Shaxs
– jamiyatning psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari,
xatti-harakatlari bilan b.dan ajralib turadigan, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga
ega a’zosi.
Shaxsning axborot xavfsizligi
–
1)
axborot muhitida o’quvchilarning hayotiy
muhim qiziqishlari, axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish yo’lida olib borayotgan
xatti-harakatlarining ichki, tashqi tahdidlardan muhofazalanganligi;
2)
himoyalangan
axborot muhitida shaxsning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini salbiy ta’sirlarsiz qondira
olishi. Axborot xavfsizligi o’smir-o’quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga
pedagogik yo’naltirilgan jarayon bo’lib, unda ularning axborotdan to’g’ri
foydalanish, axborot xavfidan himoyalanish, shaxsning ruhiy va axloqiy kamolotiga
salbiy ta’sir ko’rsatuvchi axborotlarga qarshi immunitetga ega bo’lishlarini
ta’minlashga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |