bajaradigan  bo’lsa  unga  topshirmaydilar.  Ular  ko’proq  muayyan 
fan bo’yicha zarracha narsani bilsalar ham o’zlariga o’zlari tan berishni yoqtiradilar 
va  hech  bir  boshlang’ich  negiz  bo’lmasa-da,  fanning  qolgan  asoslarini  ham 
o’zlashtira olaman, deb hisoblaydilar”. 
Abu Rayhon Beruniy ta’lim hamisha qat’iy ilmiy asoslarga tayanishi kerakligiga 
alohida urg’u beradi. O’zining “Xronologiya” asarida ilmiy asoslanganlik va aniqlik 
to’g’risida  to’xtalib  o’tar  ekan,  alloma  inson  o’zini  qachonki  aniq  dalillarga  ega 
bo’lmaguncha,  shubhalilarni  shubhasiz,  ishonchsizlarni  ishonchli,  noma’lumlarni 
ma’lum  bo’lishiga  qadar  asossiz  bo’lgan  ma’lumotlarga  ega  bo’lishdan  cheklashi 
zarurligi uqtiradi. 
Alloma  “Mineralogiya”  asarida  bilimlarni  egallashning  zavqi  haqida 
quyidagilarni  aytadi:  “Qachonki  inson  unga  ega  bo’lsa,  muayyan  maqsadga  intilish 
istagi  kuchayadi,  Shundagina  haqiqiy  zavqni  his  qilish  mumkin.  Inson  qalbining 
holati shunday, avval bilmaganlarini bilganida zavq-shavqqa to’ladi”. 
Alloma  ta’limning  asosida  ilmiylik  yotishi  zarurligini  uqtirar  ekan,  ta’lim 
jarayoni  quyidagi  tamoyillar  asosida  kechishig  zarurligiga  e’tiborni  qaratadi: 
ko’rsatmalilik, izchillik, tizimlilik. Shuningdek, u maqsadga muvofiqlikning ta’limni 
samarali  tashkil  etishdagi  ahamiyatini  yuqori  baholaydi.  Alloma  darslik  va  o’quv 
qo’llanmalarini yaratishda ham muayyan tamoyillarga amal qilishni zarur deb biladi. 
Abu  Rayhon  Beruniyning  yondashuviga  ko’ra  ilmiy  bilimlarni  egallashdagi 
ustuvor tamoyillar quydagilardir: 1. Ilmiylik. 2. Aniqlik. 3. Tushunarli bo’lish.  
Allomaning  fikricha,  ilmiy  bilimlarni  puxta  o’zlashtirishning  yetakchi  usullar 
esa quyidagilar sanaladi: 1. O’quvchini zeriktirmaslik. 2. Bir xil  narsani yoki bir xil 
fanni  o’rgatmaslik.  3.  Yangi  mavzularni  qiziqarli,  ko’rgazmali  bayon  etish.  4. 
Uzviylik,   izchillik. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish