B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet463/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
G’ 
 
G’oyaviy immunitet 

 
ijtimoiy subyektning ruhan, ma’naviy-g’oyaviy jihatdan 
o’zida  salbiy  mazmunni  ifoda  etuvchi,  buzg’unchi,  axloqsiz  g’oyalarga  qarshi 
bardoshli ekanligini ifodalovchi bilim; muayyan shaxs yoki jamiyatga xos ma’naviy-
axloqiy sifatlardan biri. Shaxsning g’oyaviy immuniteti uni salbiy g’oya, buzg’unchi 
qarashlar  ta’siriga  tushib  qolishdan  saqlanishi,  eng  oliy  insoniy  qadriyatlarni  tan 
olishi, faqat ezgu g’oyalarni ifoda etuvchi va insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi 
qarashlar,  ma’naviy-axloqiy  e’tiqodga  egaligini    ifodalaydi.  G’oyaviy  immunitet
 
ma’lum  bir  shaxsda  yoki  ijtimoiy  guruhda  o’ziga  xos,  qat’iy,  barqaror,  sog’lom 
mafkuraviy  qarashning  shakllanganligi,  ma’lum  mafkura  tamoyillarini,  ular 
tomonidan  o’z  ijtimoiy-siyosiy  faoliyati  va  yashash  tarzining  mezonlariga 
aylantirilganligi  bilan  ifodalanadi.  Shaxsning  insoniylikka  yot  bo’lgan,  turli 
mafkuraviy  ta’sir  va  tazyiqlarga  berilmasligida  muhim  omil  bo’lib  xizmat  qiladi. 
G’oyaviy  immunitet  shaxs  dunyoqarashida  muhim  o’rin  egallaydi.  “Mafkuraviy 
immunitet”,  g’oyaviy-mafkuraviy  immunitet”  tushunchalari  ham  “g’oyaviy 
immunitet”  atamasining  sinonimlari  sifatida  qo’llanilib,  bir  xil  ma’noni  ifodalaydi. 


 
256 
O’zida  buzg’unchi,  yot  g’oyalarni  ifoda  etgan  g’oyalarning  yoshlar  ongiga  ta’sir 
etishi ularda quyidagi sifatlarning shakllanishiga zamin yaratadi: itoago’ylik, tobelik, 
mustaqil  fikrga  ega  bo’lmaslik,  vaziyatni  baholay  olmaslik  va  mohiyatini  tushunib 
yetmaslik,  muqaddas  sanalgan  qadriyatlardan  voz  kechish,  yaqinlariga  nisbatan 
befarqlik,  ularning  hayoti  uchun  mas’uliyatni  zimmasiga  ola  bilmaslik,  ekstremistik 
yoki  ma’naviy  buzg’unchilik  asoslariga  ega  g’oyalarga  so’zsiz  ergashish,  insoniyat 
tomonidan  asrlar  davomida  qoralanib  kelgan  xatti-harakatlar  (Vatanga  xiyonat, 
sotqinlik, odam o’ldirish, o’zgalarga qurol o’qtalish, ko’r-ko’rona manfur g’oyalarga 
ergashish  va  b.)ni  sodir  etish.  O’quvchi  (talaba)larda  g’oyaviy  immunitetni 
shakllantirishga  yo’naltirilgan  pedagogik  faoliyatning  muhim  tarkibiy  qismi  ularda 
bu sifatning mavjudligi va uning darajasini o’rganish sanaladi. Ta’lim muassasalarida 
olib  borilayotgan  tarbiyaviy  ishlar,  ularning  yo’nalishi,  mazmuni  va  natijalari 
o’quvchilarda  g’oyaviy  immunitetni  samarali  shakllantirishda  muhim  ahamiyatga 
ega.  Shu  sababli  tarbiyaviy  ishlar  rejasini  ishlab  chiqishga  nisbatan  jiddiy  e’tibor 
qaratish  zarur.  Bu  o’rinda  quyidagilarga  amal  qilish  maqsadga  muvofiqdir:  1) 
tarbiyaviy  ishlar  rejasida  o’quvchilarda  ma’naviy-axloqiy  sifatlar  va  bunyodkorlik 
xarakteriga  ega  ijtimoiy-g’oyaviy  ko’nikmalarni  shakllantirishga  yordam  beruvchi 
tadbirlarning  o’rin  olishi,  shuningdek,  ularning    izchil  va  uzluksiz  amalga 
oshirilishini ta’minlashga e’tiborni qaratish; 2) tadbirlarni tashkil etishda oila – ta’lim 
muassasalari  –  jamoatchilik  hamkorligiga  erishish;  3)  tarbiyaviy  tadbirlarning 
samarali  shakl,  metod  va  vositalar  yordamida  tashkil  etilishi  uchun  zarur  shart-
sharoitlarni  yaratish;  4)  tadbirlarni  amalga  oshirishda  ommaviy  axborot  vositalari 
yordamida ularning ko’rsatmalilik xususiyatiga ega bo’lishiga erishish; 5) tarbiyaviy 
tadbirlarning muloqot, o’zaro fikr almashish, shaxsiy fikrlarni erkin bayon etish kabi 
usullar  yordamida  tashkil  etilishiga  ahamiyatni  qaratish;  6)  tadbirlarni  uyushtirishda 
majburiylik,  rejaning  bajarilishi  uchungina  tashkillashtirish,  ularning  standart 
ko’rinishga ega bo’lishi kabi holatlarni inkor etish va b. 
Yoshlarda  ma’naviy-axloqiy  sifatlarni  tarbiyalash  ham  ularda  g’oyaviy  e’tiqod 
va immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. Yoshlarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni 
shakllantirishda  oila,  ta’lim  muassasalari,  ular  mansub  bo’lgan  mikro  va 
makromuhitda  yetakchi  o’rin  tutuvchi  g’oyalar  mazmuni,  ularning  tarbiyasiga 
jamoatchilik tomonidan o’tkazuvchi ta’sir muhim ahamiyatga ega.  
O’quvchi  (talaba)larda  g’oyaviy  immunitetni  shakllantirishga  qaratilgan 
tadbirlarning ularning faol ishtiroki asosida tashkil etilishi kutilgan natijalarni beradi. 
Shu  sababli  tarbiyaviy  ishlarni  rejalashtirishda  o’quvchi  (talaba)larning  fikr-
mulohazalari bilan tanishish, xohish-istaklarini o’rganish, shuningdek, har bir tadbirni 
o’tkazishda ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga 
ega. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish, ularni turli ijtimoiy-foydali 
mehnatga  jalb  etish,  jamoa  ishtirokidagi  tadbirlarda  erkin,  ixtiyoriy  ishtirok 
etishlariga erishish umumiy o’rta ta’lim maktablarining ma’muriyati, sinf rahbari, fan 
o’qituvchilari  va  ota-onalar  oldida  turgan  dolzarb  pedagogik  vazifa  bo’lib,  ularni 
zarur  darajada  hal  etish  yoshlarni  turli  diniy  oqimlar  va  buzg’unchi  g’oyalarni 
o’zlarining  hayotiy  shiorlari  sifatida  e’tirof  etuvchi  kuchlar  ta’siriga  tushib 
qolishlarining oldini oladi.   
O’quvchi  (talaba)larda  g’oyaviy  immunitetni  shakllantirish  yo’lida  oilada  olib 


 
257 
borilayotgan  harakatlarning  ta’lim  muassasasi  amaliyoti  bilan  uyg’unlashtirish 
kutilgan natijani qo’lga kiritishga imkon beradi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 
ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  rejasidan  milliy  istiqlol  mafkurasi  asoslari,  g’oyaviy 
kurashlar  va  ularning  keskinlashuvi,  o’zida  buzg’unchi  g’oyalarni  ifoda  etuvchi 
g’oyaviy  kurash  ko’rinishlariga  qarshi  tura  olish  ko’nikma  va  malakalariga  ega 
bo’lish  shartlari,  terrorizm,  diniy  ekstremizm,  vahhobizm,  separatizm,  millatchilik, 
shovinizm,  varvarizm,  ma’naviy  buzg’unchilik,  neofashizm  va  narkobiznesning 
mudhish  oqibatlari,  ular  keltirib  chiqargan  fojealarni  yorituvchi  tadbirlarning  o’rin 
olishi  o’quvchilarni  doimo  hushyor  bo’lishga,  har  qanday  vaziyatda  oqilona  yo’l 
tutishga undaydi. 
Bu  kabi  tadbirlarda  o’quvchilar  bilan  birgalikda  ota-onalarning  ishtirok  etishi 
ularning  ijtimoiy-g’oyaviy,  siyosiy,  huquqiy,  psixologik  va  pedagogik  bilimlarini 
boyitadi. Shuningdek, ota-onalarni oilada bolalar ongiga ezgu g’oyalarni ifodalovchi 
qarashlarni  singdirishga  oid  metodik  bilimlar  bilan  qurollantiradi.  Ota-onalarning 
ko’magi hamda homiyliklari asosida o’quvchilar o’rtasida amaliy treninglarni tashkil 
etish,  ma’ruza,  seminarlarni  uyushtirish,  ularni  bevosita  ekskursiya  yoki  uchrashuv 
asosida  mehnat  jasoratlari  bilan  tanishtirish,  bugungi  kun  qahramonlarining  hayoti, 
faoliyati  to’g’risidagi  ma’lumotlardan  xabardor  qilish,  sport  musobaqalarini 
uyushtirish  buzg’unchi  g’oyalarga  qarshi  amalga  oshiriluvchi  eng  samarali  tadbirlar 
bo’lib xizmat qiladi. 
O’quvchilarda  g’oyaviy  immunitetning  shakllanishida  bu  jarayonga  keng 
jamoatchilik  e’tiborini  tortish  ham  alohida  o’rin  tutadi.  Binobarin,  o’quvchilarning 
xatti-harakatlari  bevosita  jamoatchilik  ko’z  o’ngida  sodir  bo’ladi.  Shu  sababli 
o’quvchilarning faoliyatini nazorat qilishda ularning ishtirokidan foydalanish lozim. 
Qolaversa,  mahalla,  hudud  jamoatchiligi  ishtirokida  ommaviy  tadbirlarning 
o’tkazilishi  yoshlar  tarbiyasiga  ularning  e’tiborini  tortishning  eng  samarali  usuli 
hisoblanadi.  Mahallalar  va  hududlarda  yoshlar,  shu  jumladan,  o’quvchilarning 
ijtimoiy-g’oyaviy  bilimlarini  boyituvchi,  ularni  buzg’unchi,  ekstremistik  kuchlar 
ta’siriga  berilishdan  muhofaza  qiluvchi  suhbat,  uchrashuv,  davra  suhbati,  bahs-
munozara,  turli  ko’rik  va  tanlovlarning  o’tkazilishi  o’zining  ijobiy  natijasini  beradi. 
Bu  kabi  tadbirlarga  katta  hayotiy  tajribaga  ega,  mehnat  jasoratlari  bilan  yoshlarga 
o’rnak  bo’luvchi  kishilarning  taklif  qilinishi  maqsadga  muvofiqdir.  Shuningdek, 
muayyan  mavzulardagi  tadbirlarda  mutaxassislarning  ishtiroki  yoshlarning 
bilimlarini mustahkam asosga ega bo’lishini ta’minlaydi. 
O’quvchilarda  g’oyaviy  immunitetni  shakllantirishda  Respublika  “Kamolot” 
ijtimoiy  harakati  Markaziy  kengashi  hamda  uning  boshlang’ich  tashkilotlari 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarining belgilanishi bu jarayonga 
keng  jamoatchilik  e’tiborini  jalb  qilishning  muhim  ko’rinishi  hisoblanadi.  Ta’lim 
muassasalari  hamda  mahallalarda  mazkur  tashkilotning  rahbarligi  va  homiyligida 
turkum  tadbirlarning  tashkil  etilishi  tashkilotning  yoshlar  bilan  bevosita  muloqotda 
bo’lishi uchun sharoit yaratadi. 
Bugungi kunda yoshlar hayotida ommaviy axborot vositalari asosiy o’rin tutadi. 
Ularning  imkoniyatlaridan  o’quvchilarda  g’oyaviy  immunitetni  shakllantirishda 
foydalanish  esa  muhim  pedagogik  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Ommaviy  axborot 
vositalarining 
yoshlar 
tarbiyasidagi 
ishtirokini 
tahlil 
etish 
natijalarining 


 
258 
ko’rsatishicha,  ularning  tarbiyaviy  ta’siri  bir  qadar  pasaygan.  Buning  sababi  ayni 
vaqtda  ularning  sahifalarida  hayotiy  ikir-chikirlar,  “muhabbat  mojarolari”,  kriminal 
voqea-hodisalar,  tushkunlik  kayfiyatidagi  chiqishlar  o’rin  olgan  bo’lib,  juda  oz 
miqdordagina  ma’naviy-ma’rifiy  mavzulardagi  ko’rsatuv,  eshittirish  va  maqolalar 
berilmoqda.  Bu  holat  yoshlar,  shu  jumladan,  o’quvchilarni  bunyodkorlik  ishlariga 
ruhlantirish,  mardlik  va  jasorat  ko’rsatishga  undash  kabi  an’analarning  unutilishiga 
olib  keladi.  Jamoatchilik  fikrini  o’rganish  asosida  televidenie,  radio  va  matbuot 
nashrlarida yoshlarda kelajakka umid, ishonch uyg’otadigan, ularda eng ezgu insoniy 
qadriyatlarni  ulug’lash,  atrofdagilarga  nisbatan  insonparvarlik  nuqtai  nazardan 
yondashish,  Vatan  ravnaqi,  jamiyat  taraqqiyoti  yo’lida  mehnat  qilish  kabi  sifatlarni 
tarbiyalaydigan ko’rsatuv, eshittirish va maqolalarning berilishiga erishish zarur.

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   459   460   461   462   463   464   465   466   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish